CamScanner 03-02-2021 15. 24
Ona qadri Nasiba Erxonova
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavsumiy o’zgarishlar To’rt istak
Ona qadri
Nasiba Erxonova Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir kuni quyoncha rosa to’polon qilavergach, onasi tanbeh bergan ekan: - Men sizni yaxshi ko’rmayman, - debdi-yu, yugurib ko’chaga chiqib ketibdi. Shu payt oldidan olmaxon bolasi chiqib qolibdi. Qarasa, olmaxon xomush va o’ychan bo’lib, atrofga alanglayotgan ekan, quyoncha: - Senga nima bo’ldi? - deb so’rabdi, olmaxon: - Mening senga havasim keladi, sening onang bor, meniki esa yo’q, - debdi ko’alaridan shashqator yosh dumalarkan. - Hyech bo’lmasa, mushuk, hyech bo’lmasa qurbaqa meningonam bo’lsaydi... Qara, sening kiyimlaring toza, qorning to’q, mening esa hyech kimim yo’q, ahvolim xarob, - deb xo’rsinibdi. Quyoncha olmaxonni yupatishga urinibdi: - Olmaxon, ko’p kuyunma, onang bo’lganida onam meni urishgandek seni ham urishardi... - Urishsa ham mayli edi, onam bo’lsa qaniydi, - debdi olmaxon va xo’ng-xo’ng yig’labdi. Shu payt quyoncha qorni ochiqqanini his qilibdi. - Yur biznikiga, mazali pirog yeymiz, - deb ol maxonni uyiga taklif qilibdi. Quyoncha bilan olmaxon kirib kelishi bilan ona quyon bolalarga mevali sharbat, malinali pirog beribdi. Oppoqqina dasturxon atrofida ovqatlanishar ekan, olmaxon yana yig’lay boshlabdi. Ona quyon buning sababini so’ragan ekan: - Onasi bor uyning fayzi bo’ladi, men hyech qachon bunday dasturxon atrofida o’tirib ovqatlanmaganman, chunki mening onam yo’q, - deb xafa bo’libdi. Shunda ona quyon olmaxonni farzand qilib olishini aytib, boshini silabdi. Olmaxon ilk bora ona mehrini his qilib, mamnun bo’libdi. Quyoncha esa bu voqyeadan o’ziga xulosa chiqarib, onasining ‘jo’nglini boshqa og’ritmaydigan bo’libdi. Maqollar Bola loy - ona kulol. Ona bilan bola, gul bilan lola. Jannat onalar oyog’i ostidadir. Ota-ona duosi o’tga, suvga botirmas. Ota-onangni hurmat qilsang, Boshqalardan hurmat ko’rasan. Ona - daraxt, bola - meva. Mavsumiy o’zgarishlar To’rt istak K. Ushinskiy Mitya qor tepaliklaridan pastga qarab chanada uchdi. Toshdek qattiq muzlagan ariq va hovuzlarda o’rtoqlari bilan yaxmalak otdi. Uyga qip-qizarib, tetik va quvnoq qaytib keldi-da, otasiga qarab: - Otajon, qish qanday yaxshi-ya? Men hamma vaqt qish bo’lishini istar edim, - dedi. Otasi uning istagini o’zining yon daftariga yozib Qo’ydi. Bahor keldi. Mitya ko’m-ko’k maysazorlarda rohatlanib o’ynadi. Binafshalar terdi. Bahri dili ochilib ketdi. Yana otasiga: - Otajon, bahor qanday ko’ngilli, men hamma vaqt bahor bo’lishini istar edim, - dedi. Otasi Mityaning bu istagini ham yon daftariga yozib qo’ydi. Yoz keldi. Mitya yozning issiq kunlarida bog’larda quvnab o’ynadi. O’rik, gilos, shaftolilardan to’yib- to’yib yedi. Kechqurun otasining oldiga kelib: - Otajon, yoz qanday go’zal! Men hamma vaqt yoz bo’lishini istar edim, - dedi. Otasi uning bu istagini ham yon daftarchasiga yozib qo’ydi. Kuz keldi. Bog’larda uzumlar, dalalarda qovun- tarvuzlar yetilib pishdi. Paxta terildi. Mitya bularni ko’rib quvonib: - Otajon, kuz qanday yaxshi-ya! Men hamma vaqt kuz bo’lishini istardim, - dedi. Otasi yon daftarchasini ochib, Mitya qish, bahor, yoz fasllari haqida qam xuddi shu niyatlarni bildirganini unga ko’rsatdi. Yalpiz N. Raimova Zebo bog’chadan kelishi bilan oyisi: - Qizim, yalpiz terib kelsang-chi, ko’k somsa qilib berardim, - dedi. Zebo savatchasini olib ko’chaga chikdi. Ariq labiga bordi. Endi yalpiz tera boshlagan edi, dugonasi Dildora kelib qoldi. - Nima qilyapsan? - deb so’radi u. - Yalpiz teryapman, kel, birga teramiz. - Ho, qo’lim kir bo’lib qolsinmi? Sal narirokda arikdan suv olayotgan qo’shni ayol ularning gapini eshitib qoldi. Paqirni yerga qo’ydi-da, yaqin keldi. . - Aylanay, qizim, yalpiz teryapsanmi? - dedi Zeboga va savatchadan yalpiz olib ko’ziga surtdi. - Bahor qanday yaxshi-ya? Zebo suyunib ketdi... Ayting-chi, bolalar, Zebo nega suyundi? Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling