Chaqaloqlar kasalliklari va ularni parvarish qilish


Download 28.77 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi28.77 Kb.
#1637219
1   2   3
Bog'liq
CHAQALOQLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI

Terini bichilishi


Xayotning dastlabki kunlarida ko`pincha dumba, jinsiyorganlar soxasidagi teri, shuning dek teri to`qimalari bichiladi. Bichilishining nechog`lik tarqalishiga qarab 3 darajasi qayd qilinadi.
1chi darajali bichilishda terining butunlig buzilmaydi.
2chi darajali bichilishda teri ancha qizarib eroziyalar xosil qiladi.
3chi darajali ko`p - qizarib ketgan teri yuzining ancha pilchillab turadi. Bunda xosil bo`lgan eroziyalar bir biriga qo`shulib ketadi. Bolalar terisining bichilishi ko`pchilik xollarda mediksina xodimlari yoki ota - onasining parvarish qilishida kamchiliklarda yo`l qo`yilganda ro`y beradi.
Davosi: bichilgan teriga oq streptosid rux oksid parashagi ko`miladi, bodom yoki shaftoli moyi suriladi. Bolani tez-tez chomiltirib turish maqsadga muvofiqdir.
Bola dunyoga kelishi katta baxt, lekin uni to‘g‘ri parvarishlab voyaga yetkazish esa ancha mashaqqat tug‘diradigan vazifalardan biridir. Shu sababdan bu baxtga muyassar bo‘lgan onalar uchun bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishi uchun har bir organda bo‘ladigan jarayonlarga qarshi zarur tavsiyalar berilgan.
Foydali tavsiyalarlar…
Kindik — Yangi tug‘ilgan chaqaloqning yo‘ldoshidan qirqib olingan qismi, ya’ni kindigi 7-14 kun ichida tushib, yara joyi butkul bitadi. Ba’zi paytlarda bu holat cho‘zilishi mumkin. Tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng chaqaloqning kindigi maxsus parvarishga muhtoj bo‘lmaydi. Chaqaloqning kiyimini har kuni almashtirish va kiydirishdan oldin albatta, dazmollash zarur. Agar chaqaloqning kindigidan qizg‘ish suyuqlik ajralsa yoxud noxush hidni sezsangiz zudlik bilan xirurgga yoki oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.
Teri — Ko‘pchilik hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yuz va tana terisida qizg‘ish tusdagi dog‘lar, toz suyagi sohasida esa ko‘kimtir tusdagi dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu dog‘lar ma’lum bir muddat o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Chaqaloqning burun sohasidagi oq donachalarga esa onaning xavotirlanishi o‘rinsiz, chunki bu tabiiy hol bo‘lib, u alohida parvarishni talab etmaydi va chaqaloq rivojlangan sari yo‘qolib boradi.
Sochlar — Ba’zi chaqaloqlar qalin sochlar bilan dunyoga kelishsa, ba’zi birlari esa sochlari kam holda tug‘ilishadi. Bu qorin sochlari hisoblanib, chaqaloq rivojlanish davrida to‘kilib, ularning o‘rnida yangi sochlar o‘sib chiqadi. Shu bilan birga chaqaloqning peshona va tana qismida ham mayda yumshoq sochlar bo‘lishi mumkin, bu sochlar ham vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi.
Liqildoq — Chaqaloqning bosh sohasini ushlab ko‘rganda yumshoq va tomir urib turgan joyni sezish mumkin (katta liqildoq) sal pastroqda, ya’ni ensa sohasida kichik liqildoq mavjud. Bir necha oy ichida bu sohalarda suyak rivojlanadi. Bosh terisi esa juda ham qalin bo‘lib, bolani cho‘miltirishda hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Download 28.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling