Cao007 Abduxalilov Alisher 10 variant


Download 282.53 Kb.
bet2/4
Sana03.06.2020
Hajmi282.53 Kb.
#113826
1   2   3   4
Bog'liq
CAO007 Abduxalilov Alisher 10 variant



Sinxron shinada bu jarayon kvarsli generator hosil qilgan taktli impulslar yordamida boshqariladi. Generator hosil qilayotgan impulslarning chastotalari 5 MGs dan, 100 MGs gacha bo‘lishi mumkin. Asinxron shinalarda taktlar impulslari generatori ishlatilmaydi. ISA shinasi IBM PC/AT kompyuterlarida qo‘llanilgan, u 8,33 MGs chastotada ishlaydi. Shina orqali bitta sikl davomida ikki bayt uzatiladi, bu esa uning maksimal tezligi 16,7 Mbayt/sek ga teng degani bo‘ladi. EISA shina ham 8,33 MGs chastotada ishlaydi va u orqali bitta sikl davomida to‘rt bayt uzatiladi. Demak uning tezligi 33,3 Mbayt/sek ni tashkil qiladi.

2.2-rasm. Sinxron shinadagi o‘qish jarayoning vaqt diagrammasi.



PCI Express texnologiyasining mohiyati, parallel shinalar o‘rniga, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni amalga oshiruvchi ko‘p sonli turli xil qurilmalarni, yuqori tezlikka ega ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzatib beruvchi bog‘lanishlar bilan almashtirshdan iboratdir. Bu ISA/EISA/PCI shinalarida amalga oshirilgan shinali topologiyadan, lokal kompyuter tarmoqlarining topologiyasiga, ya’ni kommutatsiyalanadigan Ethernet texnologiyasi topologiyasiga o‘tishni anglatadi. PCI Express, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar – protsessor, asosiy xotira va ma’lumotlarni kiritish chiqarish qurilmalarini bog‘lovchi, universal kommutator rolini bajaradi.

2.3-rasm. Asinxron shinaning ishlashi.


Download 282.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling