Chakana farmatsevtik faoliyat xaqida tushuncha. Dorixona ishini tashkil qilish


Xususiy  sheriklik  uchun  nomzodni  tanlash  quyidagilarga  asosan  amalga


Download 321.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana19.11.2021
Hajmi321.73 Kb.
#175840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-лекция

Xususiy  sheriklik  uchun  nomzodni  tanlash  quyidagilarga  asosan  amalga 

oshiriladi: 

dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  chakana  realizasiyasi  uchun 



lisenziyaning mavjudligi; 

dislokatsiyaga kiritilgan barcha tarmoq filiallarini to‘la hajmda tovarlar bilan 



ta'minlash  uchun  tegishli  moddiy-texnik  bazaning,  tovar  zaxirasining  va  aylanma 

vositalarining mavjudligi; 

aholini, shuningdek  imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori  vositalari 



va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash, dori vositalari va tibbiy buyumlarning alohida 

hisob-kitobini olib borish imkonini beruvchi dasturning mavjudligi; 

-    qishloq  shifokorlik  punktlari  mavjud  bo‘lmagan,  shuningdek,  tog‘li  o‘lkalar  va 

chekka  hududlarni  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  bilan  ta'minlash  uchun 

maxsus ixtisoslashtirilgan avtomobilning mavjudligi. 

Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini amalga oshirish maqsadida xususiy sheriklik uchun 

nomzod  tanlash  to‘g‘risidagi  qaror  O‘zbekiston  Respublika  Sog‘liqni  saqlash 

vazirligi  davlat-xususiy  sheriklik  nomzodini  tanlash  xay'at  (keyingi  o‘rinlarda 

komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.Xay'at tarkibi, uning ishchi organi 

va  faoliyat  reglamenti  O‘zbekiston  Respublika  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi 

tomonidan tasdiqlanadi. 

     Xususiy sherik  nomzodini  ko‘rib chiqish  va qaror qabul qilish  uchun Sog‘liqni 

saqlash  vazirligining  rasmiy  veb-saytiga  o‘z  arizasini  joylashtiradi,  arizada 

quyidagilar ko‘rsatiladi: 

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli; 



yuridik manzili; 

bank rekvizitlari; 

dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  chakana  realizasiyasi  uchun  berilgan 

lisenziyaning ro‘yxat raqami; 

dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar,  tovar  zaxirasi  va  aylanma  vositalar,  ular 

to‘g‘risidagi  ma'lumotlarni  tasdiqlovchi  hujjatlarning  alohida  hisob-kitobini  olib 

borish imkonini beruvchi dasturni o‘z ichiga oluvchi moddiy-texnik baza haqidagi 

ma'lumot. 

    Ma'lumotlarning  ishonchliligi  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash 

vazirligi tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yordamida tekshiriladi. 

    Komissiya  ariza  qabul  qilingan  kundan  boshlab  besh  ish  kuni  mobaynida 

nomzodga  Komissiya  majlisining  o‘tkaziladigan  joyi  va  vaqti  to‘g‘risida  xabar 

beradi. 

    Davlat-xususiy  sheriklik  to‘g‘risidagi  shartnomani  imzolash  uchun  nomzod 

o‘zining  nomzodini  ko‘rib  chiqishda  Komissiya  yig‘ilishida  qatnashish  huquqiga 

ega. 


Komissiya  arizani  o‘n  ish  kunidan  ortiq  bo‘lmagan  muddatda  ko‘rib  chiqadi  va 

davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida shartnoma tuzish yoki uni tuzishni rad etish 

to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 

    Komissiya qaror qabul qilingan kundan  e'tiboran  uch kun  ichida qabul qilingan 

qaror to‘g‘risida nomzodni xabardor qiladi. 

    Davlat-xususiy  sheriklik  to‘g‘risida  shartnoma  tuzishni  rad  etish  to‘g‘risida 

qaror  qabul  qilingan  taqdirda  nomzodga  asoslantirilgan  rad  etish  to‘g‘risidagi 

xabarnoma yuboriladi. 

    Davlat-xususiy  sheriklik  to‘g‘risidagi  shartnoma  tuzishni  rad  etish  haqidagi 

Komissiya qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 

    Davlat-xususiy  sheriklik  to‘g‘risida  shartnoma  tuzish  bo‘yicha  Komissiyaning 

qarori davlat tomonidan sherikka keyingi ish kunidan kechikmay taqdim etiladi. 

   Ijtimoiy  dorixonada  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  narxlarini  nazorat 

qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish 

va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh 



prokuraturasi  huzuridagi  soliq,  valyutaga  oid  jinoyatlarga  va  jinoiy  daromadlarni 

legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi. 




Download 321.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling