Censere „hukm qilish", „baholash" deb hukumat, tahririyat yoki boshqa


Download 123.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi123.64 Kb.
#1034123
Bog'liq
Senzura - Vikipediya



Senzura
Senzura (
lot.
censere — „hukm qilish“, „baholash“) deb hukumat, tahririyat yoki boshqa
boshqaruvchi tomonidan shu boshqaruvchilar fikricha zararli, xavfli yoki noqulay boʻlgan nutq
yoki boshqa ommaviy muloqotni bekitishga aytiladi.
[1]
 Oʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham
mavjud. Senzura 
ommaviy axborot vositalari
, kitob, nutq, musiqa, film, vebsayt yoki boshqa
axborot vositasidagi maʼlumotlarni yashirish, ularni taqiqlash, oʻzgartirish kabi amallarda
namoyon boʻladi. Senzura sabablariga milliy xavfsizlikni taʼminlash, bolalar va ularning
psixologiyasini asrash (ayniqsa, 
bolalar pornografiyasidan
[2][3]
), nafrat va nizo qoʻzgʻatuvchi
nutqlarni cheklash, diniy yoki siyosiy qarashlarni filtrlash, tuhmatning oldini olish yoki mualliflik
huquqlarini himoyalash kiradi. U qonuniy yoki noqonuniy boʻlishi mumkin. Aksariyat davlatlar
senzurani qonunchilik bilan chegaralashadi,
[4]
biroq bu cheklovlar mutlaq emas.


Senzura (lot. censura — jiddiy muhokama, shafqatsiz tanqid) — bosmadan chiqadigan
mahsulotlar, ularning chop etilishi, tarqatilishi ustidan, shuningdek, sahna asarlari, radio-
eshittirishlar va televizion koʻrsatuvlar, baʼzida esa shaxsiy yozishmalarning mazmuni va ijrosi
ustidan rasmiy hokimiyat organlarining nazorat oʻrnatishi. Ilk bor S. 15-asrda Gʻarbiy Yevropada
paydo boʻlgan va cherkov maʼmurlari tomonidan ilohiy va boshqa diniy qoʻlyozma kitoblarga
nisbatan qoʻllangan. Cherkov S.si rasmiy cherkov aqidasiga zid keladigan qoʻlyozmalarni,
bidʼatchilar kitoblarini mutlaqo taqiqlagan. Yevropada matbaachilikning oʻsishi bilan S. tizimi ham
rivojlandi. 1471-yildan diniy mazmundagi kitoblar faqat cherkov maʼmuriyatining ruxsati bilan
nashr etiladigan boʻldi. 16-asr dan S. diniy hokimiyatdan asta-sekin dunyoviy hokimiyatga ham
oʻta boshladi: bosmaxonalari boʻlgan barcha Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida S. tartibi oʻrnatildi.
S. organlari tarmogʻi kengayib bordi, S. qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Buyuk fransuz inqilobi va boshqa inqiloblar fuqarolarga oʻz fikrini erkin ifodalash huquqi berilishini
va S.ning bekor etilishini eʼlon qildi. Biroq koʻpgina mamlakatlarda matbuotda cheklashlar
davom etaverdi. Rossiyada chorizmning qattiq S. tartibi tufayli koʻpgina gaz. va jur.lar oʻz
faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Turkistonda ham Rossiya podshosining S. organlari
ishlagan. S. aygʻoqchilari bu yerda har bir matbuot organidan koʻz-quloq boʻlib turgan, oʻzi uchun
nomaqbul hisoblangan chiqishlarni taqiqlagan. Sobiq shoʻrolar davrida esa 1922-yildan
Matbuotda davlat sirlarini saqlash Bosh boshqarmasi (Glavlit) va uning respublikalardagi
boshqarmalari tomonidan S. amalga oshirib kelingan.
Senzuralangan hujjat


Hozirgi zamon Konstitutsiyalarining aksariyatida soʻz va axborot erkinligi eʼtirof etilib, S.
toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlansa-da, dunyoning barcha mamlakatlarida baʼzi hollarda, jumladan,
favqulodda holat eʼlon qilingan vaqgda ziyon yetkazuvchi yoki nomaʼqul deb hisoblangan
gʻoyalar va maʼlumotlar tarqatilishini oldini olish choralari koʻrilib, S.ni joriy etishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻz vazifalariga koʻra, S. bevosita va bilvosita boʻlishi mumkin. Bevosita S. axborot manbalariga,
ularni tarqatuvchi vositalarga davlat tomonidan maxsus, ochiqdan-ochiq qatʼiy nazorat
oʻrnatadi. S.ni amalga oshiradigan tashkiliy-maʼmuriy tizim yaratiladi va u bevosita ommaviy
axborot vositalari va boshqa maʼlumot tashuvchilar faoliyati bilan shugʻullanadi. Bunday idora
vakolatlari davlat sirlarini oshkor etmaslikni nazorat qilish bilan asoslantiriladi, urushni targʻib
qilish, pornografiya tarqatish, millatlararo va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish kabilarni
taqiqlaydi yoki hukmron tartibni biror-bir tarzda tanqid qilishga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha
mavjud axborotni qamrab oladi. Bunday S. zamonaviy davlatlarning koʻpchiligida Konstitutsiya
tomonidan taqiqlanadi. Bilvosita S. jahonning barcha davlatlarida mavjud. U axborot
yaratuvchilarga turli (eng avvalo, iqtisodiy vositalar orqali) taʼsir koʻrsatishda oʻz ifodasini
topadi. Bilvosita S.ning turlaridan biri oʻzini oʻzi S. qilishdir, yaʼni axborot yaratuvchining oʻzi
nazorat qiladi.
S.ni amalga oshirish usuliga koʻra, dastlabki va keyingi S.ga boʻlish mumkin. Dastlabki S. kitob
chiqarish, sahna asarlari qoʻyish va sh.k.da ruxsat olish zaruratini nazarda tutadi.
Keyingi S. esa eʼlon qilingan nashrlarni baholashdan iborat boʻlib, ushbu talablarni buzgan
shaxslarga nisbatan man etuvchi va cheklovchi choralarni nazarda tutadi.
Oʻzbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasiga muvofiq, S.ga yoʻl qoʻyilmaydi.
Axborot olish va tarqatish kafolatlariga oid "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida"
(2002-yil 12 dekabr), "Axborotlashtirish toʻgʻrisida" (yangi tahrirda, 2003-yil 11 dekabr),
"Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" (1997-yil 25 dekabr), "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish
toʻgʻrisida" (1997-yil 24 aprel)gi qonunlar qabul qilingan. Narzulla Joʻrayev, Akmal Saidov.
Tarixi
Manbalar


Soʻnggi tahrir 6 kun avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Senzura&oldid=2917117

dan olindi

Download 123.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling