Munosabat operatorlari
Bunday operatorlar ikkita qiymatni teng yoki teng emasligini aniqlash uchun ishlatiladi. Taqqoslash ifodasi doimo true (rost) yoki false (yolg'on) qiymat qaytaradi. Munosabat operatorlarining ko'llanilishiga oid misol 4.1. jadvalda keltirilgan.
Munosabat operatorlari.
Nomi
Operator
Misol
Qaytaradigan qiymat
Tenglik
==
100==50
50==50
false
true
Teng emas
!=
100!=50
50!=50
true
false
Katta
>
100>50
50>50
true
false
Katta yoki teng
>=
100>=50
50>=50
true
true
Kichik
<
100<50
50<50
true
false
Kichik yoki teng
<=
100<=50
50<=50
false
true
I F operatori
Odatda dastur satrma–satr tartib bilan bajariladi. If operatori shartni tekshirish (masalan, ikki o'zgaruvchi tengmi) va uning natijasiga bog'liq ravishda dasturni bajarilish tartibini o'zgartirish imkonini beradi. If operatorining oddiy shakli quyidagi ko'rinishdadir:
if (shart)
ifoda;
Qavs ichidagi shart ixtiyoriy ifoda bo'lishi mumkin. Agarda bu ifoda false qiymatini qaytarsa undan keyingi ifoda yoki blok tushirib qoldiriladi. Agarda shart true qiymat qaytarsa navbatdagi ifoda bajariladi. Quyidagi misolni qaraymiz:
If (kattaSon>kichikSon)
KattaSon=kichikSon;
Bu erda kattaSon va kichikSon o'zgaruvchilari taqqoslanayapti. Agarda kattaSon o'zgaruvchisi qiymati katta bo'lsa, bu navbatdagi qatorda unga qiymat sifatida kichikSon o'zgaruvchisining qiymati o'zlashtiriladi.
if operatorida figurali qavs ichiga olingan ifodalar blokini ham ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |