C++ tilida chiziqli dasturning tarkibi
cin>>o‘zgaruvchi1>>o‘zgaruvchi2
Download 109.25 Kb.
|
13.Raxima opa C tilida chiziqli dasturning tarkibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- cout return 0; } Chiqarish operatori
cin>>o‘zgaruvchi1>>o‘zgaruvchi2;
Misol: C++ dasturlash tilida bir va ikkitadan ortiq o‘zgaruvchilarni kiritishni tasvirlash.
Chiqarish operatori C++ dasturlash tilida o‘zgaruvchilar qiymati qayta ishlanib natija kompyuter ekraniga yoki ma’lum bir fayllarga joylashtirish jarayoni ma’lumotlarni chiqarish deyiladi. O‘zgaruvchilar va ma’lumotlar oqimi chiqarilish vaqtida, albatta, aniq joyi ko‘rsatiladi, agar kompyuter ekraniga ma’lumot chiqarilsa, u holda aynan joyi ko‘rsatilishi shart emas. C++ dasturlash tilida ma’lumotlarni chiqarish operatori cout kalit so‘zi yordamida tasvirlanadi. O‘zgaruvchilar ikki va undan ortiq bo‘lsa, u holda << belgi orqali o‘zgaruvchilar bir-biridan ajratilib yoziladi. C++ dasturlash tilida ma’lumotlarni chiqarish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha: cout< Misol: C++ dasturlash tilida a ni qiymatini 2 ga oshirib natijani chiqaring.
C++ dasturlash tilida ma’lumotlarni yangi qatordan ekranga chiqarish uchun “\n” yozishi kerak. Misol: C++ dasturlash tilida o‘zgaruvchilarni ekranga chiqaring. C++ dasturlash tilida tuzilgan dasturlar albatta uchta jarayonga asoslanib tuziladi. Dasturlash tili operatorlari yechilayotgan masala algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo‘linadi. Aksariyat holatlarda operatorlar nuqtali vergul (‘;’) belgisi bilan tugallanadi va u kompilyator tomonidan alohida operator deb qabul qilinadi. Kompilyator dasturni ishga tushirish vaqtida dasturni kodini mashina tiliga tarjima qiladi. Dastur tuzish vaqtida buyruqlar ketma-ketligi uzluksiz bajarilib boshqa shartlar talab etilmasa, dastur chiziqli hisoblanadi. Tarif: Chiziqli algoritmlarga asoslanib C++dasturlash tilida tuzilgan dasturlar chiziqli dasturlar deyiladi. Chiziqli dasturlar tarkibiy qismi bo‘lgan operator va buyruqlarda hech qanday shart yoki takrorlanish bajarilmaydi. Chiziqli dasturlar tarkibidagi bo‘yruqlar, albatta, bir marta bajariladi.
Download 109.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling