CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet47/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Mening uyim

Men va mening uyim
Ninachi va sichqoncha
Nasiba Erxonova
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir sichqoncha bo’lgan ekan. U yoz bo’yi don-dunlarni uyiga tashir, qishda esa ularni kam-kamdan yeb umrguzaronlik qilarkan. Bir kuni daladan tariq olib kelayotgan ekan, ninachi uni ko’rib debdi:
- Voy bechora, qachon qarasam uyingga narsa tashiysan, lekin seni mushuk yeb qo’ysa, tashiganlaryng o’zingga buyurmasligi mumkin.
- Nafasingni issiq qil, - debdi-da, sichqoncha yo’lida davom etibdi.
Sichqoncha ninachining gapiga qaramasdan, mehnat qilishda davom etibdi. Kuzda makkajo’xori pishgan chog’- da ham tinim bilmasdan ishlabdi. Hattoki sharbat tayyor- lash uchun mevalarni ham omborxonasiga jamg’aribdi.
Kunlar shu zaylda o’tib, qahraton qish kelibdi. Sichqonchaning uyini kimdir xavotirli taqillatibdi:
- Sichqonvoy, iltimos, eshigingni och!
Sichqoncha eshikni ochsa, ostonada ninachi qaltirab turarkan.
- Seni masxara qilganim uchun kechir, - debdi u. - Qish havosi bo’lsa, na borarga uyim bor, na yeyarga ovqatim...
Shunda sichqoncha ninachini uyiga kiritib, unga donli bo’tqa va mevali sharbat beribdi. Ninachi esa issiqqina pechka yonida o’tirib:
- Har kimning o’z uyi bo’lgani yaxshi ekan, endi men ham vaqtimni havoga sovurmasdan, o’zimga boshpana quraman, - debdi.


Maqollar
Yozda uy-joy qurmasang,
Qishda balchiq kecharsan.
Yozda yuz yama, Qishda g’am yema.


Topishmoqlar
Kunduzi tashqari,
Kechasi ichkari. (Eshik)
Ikki opamning bo’yi teng. (Eshik)
Olti ko’zli, suyakli, ‘
Hamma uyga kerakli. (Deraza romi)
Kechasi osmonga qaraydi,
Kunduzi yerga qaraydi. (Eshik zanjiri)
Akasi uy poylaydi,
Ukasi o’ynab yuradi. (Qulf, kalit)


Menva mening uyim. Xotira kuni
Mashinami yo do’st?
Zuxra Ro’ziyeva
Bahodirjon do’sti Muhsinnikiga bitta o’yinchoq mashina ko’tarib keldi.
- Muhsinjon, do’stim, bu senga. Biz yangi uy oldik va yaqinda ko’chib ketarkanmiz.
- Iya, unda men seni ko’rmaymanmi, endi birga o’ynamaymizmi?
- Bilmasam, biz boshqa shaqarga ketyapmiz Sen mana
bu mashinani olib qol, uni avaylab o’yna. Har gal o’ynaganingda meni eslaysan. g’
- Chakki bo’ldi-da, o’yinchoq, yaxshi, lekin o’zing bilan o’ynaganim undan ham yaxshi edi. Seni sog’inib qoladigan bo’ldim-da. Men senga sovg’a bermadim-ku.
- Sovg’ang kerakmas, men seni yaxshi ko’raman, seni hyech qachon esimdan chiqarmayman.
- To’xta, topdim, topdim, - dedi Muxsinjon topkirligidan quvonib. - Men senga quyoshni sovg’a kilaman. Har gal quyosh boboga qaraganingda meni eslayverasan.
- Raxmat senga, o’rtoqjon. Quyosh boboga qarab sen bilan gaplashaman, sen xdm unga qarab mendek gaplashavergin.
- Albatta, gaplashaman. Meni unutma!
Ikki do’st bir-biri bilan quchoqlab xayrlashishdi. Ularning suhbatini yo’lakda turib eshitayotgan Mux.sinjonning buvisi ko’ziga yosh oldi.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling