CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet48/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Mening uyim

Mebel
Sirdosh shkafcha
Nasiba Erxonova
Bio bor ekan, bir yo’q ekan, mo’jazgina uychada shkaf yasharkan. Shkaf juda eski bo’lishiga qaranay, siftli yog’ochdan yasalgan uchun mustahkam va bejirim ekan. Shkafcha atroifda boshqa mebellar yo’qligi uchun zerikarkan va shu xonadonda yashaydigan Olimjon bilan sirlasharkan. Uning ko’ngli ochiq va rahmdil bo’lgani uchun Olimjon hafa bo’lsa kuyunarkan, hursand bo’lsa sevinarkan.
Bir kuni Olimjon ko’chadai xomush kirib kelibdi. Shkafcha buning sababini so’ragan ekai, o’rtog’i uni nohaq xafa kilganini aytibdi. Shunda shkafcha Olimjonni yupatib. do’sti bir kuni xatosini tushunib yetishini aytibdi.
- Sen bu ko’ngilsizlikni esingdan chiqar va do’stingning yaxshi xislatlari xaqida o’yla, shundagina uni kechirishing oson bo’ladi, - debdi shkafcha.
Olimjon sirdoshining aytganlarini qilgan ekan, xaqikatan. do’stini kechirishi oson kechibdi.
Shunday kunlarning birida Olimjonning otasi uyga eski shkaf o’rniga yangisini olib kelmokchi ekanligini aytibdi. Shu zahoti Olimjon otasidan iltimos qilibdi:
- Dadajon, uyimizdagi shkaf menga juda yoqadi, keling, uni bo’yab, ta’mirlab yangiga aylantiramiz, - debdi.
Sirdoshining qiyin vaziyatda ^.imoya qilganidan shkafcha mamnun bo’libdi va bir sakrab qo’yibdi. Ustalar kelib, shkafchani ta’mirlayotgan paytda ham Olimjon parvona bo’libdi. Ularga yordam beribdi. Bir zumda yangi holagga kirgan shkafcha Olimjonga rahmat aygibdi.


Maqollar
Yelkasi bor, boshi yo’q,
Oyo» i bor, qo’li yo’q. (Stul)
To’rt oyog’i bor, lekin yurmas. (Karavot)
Bir uycha bor,
Ichi go’la. (Shkaf)


Idishlar
Idishlar arazladi
Zuxra Ro’ziyeva
Sanjar degan bola bor ekan. U oshxonani yaxshi ko’rar, muzlatkichni ochib, undan u-bu narsalarni tatib ko’rishni yaxshi ko’rardi. Javondagi turli shirinliklar, mevalardan yeyish unga judayam yoqardi. Ammo... ammo unga oshxonadagi bir narsa sirayam yoqmasdi. U idish- tovoqlarni yuvishni sirayam yoqtirmasdi. Uning nazarida bu erkak ishi emasdi. Shuning uchun ham biror bahona bilan bu ishdan qochishga urinardi.
Bugun ham u erinibgina idish-tovoqlarni yuvayotgandi, derazadan do’sti Ikrom qarab qoldi:
- Idish yuvayapsanmi, qo’y shu ishingni, chiq, birga futbol o’ynaymiz.
- Hozir, shularni yuvib qo’yay, - Sanjar shoshilganicha jahl bilan idishlarni yuvar, u jaxd qilganidan kosa tovoqlarning chetlari uchib ketardi.
- Javon to’la idish-tovoqku, nima qilasan-a? Shu idishlaringni qo’ygin. Iltimos, chiqa qol.
Sanjar boshqa chidolmadi. Shartta idishlarni olib kir mashina ichiga yashirib qo’ydi-da, koptogini olgancha ko’chaga yugurib ketdi.
Ertasi kuni Sanjarning tug’ilgan kuni edi. Tug’ilgan kunga uning do’stlari taklif qilingan edi. Muzlatkichda katta shokoladli tort bor edi. Ertalabdan Sanjar oyisiga uy ishlarida yordamlashdi. Idishlarni yig’ishda ko’mak berdi. Faqat bayramona dasturxon tuzash kerak edi. Oyisi do’konga sharbat olib kelish uchun chiqib ketgandi, Sanjar dasturxonga toza likopchalar va qoshiqlar qo’yishi kerak edi. Sanjar oshxonaga kirib shkafni ochdi-yu, xdyron qoldi. Kechagina idishlar bilan liq tula javon bo’m-bo’sh edi. Bironta likop, qoshiq, kosayu piyola qolmagandi. Sanjar qo’rqib ketdi. Hali zamon o’rtoqlari kelib qoladi. Endi tortni nimada yeyishadi? O’rtoqlariga tortni nimaga solib beradi?
Sanjar hayajonlanganidan hatto yuzlaridan sovuq ter chiqib ketdi. Shu payt eshik qo’ng’irog’i jiringlab qolsa bo’ladimi? Endi Sanjarning ahvolini tasavvur qilavering. Ming hayajon, qo’rquv bilan eshikni ochsa, pochtachi amaki turgan ekan.
- Sanjar, mana bu sovg’a senga ekan! Mana bu qog’ozga qo’l qo’yib, buni qabul qilib olishing kerak.
Sanjar og’irgina qutini olib yerga qo’ydi-da, pochtachi amakining qog’oziga qo’l qo’yib berdi. U hayajonlanib qutini ochdi. Qutichada yangidek turgan likopcha, qoshiq, piyolalar bor ekan. Sanjar qushdek yengil bo’ldi. Tug’ilgan kun ham endi yaxshi o’tadigan bo’ldi. Shu kundan boshlab bu uyda birorta likopcha, piyola, qoshiq yoki lagan yuvilmay qolmaydigan bo’ldi.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling