Central asian academic journal of scientific research
Download 79.83 Kb. Pdf ko'rish
|
axborot-sohasida-milliy-xavfsizlikni-ta-minlashning-omillari-va-o-ziga-xos-jihatlari
340
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo’lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga olib keladi. Avtomatlashtiriltgan axborot tizimlarida axborotlar o’zining hayotiy davriga ega bo’ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo’lmaganda yo’qotishdan iboratdir. Quyidagi omillar ushbu mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi: - hozirda mafkuraviy tahdid jamiyat taraqqiyoti uchun jiddiy xavf ekanligi; - globallashuv jarayonlari va ma’naviy-axboriy tahdidlarning bugungi kuning katta muammolardan biri ekanligi; - axborot sohasidagi xavfsizlik milliy xavfszilik sohasidagi eng muhim yo’nalishga aylanib borayotganligi; - axborotni himoya qilishning ahamiyatliligi; - ma’naviy tahdid – о‘zligimiz va kelajagimizga tahdid ekanligi; - ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish omillarini tahlil qilish; - jamiyatimizdagi turli ma’naviy-axboriy tahdidlarga qarshi kurashishda axborot olish madaniyatini shakllantirilishi va boshqalar. ASOSIY QISM О‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning va O’zbekiston Respublikasi hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning chiqishlarida va asarlarida ma’naviy tahdidlar, unga qarshi kurashish zaruriyati, bu boradagi vazifalar va axborot xavfsizligida milliy xavfsizlik masalalari, yoshlar orasida axborot madaniyatini shakillantirish, axborot olish erkinligini ta’minlash, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari keng tahlil qilingan. Ushbu Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlashning sub’ektiv omillari va o’ziga xos jihatlari mavzusi S.Otamurtovning “Globallashuv va milliy-ma’naviy havfsizlik” 2 , Sh.Umarov va F.Mulaydinovlarning “Axborot xavfsizligi”, M.Quronovning “Milliy tarbiya”, M.Lafasovning “Diniy ekstremizm: tarixi va mohiyati”, X.Jumaniyozov, 2 Otamurotov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy havfsizlik. -Т.: 2013. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 Download 79.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling