Chaqiruvga qadar
Download 5.42 Kb. Pdf ko'rish
|
diniy chegaralarni bilmaydigan tashkilotni tuzish edi. XIX asr
Yevropasi ozini dunyoning markazi deb sezardi, shuning uchun ushbu timsolni yaratuvchilar Qizil Xoch Yevropa chegaralaridan chiqishi bilan uning kimlargadir xush kelmasligini bilmas edilar. Bu esa, juda tezda ozini korsatdi. 18761878-yillardagi urushning boshlanishidayoq Usmonli turk imperiyasi 1864-yil 22-avgustdagi Jeneva konvensiyasiga hech bir etirozlarsiz qoshilganiga qaramay dushmanning qizil xoch timsoli bilan belgilangan sanitar karvonlarini hurmat qilishini, ammo oz sanitar karvonlarini qizil yarim oy timsoli bilan belgilashini elon qildi. Buyuk Porta Konvensiyada qabul qilingan timsol «shu paytgacha Òurkiyaga Konvensiyada belgilangan oz huquqlaridan foydalanishga imkon bermaganligini, chunki u musulmon askarlarining izzat-nafsini haqorat qilishini » malum qildi. Shunday qilib, Usmonli turk imperiyasi qizil yarim oy belgisidan oz tibbiy xizmatlarini belgilash uchun foydalana boshladi. 1906-yilgi Diplomatik konferensiya belgining yagona ekanligi haqidagi qarorga ozgartirish kiritmagan holda Fors davlati va Usmonli turk imperiyasiga keyingi konferensiyaga oz takliflarini kiritishni taklif qildi. 1929-yilgi Diplomatik konferensiya Òurkiya va Misr foydalanayotgan qizil yarim oy va Fors davlati ishla- tayotgan qizil sher hamda quyosh belgilarini tan oldi. Ammo kelajakda shunga oxshash voqealar yuz berishining oldini olish uchun konferensiyada bundan buyon boshqa yangi belgilar qabul qilinmasligini elon qildi. 1949-yilgi Diplomatiya konferensiyasi ikkinchi jahon uru- shidan keyin ilgarigi Jeneva konvensiyalarini qayta korib chiqdi va yangi IV konvensiyani qabul qildi. Bunda I Jeneva konven- siyasining 38-moddasi quyidagi korinishda qabul qilindi: «Shveysariyaga hurmat bildirish manosida, federal ranglarning ozaro orin almashishi natijasida olingan oq rangli asosga tushirilgan qizil xochning geraldik belgisi qurolli kuchlar sanitar 209 208 emasligini korsatishdan iborat. Òushunmovchiliklar bolishining oldini olish uchun odatda bunday vaziyatda timsolning razmeri katta bolmaydi va shuning uchun ham har ikkala funksiyaning birlashtirilishiga imkon qoldirilmaydi. Masalan, bunda uni bogich sifatida ishlatib yoki tomga ornatib bolmaydi. Shuni etiborga olish kerakki, ushbu timsollardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. Xalqaro hamjamiyat tan olgan ushbu belgilardan dushmanni aldash maqsadida foydalanish esa, munofiqlik (âåðîëîìñòâî) sifatida qoralanadi hamda u konvensiyalar va protokollarni jiddiy buzish sanaladi. B. Qizil Xoch va Qizil Yarim oy xalqaro harakatining tarkibiy qismlari va vazifalari Xalqaro Qizil Xoch Qomitasi, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy milliy jamiyatlari hamda Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi xatti-harakatlarining birlashishi natijasida yangi tuzilma Qizil Xoch va Qizil Yarim oy xalqaro harakati yuzaga keldi. Harakatning asoschisi Xalqaro Qizil Xoch qomi- tasidir. «Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy xalqaro harakati» nomi 1986-yilda qabul qilindi. Bu vaqtgacha «Xalqaro Qizil Xoch» nomi qollanilgan edi. Qizil Xoch va Qizil Yarim oy xalqaro harakatining tarkibiy qismlari: Xalqaro Qizil Xoch Qo mitasi (XQXQ) xususiy huquq asosida tashkil etilgan va Shveysariya qonunchiligiga muvofiq faoliyat korsatuvchi uyushma. Xalqaro Qizil Xoch Qomitasining oliy organi Qomita faqat Shveysariya fuqarolaridan iborat boladi. Òajriba bunday bir xil tarkib qomitaning tez, qatiy va samarali faoliyat olib borishiga yordam berishini korsatmoqda. Qomita tarkibiga bitta mamlakat fuqarolari kirsa-da, XQXQ faoliyati xalqaro xususiyatga ega. Uning faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy hujjatlar xalqarodir. Boshqa tomondan, qomitaning bitta millatga mansub tarkibi Xalqaro Qizil Xoch Qomitasi xodim- larining butun shtati faqat shveysariyaliklardan iborat degani emas. XQXQning Jenevadagi shtab-kvartirasida ham, chet ellardagi delegatsiyalarda ham turli kasbdagi kishilar har xil davlatlarning fuqarolari ishlaydi. kerak. Ushbu timsol ozining shakli belgilangan obyektga (masalan, gospital tomiga, gospital kemasi palubasiga, samolyot borti va qanotlariga, qolga boglanadigan bogichga, sanitarlar ustki yengsiz kiyimining kokrak va orqa tomonlariga chizilgan belgi) mos ravishda katta razmerda bolishi kerak. Quyidagilar ushbu timsolning himoyasida turadilar: • armiyalarga, shuningdek, yordam korsatish jamiyatlariga te- gishli bolgan harakatdagi sanitar qismlar va kochmas (statsionar) tibbiy muassasalar (I Jeneva konvensiyasining 19, 42-modda- lari); • ozaro urushayotgan tomonlardan biriga yordam korsa- tayotgan betaraf mamlakatning sanitar qismlari va tibbiyot xodimlari (I Jeneva konvensiyasining 27 va 43-moddalar); • armiya va yordam korsatish jamiyatlarining doimiy tibbiyot va diniy xodimlari, shu jumladan, mamuriyat xodimlari (I Jeneva konvensiyasining 24, 26 va 40-moddalar); • armiyada vaqtincha ishlayotgan va oz ishini bajarish paytidagina maxsus bogichlarni taqishga haqli bolgan tibbiyot xodimlari (I Jeneva konvensiyasining 25 va 41-moddalar); • armiya va yordam jamiyatlarining tibbiy mol-mulki (I Jeneva konvensiyasining 33, 34 va 39-moddalar), sanitar transport vositalari, shuningdek sanitar uchish apparatlari (I Jeneva konvensiyasining 35, 36 va 39-moddalar). Quyida urush paytida himoya timsolidan foydalanish huquqiga ega bolgan muassasalar korsatilgan: a) armiyalarning tibbiy xizmatlari; b) 26-moddaga muvofiq, urush paytida armiyaga oz tibbiy xizmatini korsatuvchi yordam jamiyatlari (jumladan, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Milliy jamiyatlari). Milliy jamiyatlar himoya belgisidan foydalanish huquqiga ega bolgan yagona muassasalar emas. Hukumatlar Qudduslik Avliyo Ioan Jamiyati (Ordeni), Malta Jamiyati (Ordeni) kabi yordam jamiyatlariga ushbu tim- soldan foydalanishga ruxsat berishlari mumkin. d) Qizil Xochga tegishli xalqaro tashkilotlar va ularning xodim- lari ushbu timsoldan hamma vaqt foydalanish huquqiga ega. Ushbu timsolning tanituvchilik vazifasi biror kishi yoki obyektning Qizil Xoch yoki Qizil Yarim oy tashkilotlari bilan aloqadorligini, ammo ular Jeneva konvensiyalari homiyligiga haqli 211 210 Nohukumat tashkilotlar yuqorida sanab otilgan barcha imko- niyatlar majmuyiga ega emas. Xolis, betaraf va mustaqil tashkilot sifatida XQXQning maqsad va vazifalari faqat insonparvarlikka qaratilgan bolib, urush va mamlakatlar ichkarisidagi zoravonlik vaziyatlari qurbonlarining hayoti va shanini himoya qilish hamda ularga yordam korsatishdan iborat. XQXQ mojaro vaziyatida harakat tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro insonparvarlik yordamiga rahbarlik qiladi va uni muvofiqlashtiradi. Insonparvarlik huquqini va universal insonparvarlik tamoyillarini targib qilib va mustahkamlab, Qomita odamlarning azob chekishlariga yol qoymaslikka intiladi. XQXQ faoliyatining asosiy yonalishlari: 1. Qurolli mojarolar va mamlakat ichkarisidagi zoravonlik vaziyatlari qurbonlarining huquqlariga amal qilishni taminlash. Buning uchun XQXQ vakillari (delegatlari) erkinligi cheklangan shaxslarni (masalan, harbiy asirlarni, muayyan hududga majburan joylashtirilgan tinch aholini) faqat ular bilan gayriinsoniy mu- nosabatda bolishning oldini olish va zarurat tugilsa, ularni tutib turish sharoitlarining yaxshilanishiga erishish maqsadida borib koradi. 2. Mojaro natijasida bedarak yoqolgan shaxslarni qidirish va bir-biridan ajratilgan oilalarni birlashtirish. Buning uchun XQXQ qoshida Markaziy qidiruv agentligi (uni Markaziy malumot agentligi deb ham atashadi) faoliyat korsatadi. Bu Agentlik: • yordam korsatish uchun qurbonlar haqida malumot top- laydi (masalan, hibsda bolgan shaxslarning tutib turilgan joyini aniqlash; ularning taqdiri haqida malumotlarni yaqin- lariga yetkazish); • mojaro natijasida bir-biridan ajratib qoyilgan shaxslar orta- sida aloqani tiklaydi va boglab turadi; • bir-biridan ajratilgan oilalarni birlashtirish faoliyatini tash- kil qiladi va muvofiqlashtiradi yoki ularning birlashishiga komaklashadi; • bedarak yoqolgan shaxslarning taqdirini aniqlash uchun ularning yaqinlari nomidan hokimiyat idoralariga murojaat qiladi; XQXQ ikki xil xususiyatga ega: Shveysariya Fuqarolik kodeksiga muvofiq, xususiy huquq subyekti bola turib, XQXQ bir vaqtning ozida faoliyatini xalqaro insonparvarlik huquqi doirasida olib borish yoki shunday xalqaro faoliyat olib borish tashabbusi bilan chiqish huquqlariga ega. XQXQ hukumatlararo tashkilot emas; ayni vaqtda unga «nohukumat tashkilot» atamasi togri kelmaydi. Òogrirogi, XQXQ xalqaro huquqning oziga xos subyekti bolib, xalqaro huquqiy xususiyatga ega bolgan maxsus vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar davlatlar, BMÒ, boshqa xalqaro tashkilotlar tomo- nidan juda keng miqyosda tan olingan. Bunday huquqiy mavqe XQXQ davlat ichkarisidagi qurolli mojarolar va tartibsizliklar sharoitida oz tashabbusi bilan yoki 1949-yilgi Jeneva konven- siyalari va ularga Qoshimcha Protokollar asosida betaraf vositachi bolishiga imkon beradi. XQXQ huquqiy mavqeyining oziga xos xususiyatlari quyi- dagilardan iborat: 1. XQXQ davlatlar bilan bitimlar tuzish huquqiga ega. Bu bitimlar xalqaro protokol xususiyatiga ega bolib, kopincha milliy qonunchilikdan ustun turadi. Ular XQXQ delegatsiyalariga diplo- matik vakolatxonalar va hukumatlararo muassasalar vakolat- xonalari mavqeyini beradi, ayniqsa, ushbu bitimlarda korsatilgan (masalan, sud qilish, korsatma berish va boshqa) imtiyozlar va immunitetlar manosida; 2. XQXQ faoliyatining oziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning delegatlari korsatma berish uchun xalqaro sud idoralariga (shu jumladan, Xalqaro jinoyat sudiga) chaqirilishlari mumkin emas; 3. XQXQ BMÒ Bosh Assambleyasi va boshqa kopgina xalqaro tashkilotlarda (masalan, Amerika Davlatlari Òashkilotida) kuza- tuvchi mavqeyidan foydalanadi. BMÒ rezolutsiyalarida XQXQ nohukumat tashkilotlari (NHÒ) bilan tenglashtirilmaydi, balki hukumatlararo tashkilotlar royxatiga kiradi; 4. XQXQ xalqaro huquq asosida (1949-yilgi Jeneva konven- siyalari va ularga Qoshimcha Protokollar) harbiy va fuqaro mahbuslarni borib koradi va xuddi shu asosda oz xizmatini taklif etadi; 5. XQXQ xalqaro anjuman va forumlarda hukumatlararo tashkilotlar uchun yaratiladigan sharoitlarga teng sharoitlarda qatnashadi. 213 212 Bu jamiyatlar insonparvarlik sohasida hokimiyatga komak- lashuvchi kongilli yordam jamiyatlari sifatida rasman tan olingan. Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlarining umumiy maq- sadi mutlaqo xolisona ish olib borib, millati, irqi, jinsi, ijti- moiy kelib chiqishi, diniy yoki siyosiy etiqodi jihatidan hech qanday ayirmachilik qilmagan holda odamlar chekadigan azob- uqubatlarning oldini olish va ularni yengillashtirishdir. Ushbu vazifani bajarish uchun milliy jamiyatlar quyidagilarni bajarishlari lozim: 1) Jeneva konvensiyalarida kozda tutilgan barcha sohalarda ham tinch aholi, ham harbiy xizmatchilar orasidan bolgan urush qurbonlarining manfaatlarini kozlab, bunday faoliyatga tinchlik davrida tayyorlanish; 2) milliy va mahalliy ehtiyojlarni etiborga olgan holda talim dasturlari va jamiyatga foydali faoliyatni amalga oshirish yoli bilan odamlarning sogligini yaxshilashga, kasalliklarning oldini olishga va odamlar chekadigan azob-uqubatlarni yengillashtirishga qaratilgan ishlarda ishtirok etish; 3) amaldagi milliy reja doirasida har qanday turdagi falokat- larda jabr korganlarga shoshilinch yordam korsatish boyicha xizmatlar tashkil etish; 4) oz oldida turgan vazifalarni hal etish uchun zarur bolgan xodimlarni topish, oqitish va ishga jonatish; 5) jamiyatning faoliyatida bolalar va yoshlarni ishtirok etishga ragbatlantirish; 6) harakat va xalqaro insonparvarlik huquqining asosiy tamo- yillarini aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar ortasida, ularga barcha insonlar va xalqlar ortasidagi tinchlik, ozaro hurmat va hamji- hatlikning yuksak timsollarini singdirish maqsadida targib qilish. Òinchlik davrida ularning faoliyati aholining sogligini saqlash va ijtimoiy yordam korsatishga qaratilgan boladi. Ular ka- salxonalar qurilishida, tez yordam xizmatlarini tashkil etishda, ijtimoiy tibbiyot sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashda, keksa yoshdagi va nogiron kishilarga yordam korsatishda, yalpi emlash ishlarida, qon yigish dasturlarini amalga oshirishda, aholini chaqaloqlarga qarash va ijtimoiy gigiyena sohalarida oqitishda, favqulodda vaziyatlar paytida qutqaruv tadbirlarida ishtirok etadilar. • shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bolmagan shaxslarga yolovchi hujjatlari beradi. Bu ularga qochib borayotgan mamlakatiga borish yoki vataniga qaytish imkonini beradi; • qurbonlardan, shu jumladan, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslardan har birining keyingi taqdirini kuzatib boradi. 3. Odamlarning hayotini va sogligini himoya qilish maqsadida qurolli mojarolar va mamlakat ichkarisidagi zoravonlik vaziyatlari qurbonlariga oziq-ovqat va boshqa moddiy yordam korsatish (masalan, vaqtinchalik turar joy qurish, kiyim-kechak, korpa- toshak taqsimlash, qishloq xojaligini tiklash va h.k.). 4. Sogliqni saqlash sohasida yordam korsatish (yaradorlarga birinchi yordam, evakuatsiya, tibbiy va jarrohlik yordami, dori- darmonlar va tibbiy jihozlar berish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini otkazish, tibbiy xodimlar tayyorlash, ortopedik jihozlar tayyor- lash va b.). 5. Xalqaro insonparvarlik huquqini rivojlantirish va u haqidagi bilimlarni tarqatish. Bu turdagi faoliyatdan maqsad xalqaro insonparvarlik huquqi buzilishining oldini olish va unga samarali amal qilishni taminlashdir. Bundan tashqari, XQXQ har bir yangi tuzilgan Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Milliy jamiyatining tan olinishi uchun javob beradi. Songgi on yil ichida XQXQ 60 dan ortiq davlat, shu jum- ladan, Shveysariya bilan XQXQning mavqeyi haqida bitim tuzdi. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda XQXQning 74 ta delegatsiyasi va missiyasi ishlamoqda, uning xodimlari soni esa, qariyb 12 ming kishiga teng. Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Milliy jamiyatlari. Jahonning kopchilik mamlakatlarida tinchlik davrida ham, urush davrida ham Qizil Xoch va Qizil Yarim oy milliy jamiyatlari faoliyat korsatadi. Mamlakatda faqat bitta Milliy jamiyat bolishi mumkin. U oz mamlakati hokimiyatiga insonparvarlik sohasida yordam beradi va halokatlar paytida qutqaruv ishlarini olib borishdan tortib tibbiy va ijtimoiy yordam berishgacha bolgan har xil turdagi xizmatlarni korsatadi. Urush davrida Milliy jamiyat mojaro natijasida jabr chekkan tinch aholiga yordam beradi va, zarurat tugilsa, oz mamlakatining harbiy-tibbiy xizmatiga komaklashadi. Milliy jamiyatlar faoliyatining aniq turlari haqidagi malumotni viloyat bolimlarining idoralari va markaziy Kengashlarda olish mumkin. 215 214 tamoyillari va qoidalariga muvofiq ravishda, xalqaro yordam tadbirlarini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi va boshqaradi. • Milliy jamiyatlar tegishli milliy hokimiyat idoralari bilan hamkorlikda aholining sogligini saqlash va ijtimoiy taminotini takomillashtirishga qaratilgan faoliyatda qatnashishlarini ragbat- lantiradi va muvofiqlashtiradi. • Bolalar va osmirlarni insoniylik ruhida tarbiyalash hamda hamma mamlakatlar yoshlari ortasida dostona munosabatlarni rivojlantirish masalalari boyicha milliy jamiyatlar orasidagi fikr almashuvni ragbatlantiradi va muvofiqlashtiradi. • Milliy jamiyatlarga oz saflariga yangi azolarni jalb etish va ularga harakat tamoyil va ideallarini singdirishda yordam beradi. • XQXQ bilan tuzilgan bitimlarga muvofiq ravishda qurolli mojarolardan jabr korgan shaxslarga yordam korsatadi. • Xalqaro insonparvarlik huquqini rivojlantirish va mustah- kamlash ishida XQXQga yordam beradi hamda milliy jamiyatlar orasida ushbu huquq va asosiy tamoyillar togrisidagi bilimlarni tarqatishda u bilan hamkorlik qiladi. Bugun harakatning onlab million azolari bor. Harakatning faoliyati asosan amaliy ish bolib, uni olib borishda tez-tez tayyor- garliksiz ish tutishga togri keladi. Bir-biriga qarama-qarshi bol- gan qarashlarni muvofiqlashtirish hamda muttasil va samarali faoliyat olib borish uchun harakat umumiy moljallarga ega bo- lishi, asosiy ish yonalishlarini ishlab chiqishi va goyaviy birlikka erishishi lozim. Boshqa soz bilan aytganda, harakatga Asosiy tamoyillar zarur. XQXQ tomonidan asrab-avaylanadigan bu tamoyillar Qizil Xochning 1965-yilda Venada bolib otgan XX Xalqaro anjumanida elon qilindi: Insonparvarlik . Jang maydonida barcha yaradorlarga birdek, hech qanday istisnosiz va hech birini afzal korishsiz yordam berishga intilish natijasi olaroq vujudga kelgan Qizil Xoch va Qizil Yarim oy xalqaro harakati qanday vaziyatda bolmasin, ham xalqaro, ham milliy darajada inson azob-uqubatlarining oldini olishga yoki uni yengillashtirishga harakat qiladi. Harakatning maqsadi kishilar hayoti va sogligini himoya qilish hamda insonga hurmatni taminlashdir. U xalqlar ortasida hamjihatlik, dostlik, hamkorlik va mustahkam tinchlik ornatilishiga komaklashadi. Qurolli toqnashuv sharoitida milliy jamiyatlar qurolli kuch- larning tibbiy xizmatlariga komaklashadi, yaradorlarga, bemor- larga, tinch aholiga yordam korsatadi. Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi milliy jamiyatlarni har tomonlama, shu jumladan, moddiy jihat- dan, qollab-quvvatlaydi va ijtimoiy jihatdan eng kam tamin- langan aholi tabaqalarining ahvolini yaxshilashga qaratilgan barcha turdagi faoliyatlarini amalga oshirishlarida ularga komaklashadi. Federatsiya milliy jamiyatlar ortasidagi hamkorlikning rivoj- lanishiga yordam beradi va yuz berishi mumkin bolgan tabiiy ofatlar, texnogen halokatlar sharoitiga tayyorlanish, shuningdek, sogliqni saqlash va ijtimoiy yordam korsatish sohalarida ularning imkoniyatlarini mustahkamlashga komaklashadi. Sanitariya- epidemiologiya ahvolining keskinlashuvi natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda harakatning faoliyatiga rahbarlik qiladi, tabiiy ofat qurbonlariga xalqaro yordam korsatish borasida harakatning ishini muvofiqlashtiradi. Federatsiyaning umumiy maqsadi muttasil ravishda milliy jamiyatlarning barcha turdagi insonparvarlik faoliyatlarini ragbat- lantirish, qollab-quvvatlash va yengillashtirish hamda ularga odamlar chekadigan azob-uqubatlarning oldini olishda va yengil- lashtirishda har tomonlama yordam korsatish, shu yol bilan butun jahonda tinchlikni asrash va mustahkamlash ishiga hissa qoshish. Bu maqsadga erishish uchun Federatsiya quyidagi vazifalarni bajaradi: • Milliy jamiyatlar uchun doimiy aloqa, muvofiqlashtirish va talim organi sifatida ishlaydi va ular soragan zarur yordamni beradi. • Har bir mamlakatda mustaqil va tegishli tarzda tan olingan Milliy jamiyat tuzishga va rivojlantirishga yordam beradi. • Ofat va halokatlardan jabr korgan barcha shaxslarga bor imkoniyatlar bilan yordam beradi. • Milliy jamiyatlarga bolishi ehtimol tutilgan ofatlarda yordam korsatish uchun tayyorlanishda, yordam korsatish boyicha ularning faoliyatini tashkil etishda va bevosita yordam korsatish tadbirlari otkazishda komak beradi. • Qizil Xoch va Qizil Yarim oy tomonidan tabiiy ofatlar va falokatlar vaqtida yordam korsatish boyicha tadbirlar otkazish 217 216 tormoz ham kerak. Bolmasa u bironta ham qayrilishdan ota olmaydi. Motor bu insonparvarlik, rul begarazlik, tormoz esa, betaraflik bolib, sof insonparvarlik vazifalaridan chetga chiqishga yol bermaydi. Qonunga rioya qilinishini taminlash qiyin bolgan algov-dalgovlar paytida aynan tamoyillar bizning yoldan ada- shishimizga qoymaydi». NAZORAÒ SAVOLLARI 1. Xalqaro gumanitar huquq va qurolli toqnashuvlar huquqi orasida qanday farq bor? 2. Qurolli toqnashuvlar huquqining asosiy tamoyillarini bayon eting. 3. XIH yoki QTHning mohiyati nimada? 4. Qurolli toqnashuvlar qurbonlariga taalluqli bolgan protokollarni izohlang. 5. «Solferino jangi togrisida xotiralar» kitobining muallifi kim va u qanday goyalarni ilgari surgan? 6. 1949-yil Jeneva konvensiyalari va ularga I qoshimcha Protokolga muvofiq nimalar taqiqlanadi? 7. Jeneva konvensiyasi Protokollarida qanday goyalar ilgari surilgan? 8. Òarixiy yodgorlik, sanat asarlarini himoya ostiga olishda nimalar qilish kerakligi korsatilgan? 9. Yollanma askarlar deb kimlarni aytiladi? 10. Kombatantlar deb kimlar aytiladi? 11. Kombatant bolmaganlar kimlar? 12. Jangda xulq-atvor qoidalarini bayon eting. 13. Hujum vaqtida ehtiyot choralarini izohlang. 14. Yuridik maslahatchilar deb kimlarga aytiladi? 15. Faktlarni aniqlash boyicha xalqaro komissiyaning faoliyati qanday? 16. Farqlovchi emblemalar va belgilarni tariflab bering. 2-bob. HARBIY XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI Mamalakatda olib borilayotgan islohatlarni yanada takomil- lashtirish Respublika Qurolli Kuchlarida ham muhim ozgarishlar qilishga sabab boldi. Chunonchi, 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisida»gi Qonunni korish mumkin. Unga binoan, fuqarolarning Ozbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat boladi hamda Ozbekiston Res- Begarazlik. Harakat milliy, irqiy, diniy, sinfiy yoki siyosiy etiqod alomatlari boyicha kamsitish yolini tutmaydi. U faqatgina odamlarning, birinchi navbatda, bunga eng muhtoj bolganlarning azob-uqubatlarini yengillashtirishga intiladi. Betaraflik . Ommaning ishonchini saqlab qolish uchun harakat qurolli mojarolarda biron-bir tomonda bolishi va siyosiy, irqiy, diniy yoki goyaviy xususiyatga ega bahslarga aralashishi mumkin emas. Mustaqillik . Harakat mustaqildir. Milliy jamiyatlar oz huku- matlariga ularning insonparvarlik faoliyatida yordam beradi va oz mamlakatlari qonunlariga boysunadi. Shunday bolsa-da, ular Qizil Xoch tamoyillariga muvofiq ish olib borish uchun oz Download 5.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling