Cardinal Numerals) va tartib sonlarga (Ordinal Numerals)


three thousand, four million. Hundred, thousand, million


Download 67.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana09.05.2023
Hajmi67.15 Kb.
#1448411
1   2   3   4   5
Bog'liq
numbers

three thousand, four million. Hundred, thousand, million sonlari yuz lab, 
minglab, millionlab ma’nosida kelib, noaniq miqdorni bildirganda ularga –s 
qo‘shimchasi qo‘shiladi va bu holda ular otga aylanadi hamda of predlogi 
bilan ishlatiladi:
Hundreds of students were present 
at the meeting.
Thousands of people greeted the 
Russian representatives.
Majlisda yuzlab talabalar qat-
nashdilar.
Minglab odamlar rus vakillarini 
olqishladilar.
Izoh: million soni oldidan two, three kabi sonlar kelganda va undan keyin boshqa sonlar 
kelmasa, ular -s qo‘shimchasini oladi va otga aylanadi. Bu holatda million otidan keyingi ot 
of predlogi bilan ishlatiladi: two millions of books — ikki millionta kitob.
6. Qo‘shma uch xonali sonlarning o‘nliklaridan oldin (agar ular bo‘l masa 
birliklardan oldin) and bog‘lovchisi qo‘yiladi: 
375 three hundred and seventy-fi ve; 305 three hundred and fi ve;
2,075 two thousand and seventy-fi ve; 2,005 two thousan and fi ve;
1,225,375 one million two hundred and twenty-fi ve thousand three 
hundred and seventy-fi ve.
7. Angliya va AQSHda pul summasi quyidagicha aytiladi:
1) ingliz pul birligi pound funt yoki pound sterling funt sterling qisqar-
tirilgan ₤ belgisi (lotin tilidagi libra so‘zidan olingan) bilan ishlatiladi. Agar 
u sondan oldin qo‘yilgan bo‘lsa, ₤1 (one pound yoki one pound ster ling 
deb o‘qiladi); ₤25 (twenty-fi ve pounds yoki twenty-fi ve pounds ster ling deb 
o‘qiladi);
2) shilling pul birligi (1/20 funt) qisqartirib s. harfi bilan ifodalanadi; 12s. 
(twelve shillings deb o‘qiladi). Shilling (penslar bo‘lmaganda) son dan keyin 
qiyshiq kasr chizig‘i bilan ifodalanadi: 12/ —, 18/ —;
3) penny pens pul birligi (1/12 shilling) qisqartirib d. harfi bilan 
ifodalanadi (lotincha denarus dinar so‘zidan olingan) va u sondan keyin 
qo‘yi ladi: 1d. (one penny deb o‘qiladi); 6 d. (sixpence deb o‘qiladi). Penslar 
ham (shillinglar bo‘lmaganda) sondan oldin qiyshiq chiziq va tire bilan 
ifodalanadi: — /1, — /8. penslar miqdori ko‘rsatilganda pence so‘zi son 
bilan qo‘shib yoziladi: twopence, threepence, sevenpence, elevenpence; 
4) shillinglar va penslardan iborat summalar quyidagicha ifodalanadi: 2 s. 6 d. 
yoki 2/6 (two shillings and sixpence yoki two and six deb o‘qiladi);
5) funtlar, shillinglar va penslardan iborat pul summasi quyidagicha 
ifodalanadi: ₤ 25 12s.; ₤25.12.8; ₤25/12/8; ₤25:12:8; ₤ 25 — 12 — 8; 
(twenty-fi ve pounds twelve shillings and eightpence yoki twenty-fi ve pounds 
twelve and eight deb o‘qiladi);


3
6) amerika pul birligi dollar qisqartirib sondan oldin $ belgisi bilan 
ifo dalanadi: $1 (one dollar deb o‘qiladi); $25(twenty-fi ve dollars deb o‘qi-
ladi). Ba’zan dollar miqdorini bildiruvchi sondan keyin nuqta va ikkita nol 
qo‘yiladi (agar sentlar bo‘lmasa): $1.00; $25.00;
7) cent pul birligi (1/100 dollar) qisqartirib ¢ belgisi bilan ifodalanadi.: 

Download 67.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling