CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’aroyib dunyo Bizning inoq mamlakatimiz Ahil qalamlar B. Abdutolipova
Nasiba Erxonova
Shahlo oilaning kenja farzandi. Hali tili chiqib- chiqmay, «katta bo’lsam, do’xtir bo’laman», deb yurardi. Shuning uchun har yili tug’ilgan kunida, bayramlarda kattalar unga o’yinchoq shifokorlar anjomlarini sovg’a qilishardi. U qo’g’irchoqlarini qator qilib o’tqizib qo’yardi-da, birining tomog’ini ko’rar, yana birining haroratini o’lchar, boshqasiga dori ichirar, nina sanchib yig’latardi. «Dori ichmayman» deb xarxasha qilgan «bemor»lariga baqirib tashlardi. Bir kuni Shaxdoning tobi qochib qoldi. Qizaloq negadir tez tuzalavermadi. O’zini holsiz, darmonsiz his qilardi... Uni ko’rgani dugonalari kelishdi. Erkalik qilibmi, yo chindan ham joni og’ridimi, ularga yig’lab berdi. Shunda yaqin dugonasi Munisa unGa dalda berib, ko’nglini ko’tardi: - Dugonajon, xafa bo’lma, sen bugunoq oyoqqa turib ketasan, - deya xayrlashdi. Dugonalarini kuzatishga chiqqan Shaxdoning qaytib o’rniga yotgisi kelmay qoldi, o’zini yaxshi his qildi. Shunda u shirin so’z har qanday dori-darmondan ham yaxshi ekanligini tushunib yetdi. Endi Shahlo qo’g’irchoqlariga hyech qachon baqirmaydi. U faqat yaxshi gapirishga axd qildi. Maqollar Achchiq til - zahri ilon, Chuchuk tilga - jon qurbon. Yomon gap tarsakidan yomon. Go’sht-yog’ berma, yaxshi til ber. Do’st orttiraman desang, Shirin suhbat qil. Bir shirin so’z bitkazar, Ming ko’ngilning yarasin. Shirin so’z shakardan shirin. Til - aql bezagi. Oz gapir - soz gapir. Olim so’zi oz, Oz bo’lmasa ham soz. G’aroyib dunyo Bizning inoq mamlakatimiz Ahil qalamlar B. Abdutolipova Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qalamlar oilasi bo’lgan ekan. Oilada hamma ranglar bir-birlari bilan ahil- inoq yashasharkan. Bir kuni tannoz oq qalam qora va malla qalamlar bilan urishib qolibdi. U bu ikkala qalamni rangi xunuklikda ayblabdi. - Sizlar chizgan hamma narsaning rangi xunuk chiqadi, - debdi u. Qalamchalarning bu bahsini eshitgan ota va ona qalam dunyodagi hamma ranglar kerakligini, agar qoramtir qalamlar bo’lmasa tun, ko’mir bo’lmasligini, bir oilada yashab turib bunday kelishmovchilik yarashmasligini tushuntiribdi. Shunda oq qalam o’z aybini tushunib yetibdi, qora va malla qalamdan kechirim so’rabdi. Qissadan hissa shuki, bolajonlar, bir oila, bir Vatanda yashayotgan hamma xalq va elatlar bir-birlari bilan ahil-inoq yashasa, shu davlatda rivojlanish bo’ladi. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling