Chaqiriqqacha
BOB.FUTBOLCHILAR TAYYORLASHDA TEZLIK-KUCH SIFATLARINING O‘RNI
Download 164.79 Kb.
|
Turayev Dilshod Futbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda
BOB.FUTBOLCHILAR TAYYORLASHDA TEZLIK-KUCH SIFATLARINING O‘RNIFutbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalarTakroriy zo‘riqish uslubida katta va o‘rtacha katta qarshiliklar bilan bajariladigan mashqlardan foyda-laniladi. Agar yosh futbolchining kuchi mashg‘ulotlar jarayonida harakatlarni 8-12 martadan ko‘proq bajara oladigan darajada ortsa, mashqlarni 4-7 marta bajarishga imkon bеradigan darajaga qadar murakkablashtirish lozim. Kuchni tarbiyalashda mashqni bir urinishda 50 tagacha takrorlash tavsiya etilmaydi. Bunchalik ko‘p takrorlashlar faqat chidamlilikni tarbiyalashda maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy futbolda o‘yin samaradorligi, texnik-taktik mahorat, texnik-taktik kombinatsiyalarni tez, unumli va aniq ijro etilishi hamda pirovard yuqori sport natijasiga erishiga muvofiq ravishda shakllangan tezlik-kuch sifatlarsiz amalga oshirilishi o‘ta mushkul ekandigi barcha amaliyotchi murabbiylar va tadqiqotchi olimlar tomonidan e’tirof etib kelingan, Shuning uchun ushbu sifatlarni maxsus rejalashgiruv xujjatlar asosida shakllantirish va har yoshdagi sportchilarda bu sifatlarning o‘zgarib borishini nazorat qilish hamda baholash odat tusiga kirgan. Barcha sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda tezlik-kuch sifatlari dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab, toki yuksak mahorat bosqichigacha o‘zigaxos tartibda va muvofiq sport turi xususiyatiga mos mashqlar yordamida shakllantirilib boriladi. Futbol bo‘yicha mavjud ilmiy, uslubiy va o‘quv adabiyotlarida malakaviy futbolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarni, ayniqsa tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirish o‘ta muhim shartlaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. R. E.Nurimov (2005) malakali futbolchilarda guruh bo‘lib taktik harakatlaiish malakalarini takomillashtirish masalasiga doir tadqiqot o‘tkazib. bu borada tezlik- kuch sifatlariga oid ayrim mashqlarga alohida ahamiyat qaratgan. Jumladan, Toshkentning «Akademiya» jamoasi futbolchilarida 30 m ga yugurish —4,3 s, 5 karra uzunlikka sakrash—12,9 m, 7x50 m ga yugurish —63,9 s. Aynan shu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston chempionati sovrindorlarida 4,2 s; 13,1 m; 60,5 s natijalarga teng bo‘ldi. E’tiborli joyi shundaki, tezlik-kuch sifatlari yuksak darajada bo‘lgan futbolchilar taktik harakatlarni unumli-tez ijro etishdi va aksincha taktik harakatlarni yuqori shiddat bilan aniq. ijro etgan futbolchilarda tezlik-kuch sifatlari ham yuqori darajada rivojlanganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu fikr va tadqiqot natijalari R.E.Nurimov, I.A. Koshbaxtiev va G.M. Sergeev (2005) larning xulosalarida ham o‘z aksini topgan. A.A. Suchilin (1983) yosh futbolchilar tayyorlash tajribasini atroflicha o‘rganish natijasida sport mahoratini samarali shakllanishi jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasiga bog‘liq ekan degan xulosaga keldi. Muallifning fikriga ko‘ra, futbolchining tezlik-kuch sifatlarini shakllantirishda ixtis oslashtirilgan mashqlardan foydalanish yaxshi natija beradi. R.E. Nurimov (2005) yosh futbolchilarni texnik va taktik tayyorlash jarayonini chuqur va atroflicha tahlil etib, jismoniy qobiliyatlarni, jumladan, tezlik- kuch sifatlarini taktik-texnik tayyorgarlikka chambarchas bog‘liq ekanligini e’tirof etgan. Uning fikricha, so‘nggi yillarda zamonaviy futbolning o‘ta shiddatli darajaga ko‘garilishi bugungi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, ayniqsa ularning tezlik-kuch sifatlari va chaqqonligi yuksak shakllanganligidadir. Shu bilan bir qatorda, yosh futbolchilarda tezlik-kuch sifatlarini zo‘rma- zo‘raki rivojlantirish, o‘ga shiddatli yoki katta og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlarni qo‘llash nafaqat texnik-taktik mahoratni shakllanishiga keskin halaqit beradi, balki ularni mashg‘ulotlardan bezdirishi mumkin. Bolalar jismoniy zo‘riqishi, psixologik tushkunlikka tushishi va boshqa ko‘ngilsiz holatlar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Mazkur sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmi va shiddati borgan sari to‘lqinsimon tarzda oshirshshb borishi kerak. Bundan tashqari, sport mahorati shakllana borgan sari tezlik- kuchga oid mashqlar sekin-asta ixtisoslapggirilib borilishi darkor. Ma’lumki, sport o‘yinlarida, ayniqsa futbolda sportchi o‘z vazni va to‘p og‘irligi bilan munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun u o‘z kuchidan asosan o‘zininggavdasi hamda to‘p inersiyasini yengib o‘tish uchun foydalanadi. Harakatning boshlanishi tezlanish, to‘xtash, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, sakrash, to‘pga zarba berish —bu futbolchidan kuch sifatlarini namoyon qilishni talab etadigan harakatlar hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, hamma hollarda ham u dinamik xususiyatga ega, o‘yin paytida futbolchilarda tezkor- kuch sifatlarining — kuch va tezkorlikning kompleks uyg‘unligi namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Futbolchining tezkor-kuch sifatlari ularning qisqa vaqt ichida qandaydir kuch qarshiligi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni bajara olish qobiliyati orqali aniql,anadi. Bunday kuch qarshiliklariga quyidagilar kiradi: sportchining o‘zining tana og‘irligi kuchini yengish (to‘pga oyoq, bosh bilan, sakrab zarba berish, to‘pni oyoqqa tashlanib yoki sidirib olib qo‘yish, darvozabonlarning sakrashlari, to‘satdan start olish va o‘yin paytida yo‘nalishni o‘zgartirish va h.k.);to‘pni zarba berish, to‘pni o‘yinga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan kuchni yengib o‘tish;raqibning kuch bilan qarshilik ko‘rsatishda namoyon bo‘ladigan (yakkama-yakka olishuv) kuchii yengish. Bir qator tadqiqotchilar (V.M. Dyachkov, 1967; A.V. Korotkov, 1963; T.I. Chernyaev, 1964; I.P. Ratov, 1962; Yu.V. Verxoshanskiy, 1963; S.G. Voznyak, 1961 va boshqalar) sportchining tezkor-kuch hamda texnik tayyorgarlik o‘rtasida uzviy o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini isbotlaganlar. Yu.A. Morozov (1973) o‘z vaqtida zng kuchli futbolchi S. Metrevelining o‘yinini tahlil qilayotib, shuni aniqlaganki, uning o‘yinini asosi tezkor-kuch harakatlaridan tarkib topgan: to‘satdan spurt, maksimal tezlikda harakat yo‘nalishini sezdirmasdan o‘zgartirish, yuqoridan kelayotgan to‘plar uchun kurashishda balandga sakrash va h.k. Futbolchilar tomonidan o‘yin paytida bajariladigaya rang-barang harakaglar ulardan nafaqat bu harakatlarni to‘g‘ri bajarishni, balki zhar tomonlama jismoniy rivojlanganlikka, birinchi navbatda esa tezkor-kuch tayyorgarligiga ega bo‘lishni taqozo etadi. Futbolchilar tomonidan o‘yin paytida bajariladigan ishning shiddati sustdan maksimalgacha yetishi mumkin (Yu.S. Lukashin, 1967). Bunda ishning asosiy qismi tezkor-kuch xususiyatiga ega bo‘ladi.Murakkab texnik usullarni katta tezlikda raqib qarshiligi ostida bajarish uchun kuchli, epchil, chidamli bo‘lish lozim. Shuning uchun yuqori toifali sportchilarni tayyorlashda trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratish zarur.( .Lalakov G.E. 2000,Lukin Yu.K, 1984. )Texnik va taktik usullarning muvaffaqiyatli qo‘llanilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning bajarilish tezligiga bog‘liq bo‘lganligi sababli yuqori malakali sportchining eng zarur sifatlari - bu kuch hamda tezkorlik hisoblanadi (M.D. Tovarovskiy, 1953; Ya. Palfan, 1959) fikricha, agar fugbolchi o‘z o‘rnidan tez turib chiqib keta olmasa, to‘satdan turila olmasa, to‘p uchun yetarlicha baland sakray olmasa, unda u yaxshi o‘yin ko‘rsatmaihO‘yinchilar o‘rtasidagi uzaytirilgan o‘yindagi taktik aloqalar, futbolchilarni o‘yin shiddatini oshirishga va tezlik bilan manevr qilish hamda chiziqlarda qulay taktik aloqalarni ushlab turish uchun zarur tezlikka ega bo‘lishga majbur qiladi.(G.D. Kachalin (1962), N.D. Graevskaya (1962) ta’kidlaydilarki, futbol o‘yini jismoniy sog‘liqni mustaqkamlash uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi, zamonaviyfutboldagi nagruzkaning asosiy qismini tezkor-kuch sifatiga ega bo‘lgan ish tashkil etishi lozim.Zamonaviy futbolda mavjud bo‘lgan yuqori darajadagi manevr olib borish yanada aniq hamda uzoqqa beriladigan to‘p oshirishlarni talab etadi. M.D. Tovarovskiy (1963) ta’kidlaydiki, zamonaviy futbolda to‘p oshirishlar kuchliroq hamda raqib uchun ko‘pincha kutilmaganda bajariladi, darvozaga hamla qilganda zarbalarning kuchi muhim darajada oshdi, tezkorlik juda ko‘tarildi va yana yuqori darajaga oshadi, ya’ni nafaqat "texnik" futbolchilar, balki yuqori tezlikda texnikani egallagan futbolchilar talab qilinadi.Yuqori malakali futbolchilarning tezkor- kuch sifatlarining ba’zi ko‘rsatkichlari hamda jismoniy tayyorgarlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashS.A. Savin va Y.M. Asovichlariing (1968) tadqiqot maqsadlari edi, O‘yin o,ldi,dan o‘tkazilgan nazorat mashqlaridan foydalanib, mualliflar tezkor-kuch tayyorgarli:1'i So‘nggi yillarda futbolchilarning o‘yin faoliyatini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik kuzatishlarning bir qator yangi shakl hdmda uslublari paydo bo‘ldi (Yu.P. Il’ichev, 1968; S.A. Savin, 1969; I.M. Asovich, 1969; M.G. Bozenenkov, 1973; Djafarov, 1973; A.M. Neviyakov, G.A. Rimashevskiy, 1973 vaboshqalar). Pedagogik kuzatishlarning qiymati shundan iboratki, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida futbolchilar trenirovka jarayonini xolisona boshqarish mumkii. Futbolchilarning o‘yinini baholashga yordam beradigan xolis mezonlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida A. Starostin (1964) gapirib o‘tgan. Muayyan raqamlarda ifodalangan bunday mezonlarning mavjudligi futbolchilar tomonidan bajariladigant\fl:i usullarga xolis baho berishga imkon yaratadi. Yuqori malakali fugbolchilarning o‘yin jarayonidagi harakat, o‘yin va ruhiy faoliyatini pedagogik kuzatish ma’lumotlari futbolni statistik jihatdan tavsiflashga imkon beradi. N.M. Mokishnev (1965) o‘z kuzatishlari asosida shunday xulosaga keladiki, futbolchilar bitta o‘yin davomida 30 dan 60 martagacha maksimal tezlikda yuguradilar hamda tez yugurish masofasi 10 m dan 150 m gacha bo‘lishi mumkin.Muallif pedagogik kuzatishlar orqali chiziqdagi futbolchilar yugurishining o‘rtacha vaqtini aniqlagan. Markaziy hujumchining o‘rtacha yugurish vaqti 23 min37 sek ga teng, qanotdagi hujumchilarniki esa 22 min 0,7 sek ga teng.A.Ya. Chereshneva (1968) shuni ta’kidlaydiki, oxirgi yillarda o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sportchilarning tezkor-kuch tayyorgarligi harakatlanish san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan sport turlarida katta ahamiyatga ega. Yuqori malakali gimnastikachilarda texnik mahorat darajasi umumiy va maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi bilan o‘zaro bog‘liq (korrelyatsiya koeffitsienti 0,53 va 0,65-0,73 ga teng).Verxoshanskiy Yu.V.(1988) fikricha, maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi darajasi sportda yuqori natijalarga erishishda eng muhim omil hisoblanadi. Muallifning ta’kidlashicha, sprinter velosipedchining tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishni kuch va tezlikni ma’lum bir nisbatda o‘zaro bog‘liqlikda, sportchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga opshrish lozim. Download 164.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling