Cad,cae,cam tizimi haqida ma'lumot


AutoCAD dasturi haqida umumiy ma‘lumot


Download 0.85 Mb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1350339
1   2   3   4
Bog'liq
CAD,CAE,CAM tizimi haqida ma\'lumot

AutoCAD dasturi haqida umumiy ma‘lumot.

  • AutoCAD – shaxsiy electron hisoblash mashinalari (EHM) uchun yaratilgan dunyoda eng ko`p tarqalgan va eng yaxshi avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlaridan (ALT) biri. U AQSH ning AutoDesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib birinchi versiyasi 1982-yilda ishlab chiqarilgan.
  • AutoCAD – avvalo mashinasozlik, qurilish va arxitektura loyihalashlarida, texnologik hamda elektrotexnik sxemalarni yaratish sohalarida ikki o`lchamli grafika qurish bo`yicha o`ta qulay vosita. Mashinasozlik chizmalari va kartografiya yaratishda, texnik suratlarni, firma belgilari va savdo markalari tayyorlash jabhalarida AutoCAD dasturiy ta’minotidan keng doirada foydalanilmoqda.

Rasmiy nomi

Versiya

DWGyorliq

Chiqarish

OSqo'llab-quvvatlash

Chiqarilgan sana

Izohlar

AutoCAD 1.0 versiyasi

1.0

MC0.0

1

1982, dekabr

DWG R1.0 fayl formati

AutoCAD versiyasi 1.2

1.2

AC1.2

2

1983 yil, aprel

DWG R1.2 fayl formati

AutoCAD 1.3-versiyasi

1.3

3

1983 yil, avgust

DWG R1.3 fayl formati

AutoCAD 1.4 versiyasi

1.4

AC1.40

4

1983 yil, oktyabr

DWG R1.4 fayl formati

AutoCAD 2.0 versiyasi

2.0

AC1.50[1]

5

1984 yil, oktyabr

DWG R2.05 fayl formati

AutoCAD 2.1 versiyasi

2.1

AC2.10

6

1985, may

DWG R2.1 fayl formati

AutoCAD versiyasi 2.5

2.5

AC1002

7

1986 yil, iyun

DWG R2.5 fayl formati

AutoCAD 2.6 versiyasi

2.6

AC1003

8

1987 yil, aprel

DWG R2.6 fayl formati. Matematik qo'shma protsessorsiz ishlaydigan so'nggi versiya.

AutoCAD-ning chiqarilishi 9

9.0

AC1004

9

1987 yil, sentyabr

DWG R9 fayl formati

Foydalanuvchining interfeysi

  • AutoCAD dasturiy ta’minoti Windows operatsiya tizimi qobig`ida ishlashi uchun yaratilganligini hisobga olsak, u operatsion tizimga xos interfeys (“tashqi ko’rinish”)ga ega.
  • Menyu qatori. AutoCAD bir necha yuzlab buyruqlar mavjud bo`lib, ularni foydalanuvchi tomonidan oson topilishini ta’minlash uchun ish maqsadiga ko`ra guruhlarga ajratiladi. Masalan, Drawing (Chizish) menyusida chizma chizish uchun mo`ljallangan buyruqlar: chiziq, nur, aylana, yoy, ellips va h. lar ro`yxati o`rin olgan.
  • Asboblar paneli. Umum maqsadni bajarish uchun mo`ljallangan turli buyruqlarni tez topish uchun ularni piktogrammalar shaklidagi to`plam holatiga keltirilgan. Piktogrammaning vazifasi menyuda mavjud bo`lgan yoki foydalanuvchi tomonidan yaratilgan buyruqlarni oson va zudlik bilan ishga tushirishdan iborat. Buyruq piktogrammasi buyruq bajaradigan ishga mos rasmcha bilan ifodalangan.

Grafik maydon. Chizmalarni qurish jarayoni AutoCAD ning asosiy oynasida kechadi. Grafik maydon cheksiz. Istalgan kattalikda ob’yektlarni 1:1 masshtabda chizish va uni ekranda ko`rinishi qulay bo`lishi uchun kichraytirish – “zum”lash mumkin. Lekin bu yerda masshtab va tasvir ko`rinishi bir narsani aks ettirmaydi, ya’ni ekranda ko`rinishi qulay bo`lishi uchun kichraytirilgan-“zum”langan ob’yekt masshtabi o`zgarmay qoladi.
Holat qatori. Holat qatorida kursorning koordinatasi va chizma chizish rejimi holati: qadam (SNAP), to`r (GRID), orto (ORTHO), bog`lash (OSNAP) va h. aks etgan. U yo bu rejimni yoqish yoki o`chirish uchun sichqonchaning chap tugmasini mos rejim ustiga bosish yoki F3-F11 funksional tugmalarini bosish orqali amalga oshiriladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling