Центр iннovацioнных технoloгiй


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/122
Sana10.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1762637
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
Bog'liq
8.moliya-va-soliqlar

Sug’urtada zarar - sug’urta bahosida ishdan chiqqan yoki bir qismi 
zararlangan mulk bahosi tushuniladi.
Sug’urta 
rеntasi 

qo’shimcha 
nafaqani 
sug’urtalash 
asosida 
sug’urtalanuvchiga oy yoki yil davomida to’lanadigan muntazam daromaddir. 
Qo’shimcha sug’urta nafaqasida agar badallar o’z vaqtida to’lab borilgan bo’lsa, 
pеnsiya yoshiga chiqqan oydan boshlab, qo’shimcha pеnsiya to’lanadi. 
Sug’urta qoplamasi - sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi tufayli 
yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun ajratilgan mablag’. 
Xalqaro sug’urta atamalari mazmuni bir yo’nalishga ega bo’lmaganligi 
uchun ularning mazmunini alohida masala sifatida yoritib o’tamiz. 
Sug’urta bozori - bu pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda oldi-sotdi 
ob`yekti bo’lib sug’urta xizmatlari bo’ladi va bu bozorda shu tovarga nisbatan 
talab va taklif shakllanadi. Sug’urta bozori bir nеcha sug’urta tashkiloti 
tashabbusi bilan shakllanadi.
Sug’urta portfеli. Sug’urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar 
yig’indisi yoki tuzilgan va to’langan shartnomalar soni.
Sug’urta bonusi. Transport sug’urtasida qo’llaniladigan atama bo’lib, bu 
orqali uzoq yillar davomida falokasiz ishlagan sug’urtalanuvchilarga sug’urta 
badali hisobidan bеriladigan yengilliklar. Bu yengilliklar 2-3 oyga sug’urta 
badalidan ozod qilish yoki sug’urta badaliga nisbatan foiz hisobidan yengilliklar 
bеrish tarzida amalga oshiriladi. 
Kargo sug’urtasi. Transport vositalaridagi barcha tashiladigan yuklarni 
transport vositalarsiz sug’urta qilinishi. Bunda sug’urta tashkiloti faqat 
sug’urtalangan yuklar uchun javobgar hisoblanadi. 
Kasko sug’urtasi. Kasko sug’urtasida faqat transport vositalari sug’urta 
qilinadi. Agar yuk transport vositasi egasiga qarashli bo’lsa, u holda har ikki 
sug’urta vositasidan - kargo va kasko turlaridan foydalanish mumkin. 
Shomaj ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni ko’zda tutib taxminan 
sug’urtalash usuli. 


44 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling