Cambridge maktabi Kembrij maktabi iqtisodiy nazariyada


Download 45.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi45.4 Kb.
#1497634
Bog'liq
Cambridge maktabi - Vikipediya



Cambridge maktabi
Kembrij maktabi - iqtisodiy nazariyada
19-asr oxirida paydo boʻlgan
yoʻnalishlardan biri. Asoschisi Kembrij
universiteti siyosiy iqtisod kafedrasiga
1885—1908 yillarda rahbarlik qilgan
K.Marshall. K.m.ning asosiy qarashlari
A.Marshallning "Ekonomiks prinsiplari"
(1890) asarida bayon etilgan. K.m.
gʻoyalari keyinchalik Marshallning
izdoshlari A.S.Pigu va D.X.Robertson
hamda neoklassik yoʻnalish


namoyandalari tomonidan rivojlantirildi.
K.m. siyosiy iqtisoddagi klassik maktab
gʻoyalarini (erkin tadbirkorlik, xususiy
mulk ustuvorligi, erkin narxlar, raqobat,
davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi
va b.) rivojlantirdi va marjinalistik
qarashlar bilan uygʻunlashtirdi. K.m.
namoyandalari qarashlarida meʼyoriy
naflilik nazariyasiga asoslanadigan narx
nazariyasi, bozor muvozanati muhim
oʻrinni egallaydi. Bozor
munosabatlarining 3 asosiy negizi — narx,
talab va taklif oʻzaro bogʻliklikda qarab
chiqiladi. Klassik maktab vakillari
asoslab bergan qiymatning mehnat
nazariyasi qatʼiyan rad etiladi va
mahsulotning nafliligi va noyobligi birinchi


oʻringa qoʻyiladi. Narx eng yuqori naflilik
asosida aniqlanadigan talab bahosi va
chegaralangan harajatlar bilan
aniqlanadigan taklif bahosi kesishgan
nuqta tarzida sharhlanadi, A.Marshall
oʻzining narx nazariyasiga asoslangan
holda jamiyatda iqtisodiy tangliklar,
inqirozlar, ishsizlik va qashshoqlik uchun
obyektiv sabablari yoʻkligini isbotlashga
harakat qiladi. A.Marshall asarlari
iqtisodiy nazariyadagi mikroiqtisodiy
yoʻnalishga asos soldi (qarang
Mikroiqtisodiyot
). Pigu iqtisodchilar
orasida birinchi boʻlib, chegaralangan
daromadlar nafi pasayib borishini
asoslab, daromadlarni adolatli
taqsimlash asosida "umumiy farogʻat


Bu sahifa oxirgi marta 2-Yanvar 2023, 20:55 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Cambridge_maktabi&oldid=353
2148
" dan olindi

Download 45.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling