CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xushmuomalalik alifbosi Bola va kulol Nasiba Erxonova
Topishmoqlar
Tog’ ustida o’rmon bor. (Soch) Uy ustida sari yoy. (Qosh) Ikki og’ayni bir-birini ko’rmaydi. (Ko’z) U yoqqa karasangiz ko’rmaysiz, Bu yokqa qarasangiz ko’rmaysiz, Boshingizga qarasangiz ko’rmaysiz. Soyangizga qarasangiz ko’rasiz. (Quloq) Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi. (Lab) Biz-biz edik, biz edik, O’ttiz ikki qiz edik. Ikki safga tizildik, Birin-ketin uzildik. (Tshi) Besh og’ayni yosh edi, Ichida biri bosh edi. (Barmoqlar) Ikki otim bor, Bir-biridan chopag’on. (Oyoq) Tursang turar, Yetsang yotar. (Oyoq) Xushmuomalalik alifbosi Bola va kulol Nasiba Erxonova Qadim zamonda bir kulol bo’lgan ekan. Kulol erta-yu kech insonlar uchun zarur bo’lgan idish-tovoqlar, obdasta-yu ko’zalar yasarkan. Kech tushganda u yasagan narsalariga qarab ko’zi quvnarkan. Shunday kunlarning birida kulolning ustaxonasiga yig’loqi, ust-boshi kir Zoir ismli bola kelib, salom ham bermasdan o’tirib olibdi. Hayron bo’lib turgan kulol boboga qarab esa: - Nimaga anqayasan? Meni bolalar quvlab kelayapti. Shuning uchun tezda meni yashirib qo’y. Bo’lmasa hamma choynak-piyolalaringni sindirib tashlayman, - debdi. Kulolning qitmirligi tutib: - Xo’p bo’ladi, kel, tezda mana bu katta ko’za ichiga kirib ol, - debdi. Bola jon holatda ko’za ichiga kirib ketibdi. Duv etib kirgan bolalar kulol boboga salom berib, Zoir degan bezori bola kelgan-kelmaganini so’rashibdi. - Shu atrofni qaranglar-chi, - debdi kulol bobo. Bolalar ustaxonani bir-bir ko’zdan kechirishibdi, lekin topa olishmabdi. Shunda boboga rahmat aytib, uzr so’rab chiqib ketishibdi. Shunda ko’za ichidagi bola shovqin ko’taribdi: - Hoy chol, meni tezda ko’za ichidan chiqarib ol! Shunda bobo: - Bu ko’za shunday sehrliki, u faqat shirinso’z, odobli, aqlli, kattalarni hurmat qiladigan, do’stlari bilan janjallashmaydigan bolalargagina marhamat ko’rsatadi. Aks holda bir umrga ko’za ichida qolib ketishing mumkin. Shovqin ko’tarib, yomon so’zlar bilan do’stlarini haqoratlayotgan Zoir jim bo’lib kolibdi, Anchadan keyin ko’zadan baqiroq, shovqinli ovoz o’rniga muloyim gap eshitilibdi: - Bobojon, meni kechiring, endi hyecham do’stlarim bilan urishmayman, so’kishmayman. Uydagi singlimni ham xafa qilmayman. Kattalarga salom beraman. Ustozlarimning aytganini qilaman. Shu payt sopol ko’zaning og’zi kengayib, bola qiynalmasdan chiqib olibdi. Kulol bobo esa aybini tan olgan va xatosidan xulosa chiqarib, odobli bolaga aylangan Zoirni oldiga o’tqazib, sopol idishlar yasashni o’rgatibdi. Shundan beri Zoir har kuni darsdan so’ng kulol bobo ustaxonasiga kelib hunar o’rganayotgan ekan. Shirin so’z Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling