Chakana farmatsevtik faoliyat xaqida tushuncha. Dorixona ishini tashkil qilish
Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi
Download 321.73 Kb. Pdf ko'rish
|
4-лекция
Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizasiyasi uchun va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan ta'minotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari); - shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan resept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan, reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq dori vositalarini reseptsiz ravishda chakana realizasiya qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlaydi; - belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q qiladi; - iste'molchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya ta'siri va samaradorligi past holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qiladi; - ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan dori vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda ma'lumot taqdim etadi; - aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qo‘llash bo‘yicha maslahat berish va axborot yordami ko‘rsatadi; - aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi to‘g‘risida axborot berish imkonini ta'minlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i bo‘yicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi;
- ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan cheklangan narxlar ko‘rsatilgan dori vositalari assortimenti ro‘yxatini ko‘rinarli joyda joylashtiradi; - shifokor resepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini o‘tkazadi. (tegishli lisenziyasi mavjud bo‘lganda). Ijtimoiy dorixonalarda tovar-moddiy boyliklarni inventarizasiya va ta'mirlash ishlarini o‘tkazish uchun yopish davlat tomonidan, sherik bilan kelishilgan holda, sanitariya kunlarini o‘tkazish uchun esa — qo‘shimcha ravishda Davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijtimoiy dorixonani tashkil etish
Download 321.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling