Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo‘lishi. Reja
Tamaki o‘simligida chang donasining bosqichma bosqich rivojlanishi
Download 49.58 Kb.
|
Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vegetativ va generativ hujayralarning sitokimyosi.
. Tamaki o‘simligida chang donasining bosqichma bosqich rivojlanishi
gx –generativ ho‘jayra, vx –vegetativ hujayra. Etilgan chang donalari urug‘chining tumshuqchasiga tushganda, u erda unib, chang nayini hosil qilgunga qadar ikki hujayraligicha qoladi. Generativ hujayra chang nayiga o‘tgandan keyin bo‘linishi natijasida ikkita otalik gameta spermiylar hosil bo‘ladi. Shuning uchun ikki hujayrali chang deyiladi (6-rasm,7). Boshoqdoshlar, murakkabguldoshlar kabi boshqa oila vakillarida generativ hujayrani bo‘linishi va spermiylarni hosil bo‘lishi changdon ichida hosil bo‘ladi ( n-s; 6, 1-8). Bunday holatda otalik gametofiti uch hujayrali bo‘lib, uch hujayrali chang deyiladi (, s.; 6, 9). Vegetativ va generativ hujayralarning ultratuzilishi o‘simlikning boshqa hujayralaridan farq qilmaydi, lekin ularning sitoplazmalaridagi organellalarning soni va ularni rivojlanganlik darajasi bilan farq qiladi (7-rasm). Vegetativ hujayraning sitoplazmasida donador va silliq endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan bo‘lib, yadro bilan bog‘langan va plazmolemma bilan aloqada bo‘lishi, shuningdek plastidlarning (leykoplastlar amiloplastlar) yaxshi rivojlangan lamellari, diktiosomalar, mitoxondriylar, lizosomalar, lipid globulalari ham ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Generativ hujayraning sitoplazmasida ayrim organellalarni soni, yetarli darajada shakllanmaganligi, plastidalar, zahira moddalar ozligi bilan vegetativ hujayradan farq qiladi. Generativ hujayraning po‘stidan kalloza yo‘qolib ketganidan keyin plazmolemma qoladi holos. Plazmolemma yuzasida mikronaylar joylashadi. Vegetativ va generativ hujayralarning sitokimyosi. Chang donasi rivojlanib borish jarayonida bir qator sitokimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, bu holat vegetativ va generativ hujayralarda bir xilda ro‘y bermaydi. Chang donasini etilib, rivojlanib borish jarayonida uning yadrosidagi nuklein kislotalar va oqsillarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarib boradi va o‘zaro farq qiladi. Generativ hujayraning yadrosida DNK sintezi ro‘y berib, chang donasini etilish davriga kelganda uning miqdori ikki barobar ortadi. DNK ikki bosqichda sintezlanadi. Dastlabki bosqich generativ hujayra chang donasini markaziga yo‘nalayotgan davrida amalga oshadi. Bu davrda generativ yadro yumaloqlashadi, undagi xromatinlar o‘zaro zich joylashadi, yadrocha kichiklashadi. Sintezning ikkinchi bosqichida generativ hujayraning yadrosi oval shaklidan cho‘ziq ko‘rinishga keladi. Bu davrda yadrocha yo‘qoladi. Yadroning ko‘rinishi urchuqsimon holga kelganda DNK sintezi to‘xtaydi. Generativ hujayra yadrosidagi DNK sintezi uzoq davom etadi. Agar interfazaning davom etishi 100% belgilanganda (S)- sintez davri turli o‘simliklarda 55-61% gacha; (G2) postsintetik sintez tugagandan keyingi davr 29-33% gacha; (G1) presintetik qisqa davr hisoblanib 10-16% davom etadi. Vegetativ hujayraning yadrosidagi DNK sintezi haqida tadqiqotchilar turlicha fikr bildiradilar. Bir guruh olimlar yadroda DNK miqdorining ortib borishini kuzatmaganlar boshqalari esa DNK miqdorini 2Sgacha ortganligini kuzatgan. Vegetativ hujayraning yadrosini hosil bo‘lishi bilanoq, undagi RNK miqdori orta boshlaydi. Chang donasining shakllanish davrida RNKning jadal sintezi ro‘y beradi. Shunisi diqqatga sazovorki, chang donasi etilishining turli davrlarida RNK turlari hosil bo‘ladi. Chang donasining ikki hujayrali bosqichida, vegetativ yadrodagi yadrocha aniq ko‘rina boshlaganda, ribosomal RNK sintezi jadal ro‘y beradi, shuningdek xromatindagi RNK soni ham ortadi. Bu vaqtda RNKni vegetativ yadrodan sitoplazmaga o‘tishi kuzatiladi. Keyinchalik, vegetativ yadroda, yadrocha o‘lchami kichrayishi bilan RNKning miqdori yadrochada va yadroda kamayadi, aksincha sitoplazmada RNK miqdori 50% ga ortadi. Generativ hujayra rivojlanishining dastlabki davrlarida yadrochada RNK miqdori ko‘p bo‘ladi. Generativ hujayraning rivojlanish jarayonida yadrochada esa RNK miqdori doimiy kamayib boradi. Generativ hujayra shakllanishi bilan uning yadrosida RNK sintezi to‘xtaydi va yadrocha ko‘rinmay qoladi. Vegetativ hujayrada RNK sintezi ro‘y berishi bilan bir vaqtda oqsil sintezi ham boshlanadi. Vegetativ hujayradagi oqsilning asosiy qismi generativ hamda somatik hujayralardagi oqsildan kimyoviy jihatidan farq qiladi. Vegetativ hujayrada asosan, nordon oqsillar sintezlanib, gistonli oqsillar sintezi kuzatilmaydi va ularning miqdori 1Sga teng bo‘lib, o‘zgarmas bo‘ladi. Vegetativ hujayraning yadrosidagi yadrochani erishi, xromosomadagi oqsillar miqdorini kamayishi, sitoplazmatik oqsillarning miqdori 72% gacha ortishi kuzatilgan. Generativ hujayrada DNK sintezi bilan birga arginin va lizinga boy gistonli oqsillar va boshqa turdagi oqsillar sintezlanadi. Hosil bo‘layotgan deziksiribonukleoproteidlar RNK sintezini barqaror tarzda ro‘y berishini ta’minlay olmaydi. Buning natijasida genomda faollik susayadi. SHunday qilib, chang donasidagi vegetativ va generativ hujayralarning yadrolari va sitokimyosi o‘zaro farq qiladi. Generativ hujayraning yadrosida xromatin ancha zichlashgan, DNK soni va asosiy oqsillar ikki marta ko‘p bo‘ladi. Vegetativ hujayraning yadrosidagi xromatin esa diffuz holda tarqoq, RNK va nordon oqsillar ko‘p sintezlanadi. Download 49.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling