CamScanner 03-02-2021 15. 24
O’zbekistonning buyuk arboblari
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
O’zbekistonning buyuk arboblari
Bobur va kabutar (Rivoyat) Mirzo Bobur yoshligidan ziyrak bola bo’lib o’sibdi. Kunlardan bir kuni Umarshayx saroy a’yonlari bilan kasrda o’ltirgan ekan, bir kabutar uchib kelib, ayvon peshtokiga qo’nibdi-da, «G’ulu-g’ulu-g’u,-g’u» qilaveribdi. Umarshayx a’yonlaridan «Kabutar ne deydur?» - deb so’rabdi. Anchadan buyon urush ko’rmay, qilichlari qonsirab qolgan a’yonlar: «Oliy hazrat, kabutar kilichlarni qindin sug’urmoq kerak, deydur», - deb javob berishibdi. Gapga qo’shilmay, bir chekkada jim o’ltirgan Mirzo Bobur: «Yo’q, kabutar, unday demaydur. Dehqon bobo, kovun sayliga chaqiribdur», - debdy. Umarshay.x kabutarni tutib keltirishni buyuribdy. Kabutarni tutib kelib, oyog’idagi mis halqani olib qarashsa, ichidan bir xat chiqibdi. Xatda «Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib, qo’l urib bersalar», - deb yozilgan emish. Mirzo Boburning gapi to’g’ri chiqqanidan hayragga tushgan Umarshayx o’g’lidan: «Bunchalik topqirliging boisi nedur?» - deb so’rabdi. «Ota, - debdi Bobur, - bu kabutarga e’tnbor qilmadingiz. O’tgan yili qovun sayli xushxabarinn xuddi ana shu jonivor xabar qilg’on erdi, kaminaning ko’zi kabutarning o’ng qanotidagi qora xolga tushgan zahoti uni tanidi va shu so’zni taxmin etdi», - dsb javob beribdi. Yosh Mirzoning hushyorligi, topknrligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlarga karab: «Qilichni emas, akl- idrokni ishga solmoq lozimdir. Xabar qilinglar, barcha qovun sayliga otlansin», - deb farmoyish beribdi. Alisher NAVOIY Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotning Bog’i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan davlat xizmatchisi G’iyo- siddin Bahodir oilasida tavallud topgan. Navoiyning ilmga bo’lgan ishtiyoqi erta uyg’onib, to’rt-besh yoshlarida maktabga bordi. Ammo u uzoq o’qiy olmadi, Hirotdagi notinchliklar sabab G’iyosiddin Kichkina oilasi bu yerdan ketishga majbur bo’ldi. 1452 yilga kelib Xurosonda bir qadar tinchlik o’rnatildi. Navoiy oilasi yana Hirotga qaytib keldi. Alisher Navoiy juda ko’p o’qir, tengdoshlaridan anchagina o’zib ketgandi. U faqat o’qish-o’rganish bilan cheklanmasdan o’zi ham she’rlar yoza boshlady. Alisherning so’z ustasi Mavlono Lutfiy bilan bo’lgan uchrashuvi esa uni el orasida yanada mashhur qildi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, bir kuni Alisher Lutfiyga yangi yozgan g’azallaridan o’qib beradi: «Orazin yopqach ko’zumdin sochilur har lahza yosh, O’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lgach quyosh» g’azali Mavlono Lutfiyga shu qadar ma’qul tushdiki, u beixtiyor «Agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning o’n- o’n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashtirardim», deb yuboradi. Alisher Navoiyning juda ko’p g’azallari, she’rlari dunyoning bir nechta tillariga tarjima qilingan. Siz ham maktabga chiqqaningizda o’sha asarlarni mutolaa qilasiz. Alisher Navoiyning yozgan asarlarida yaxshilik qilish kerakligi, dunyoda tinchlik bo’lsa, hamma bir- biri bilan ahil-totuv yashasa, degan g’oyalar hukmronlik qiladi. Navoiyni bugungi kunda butun dunyo taniydi. Turklar uni «shams-ul millat», ya’ni «millat quyoshi» deb ta’riflaydilar. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog’ida maydalab yomg’ir yog’ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir «hatto tabiat ham motam tutdi», deya ta’riflagan. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling