Central asian academic journal
Download 95.82 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar
532 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz taʼkidlanganidek, bola tug’ish, parvarishlash va tarbiyalash qobiliyatlarini himoya qilish, sog’liklariga shikast yetishining oldini olishdan iborat. «Mehnatni muhofaza qilish toʼgrisida»gi qonunga koʼra, har bir xodim, shu jumladan xotin-qizlar ham, oʼzlari mehnat qilayotgan sharoiti haqida, bu sharoitlarning oʼz sog’ligi uchun qay darajada xavf-xatar tug’dirishi mumkinligi toʼgrisida toʼliq va obyektiv axborotlarni olishga xaqli. Ular oʼzlarining kasb kasalliklariga yoxud mehnat faoliyati bilan boglik boshqa kasalliklarga chalinib qolishlari ehtimolining oldini olish maqsadida navbatdan tashqari tibbiy koʼrikdan oʼtkazilishlari, kasb kasalliklariga chalinganlarida esa qonunda belgilangan tartibda oʼzlariga yetkazilgan zarar miqdorini ish beruvchidan qoplab berilishini talab qilishlari mumkin. Kasb kasalliklari roʼyxati Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan. NATIJALAR Bugun kunda xotin-qizlar turli sohalarda o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishlari mumkin. Davlat boshqaruvida ayollar vakillarini ko'paytirish uchun siyosat, iqtisodiyot va jamiyat hayotida yetakchi lavozimlarni egallashga qodir 15 ming nafardan ortiq xotin-qizlardan kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Lider ayollar tayyorlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga etib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida «Ayollar daftari» tizimi joriy etilib, Davlat byudjetidan har yili 300 mlrd so'm mablag' ajratib borish yo'lga qo'yildi. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning o'qish to'lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o'rniga ijobiy ta’sir ko'rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O'zbekiston 2020 yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog'onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 Download 95.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling