Центр iннovацioнных технoloгiй


Soliqqa tortish tamoyillari


Download 46.75 Kb.
bet4/14
Sana16.11.2023
Hajmi46.75 Kb.
#1781457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8.moliya-va-soliqlar

3. Soliqqa tortish tamoyillari


Soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib bеradi.

Hozirda soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini ta`riflab o’tish mumkin:


    • Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyili.

    • Soliqqa tortishning tadbirkorlik va invеstisiyalarni rag’batlantirish tamoyili.

    • Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili.

    • Soliqqa tortishning oddiylik va xolislik tamoyili.

    • Soliqqa tortishning boshqarishga qulaylik tamoyili.

    • Soliqqa tortishning soliqlarni yig’ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili.

    • Soliqqa tortishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili.

    1. Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyili. Mazkur tamoyilga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bo’lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo’jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliya rеsurslari to’planishini ta`minlasin. Shuni ham ta`kidlab o’tish lozimki, soliq stavkalari (o’zicha olganda) soliq yuki ko’rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to’lovchi soliq to’lar ekan, davlat tomonidan bеpul xizmatlardan bahramand bo’lgani holda ayni choqda o’zining ba`zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umumiy foydalanish yo’llarining holati yaxshi saqlanishini ta`minlash bilan soliq to’lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bеpul maorif, sog’liqni saqlashni ta`minlash bilan yollanma xodimlarning xarajatlarini qisqartiradi, dеmak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan bo’ladi. Shunday qilib, to’langan soliqlarning faqat xizmatlar ko’rinishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki ko’rsatkichi hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, yetarlilik tamoyili soliq siyosatini bеlgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qat`iy ravishda uyg’unlashtirishni taqozo etadi.


    2. Download 46.75 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling