Cambridge maktabi Kembrij maktabi iqtisodiy nazariyada
Download 45.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Cambridge maktabi - Vikipediya
Cambridge maktabi Kembrij maktabi - iqtisodiy nazariyada 19-asr oxirida paydo boʻlgan yoʻnalishlardan biri. Asoschisi Kembrij universiteti siyosiy iqtisod kafedrasiga 1885—1908 yillarda rahbarlik qilgan K.Marshall. K.m.ning asosiy qarashlari A.Marshallning "Ekonomiks prinsiplari" (1890) asarida bayon etilgan. K.m. gʻoyalari keyinchalik Marshallning izdoshlari A.S.Pigu va D.X.Robertson hamda neoklassik yoʻnalish namoyandalari tomonidan rivojlantirildi. K.m. siyosiy iqtisoddagi klassik maktab gʻoyalarini (erkin tadbirkorlik, xususiy mulk ustuvorligi, erkin narxlar, raqobat, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va b.) rivojlantirdi va marjinalistik qarashlar bilan uygʻunlashtirdi. K.m. namoyandalari qarashlarida meʼyoriy naflilik nazariyasiga asoslanadigan narx nazariyasi, bozor muvozanati muhim oʻrinni egallaydi. Bozor munosabatlarining 3 asosiy negizi — narx, talab va taklif oʻzaro bogʻliklikda qarab chiqiladi. Klassik maktab vakillari asoslab bergan qiymatning mehnat nazariyasi qatʼiyan rad etiladi va mahsulotning nafliligi va noyobligi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Narx eng yuqori naflilik asosida aniqlanadigan talab bahosi va chegaralangan harajatlar bilan aniqlanadigan taklif bahosi kesishgan nuqta tarzida sharhlanadi, A.Marshall oʻzining narx nazariyasiga asoslangan holda jamiyatda iqtisodiy tangliklar, inqirozlar, ishsizlik va qashshoqlik uchun obyektiv sabablari yoʻkligini isbotlashga harakat qiladi. A.Marshall asarlari iqtisodiy nazariyadagi mikroiqtisodiy yoʻnalishga asos soldi (qarang Mikroiqtisodiyot ). Pigu iqtisodchilar orasida birinchi boʻlib, chegaralangan daromadlar nafi pasayib borishini asoslab, daromadlarni adolatli taqsimlash asosida "umumiy farogʻat Bu sahifa oxirgi marta 2-Yanvar 2023, 20:55 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). title=Cambridge_maktabi&oldid=353 2148 " dan olindi Download 45.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling