C++ Kirish Assalomu alaykum hurmatli dasturchi. Bugun siz bilan C++
Download 1.28 Mb.
|
C
- Bu sahifa navigatsiya:
- C++ Funksiya
- Funksiya yaratish.
C++ Ko’rsatkichlar
Ko'rsatkich. O'zining qiymati sifatida xotira manziliini ko'rsatuvchi (saqlovchi) o'zgaruvchilarga - ko'rsatkich o'zgaruvchilar deyiladi. Masalan : Ko'rsatkichning qiymati 0x22ff40 0x22ff33 va xakazo kabi xotiraning aniq qismi bo'lishi mumkin. Boshqa o'zgaruvchilar kabi, ko'rsatkichlardan foydalanish uchun ularni e'lon qilish, toifasini aniqlash shart. int *countPtr, count; bu yerda countPtr - int toifasidagi ob'ektga ko'rsatkich, count esa oddiy butun (int) toifasidagi o'zgaruvchi. Ko'rsatkichlarni e'lon qilishda har bir o'zgaruvchi oldigan * qo'yilishi shart. Maslahat: Ko'rsatkich o'zgaruvchilarini e'lon qilishning uchta usuli mavjud, ammo birinchi usul afzal ko'riladi: string* mystring; string *mystring; string * mystring; *operator ( dereference operatori) yordamida o'zgaruvchining qiymatini olish uchun ko'rsatgichdan foydalanishingiz mumkin : #include #include using namespace std; int main() { string food = "Palov"; string* ptr = &food; cout << ptr << "\n"; cout << *ptr << "\n"; return 0; } 0x6dfed4 Palov C++ FunksiyaFunksiya faqat chaqirilgan vaqtda ishlaydigan kod blogi hisoblanadi. Funksiyaga parametrlar sifatida ma'lumotlarni uzatish mumkin. Funksiyalar muayyan bir vazifani bajarish uchun ishlatiladi. Kod yozish jarayonida yaratgan funksiyadan bir yoki bir nechta marta ishlatish yoki umuman ishlatmaslik imkoniyatiga egasiz. Funksiya yaratish.Siz ko'p marta funksiyani ushbu darsgacha ishlatib keldingiz. main() ham bir funksiya hisoblanadi. dastur ishga tushgan vaqtida birinchi bo'lib ushbu funksiya ishlaydi. Bu standart funksiya bo'lib siz ham shu kabi funksiyalar yaratishingiz mumkin. Funksiya yaratish uchun birinchi funksiya qaytaradigan tip yoki funksiya turi keyin nomi va () ochiladi. qavs ichida siz ma'lumotlar ya'ni parametrlarni qabul qilasiz. void myFunction() { // Bu qiymat qaytarmaydigan funksiya } Misol tushuntirildi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling