CHangli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalardan yana qaysi maqsadlarda
foydalanish mumkin?
Darhaqikat, changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalardan nafaqat
tozalash qurilmasi sifatida, balki ulardan bir vaqtning o’zida quyidagi
muammolarni yechishda ham foydalanish mumkin.
1.CHangli havo tarkibidagi zarrachalarga suyuklikni shimdirish (ya’ni,
absorbtsiyalash) mumkin.
2.Havo yoki gazlarni namlash yoki yuvish yo’li bilan ularni sovo’tish
mumkin.
3.CHang zarrachalari yordamida nihoyatda tajovo’zkor (agressiv) suyuklik
tomchilari va tumanlarni ushlab qolish mumkin.
CHangli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalarning asosiy kamchiliklari
nimalardan iborat?
Darhaqikat, changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalar afzalliklari bilan
birga, kamchiliklardan ham holi emas.
1.CHangli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalarida ko’pincha chang zarrachalari
yopishib koladi va ulardan keyingi tozalash ishlarida qo’llash uchun yana tozalash
kerak bo’ladi.
2.CHangli havoni, ayniksa tajovo’zkor gazlarni tozalashda, tozalash qurilmalari
yemiriladi (zanglaydi), ya’ni korroziyaga uchraydi. Ya’ni, tozalash qurilmalaridan
samarali foydalanish uchun ularni korroziyadan himoyalanishi talab qilinadi.
3.CHangli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalarida suyuklikning (odatda
suvning) sarfi ancha kattadir. Masalan, forsunkali skubberlar yordamida xar 1m
3
changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun 0,5 l dan 8 l gacha suv
sarflanishi mumkin.
4.CHangli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalarda, (xususan, forsunkali
skubberlarda), 1 tonna suyuklikni ulchami 0,001- 0,3 mm atrofida bo’lgan
138
tomchilar shaklida purkab berish uchun 2 – 20 kVt. soat elektr energiyasi sarf
bo’lish mumkin.
5.CHangli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalarni 0
0
S da va unda past
haroratlarda ishlatib bo’lmaydi, chunki suv muzlab koladi.
6.Agar changli havo yoki gazning hajmi katta bo’lsa va ularni katta tezlik bilan
chang zarrachalaridan tozalash talab qilinsa, unda forsunkali skrubberlarda tomchi
yoki tuman ushlagich urnatish talab qilinadi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |