Ayolning ovqatlanishi
Ko’pgina qariyalar homilador ayolning qanday mahsulotlarni hush ko’rishini bilib bo’lajak bolaning jinsini aniqlash mumkinligini aytishadi:
Agar ona to’satdan shirinliklar, tortlar va shokoladga ko’ngli ketsa, demak oilada qiz farzand kutish kerak.
Turli xil tuzlamalar, qovurilgan kartoshka kabi taomlarga, ya’ni qovurilgan va achchiq taomlarga ko’ngil ketsa, u holda o’g’il tug’ilishi ehtimoli yuqori bo’ladi.
Homiladorlikdan oldingi taomnoma
Ko’pgina ayollar urug’lantirishdan oldin hush ko’rilgan taomnoma uning yaqin kelajakdagi homilasi qay jinsda bo’lishiga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlashadi:
Ko’proq sut mahsulotlari, bodring, baqlajonlar, sabzi, lavlagi, no’xat, qalampir, shirinliklar va yong’oqlarga afzallik berganlar, ekzotik mevalar, kartoshka, qovun va olxo’rilarni hush ko’rmadingizmi? Unda tabriklaymiz, sizda 80% ehtimollik bilan qiz farzand bo’ladi;
Kartoshka, qo’ziqorin, go’sht, gilos, o’rik, apelsin, banan, shaftoli, xurmo va sho’r ovqatlarni sevuvchilardan odatda o’g’il bolalar tug’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |