Chakana savdo Reja
Savdo korxonasi chakana tovar aylanmasini tahlil qilishning asosiy yo‘nalishlari
Download 70.5 Kb.
|
10-mavzu
2. Savdo korxonasi chakana tovar aylanmasini tahlil qilishning asosiy yo‘nalishlari
Savdo korxonasining chakana tovar aylanmasini tahlil qilish uning hajmi dinamikasini o‘rganish va reja mavjud bo‘lgan hollarda uning bajarilish darajasini baholashdan boshlanadi. Chakana tovar aylanmasi hajmi dinamikasini tahlil qilish o‘sishning zanjirli va bazis suratlari, shuningdek, tovar sotishning o‘rtacha yillik suratining o‘zgarishi hisobga olish yordamida amalga oshiriladi. Inflyatsiya sharoitlarida tovar aylanmasi hajmining o‘zgarish suratlarini ham amaldagi, ham solishtirma narxlarda, ya’ni bazis yil narxlarida hisoblash kerak: Ts.sqTf.s/Its, bu yerda Ts.s- solishtirma narxlarda tovar aylanmasi hajmi; Tf.s- amaldagi narxlarda tovar aylanmasi hajmi; Its- narx o‘zgarishi indeksi. V protsesse analiza roznichnogo tovarooborota selesoobrazno opredelit yego izmeneniye kak v stoimostnom, tak i v naturalnom vo‘rajenii, kotoroye xarakterizuyet izmeneniyem fizicheskogo obyema tovarooborota. Dlya etogo neobxodimo rasschitat indeks izmeneniya tovarooborota: ITqIts*Iq, gde IT- indeks izmeneniya obyema tovarooborota; Its- indeks izmeneniya sen; Iq- indeks izmeneniya fizicheskogo obyema tovarooborota. Privedeniya formula pozvolyayet opredelit, v kakoy mere razvitiye tovarooborota v stoimostnom vo‘rajenii zaviselo ot izmeneniya sen, a v kakoy-ot izmeneniya kolichestva realizuyemo‘x tovarov. Chakana tovar aylanmasini tahlil qilish jarayonida uning qiymat va natural ko‘rinishda o‘zgarishini aniqlan maqsadga muvofiq bo‘lib, uni tovar aylanmasi tabiiy hajmining o‘zgarishi bilan tavsiflash mumkin. Buning uchun tovar aylanmasining o‘zgarish indeksini topish zarur: ITqIts*Iq, bu yerda IT- tovar aylanmasining o‘zgarish indeksi; Its- narx o‘zgarishi indeksi; Iq- tovar aylanmasi tabiiy hajmining o‘zgarish indeksi. Yuqorida keltirilgan formula tovar aylanmasi rivojlanishi qay darajada narx o‘zgarishining qiymat ko‘rinishiga va qay darajada sotilgan tovarlar miqdorining o‘zgarishiga bog‘liq ekanligini aniqlashga imkon beradi. Agar korxonada chakana tovar aylanmasini rejalashtirish amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda savdo korxonasi rejasini bajarish darajasini ayrim tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha alohida muddat bo‘yicha hisoblash zarur. Chakana tovar aylanmasi tahlilini faqat uning hajmiga qarab emas, balki ayrim tovar guruhlari, ya’ni tovar assortimenti bo‘yicha amalga oshirish zarur. Tovar aylanmasi tarkibining o‘zgarishini tavsiflash uchun absolyut tarkibiy o‘zgarishlar koeffitsiyentidan foydalanish mumkin: Кс.с.қ (fi1-fi0)2/n, bu yerda Ks.s – tovar aylanmasi tarkibining absolyut o‘zgarish koeffitsiyenti; fi1 – hisobot davri uchun jami tovar aylanmasida i-tovar guruhining ulushi (%); fi0 – avvalgi davr uchun jami tovar aylanmasida i-tovar guruhining ulushi (%); n – tovar guruhlari soni. Rejaning bajarilishi va chakana tovar aylanmasi dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator omillar mavjud bo‘lib, ularni uch guruhga birlashtirish keng tarqalgan: tovar reurslari bilan bog‘liq omillar; xodimlar soni va ularning mehnat samaradorligi bilan bog‘liq omillar; savdo korxonasining moddiy-texnika bazasidan foydalanish samaradorligi va korxonaning ish rejimi bilan bog‘liq omillar. Tovar aylanmasi muvaffaqiyatli rivojlanishining asosiy omili savdo korxonasining tovar resurslari bilan ta’minlanganligi va ulardan oqilona foydalanishdir. Chakana tovar aylanmasi hajmi tovarlarning kelib tushish davriyligi va tovar zahiralari holatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu bog‘liqlikni quyidagi formula yordamida ifodalash mumkin: ТқЗн-П-В-Зк, bu yerda T-chakana tovar aylanmasi hajmi; Zn-davr boshiga tovarlar zahirasi; P-tovarlarning kelib tushishi; V-tovarlarning chiqib ketishi; Zk- davr oxiriga tovarlar zahirasi. Zanjirli postanovka yoki farqlash usulidan foydalangan holda qayd etilgan ko‘rsatkichlardan har birining savdo korxonasi chakana tovar aylanmasi hajmiga ko‘rsatuvchi ta’sirini aniqlash mumkin. Chakana tovar aylanmasi hajmiga savdo korxonasining mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanishning samaradorligi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu bog‘liqlikni quyidagi formula yordamida ifodalash mumkin: ТқП*Ч,
bu yerda
bu yerda (Tch – tovar aylanmasi hajmining xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi sonining o‘zgarishi hisobiga o‘zgarishi, so‘m; (CH – hisobot davrida xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi sonining o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi, kishi; Pp – o‘tgan yilda bitta xodimning mehnat mahsuldorligi, so‘m; (P – hisobot davrida bitta xodimning mehnat mahsuldorligi o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi, so‘m; ТчқЧп*П+(Ч*П)/2, bu yerda
Chp – o‘tgan yilda xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni, kishi. Chakana tovar aylanmasi dinamikasiga savdo korxonasi asosiy fondlarining holati, rivojlanishi va samaradorligi hamda korxonaning ish rejimi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Savdo korxonasi chakana tovar aylanmasi hajmi quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin: ТқS*Ксм*Д*Вs, bu yerda
S-korxona savdo zalining maydoni, m2; Ksm-korxona ishining smenalilik koeffitsiyenti; D-korxona faoliyatida ish kunlari soni; Vs-bir smenada savdo zalining har 1m2 ga to‘g‘ri keluvchi tovar aylanmasi, so‘m. Keltirilgan formulada avvalgi yildagi ko‘rsatkichlarni hisobot davridagi ko‘rsatkichlar bilan almashtirish va olingan natijadan avvalgi natijalarni ayirib tashlash yo‘li bilan savdo korxonasi moddiy-texnika bazasidan foydalanish samaradorligi va uning ish rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan, chakana tovar aylanmasi hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash mumkin. Bu usul zanjirli podstanovka usuli deb ataladi. Tahliliy ishlar savdo korxonasining chakana tovar aylanmasi hajmini oshirishning aniqlangan zahiralaridan foydalanish chora-tadbirlari rejasini tuzish bilan yakunlanadi. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling