C++ tilida tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish


Ternar operatori ?: shart operatori


Download 28.38 Kb.
bet5/7
Sana20.09.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1682684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
C tilida tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish-fayllar.org





Ternar operatori

?: shart operatori

Agar tekshirilayotgan shart nisbatan sodda bo‘lsa, shart operatorining ?: ko‘rinishini ishlatish mumkin. Bu qurilma quyidagi ko‘rinishga ega:


? 1 : 2;
if shart operatoriga o‘xshash holda bu shart operatori quyidagicha amal qiladi: agar rost (true) bo‘lsa 1 bajariladi, aks holda 2. Odatda ifodalar qiymatlari birorta o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi.
Misol tariqasida ikkita butun son maksimumini topish masalasini ko‘raylik.
#include
int main()
{
int a,b,c;
cout <<”a va b sonlar maksimumini topish dastursi! ”;
cout<<”\n a – qiymatini kiriting: ”;
cin>>a;
cout<<”\n b – qiymatini kiriting: ”;
cin>>b;
c = (a>b)? a : b;
cout <<”\n sonlar maksimumi: “}
Dasturdagi shart operatori qiymat berish operatorining tarkibiga kirgan bo‘lib, a o‘zgaruvchi qiymatini b o‘zgaruvchi qiymatidan kattaligi tekshiriladi, agar shart rost bo‘lsa c o‘zgaruvchisiga a o‘zgaruvchi qiymatini, aks holda b o‘zgaruvchi qiymatini o‘zlashtiradi va c qiymati chop etiladi.
?: operatorining qiymat qaytarish xossasidan foydalangan holda, uni bevosita cout ko‘rsatmasiga qo‘yish orqali ham qo‘yilgan masalani yechish mumkin:
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
int a,b;
cout <<”a va b sonlar maksimumini topish dastursi! ”;
cout<<”\n a – qiymatini kiriting: ”;
cin>>a;
cout<<”\n b – qiymatini kiriting: ”;
cin>>b;
cout <<”\n sonlar maksimumi: “<<(a>b)? a : b;
return 0;
}
Shartsiz o‘tish operatori
goto operatori
Shartsiz o‘tish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
goto ;
goto operatoridan keyin boshqarilish ga uzatiladi va dasturning bajarilishi shu yerdan davom etadi.
nishon - bu davomida ‘:’ qo‘yilgan identifikator.
Misol uchun: nishon: ;
Nishon har qanday operator oldidan ishlatilishi mumkin, shuningdek shart operatori oldidan ham.

Misol: N natural sonini kiritishni taklif qiluvchi dastur tuzilsin. Agar natural bo‘lmagan son kiritilsa, qayta kiritish taklif qilinsin.

#include


#include
using namespace std;
int main()
{
float n;
nishon:
cout << “natural son kiriting” << endl;
cin >> n;
if(( ceil(n) !=n) or (n <= 0))
goto nishon;
cout << “Natural son kiritildi” << endl;
return 0;
}
Dastur bajarilishi jarayonida birinchi navbatda n soni kiritiladi, keyin kiritilgan sonni natural son emasligi tekshiriladi. Agar shart rost(true) qiymat qaytarsa nishon ga qaytadi va n soni qayta kiritilishi so‘raladi. Aks holda ya’ni n soni natural son bo‘lsa, “Natural son kiritildi” xabari chiqariladi.



Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling