Charlz Darvinning “Bigl” kemasidagi sayohati va evolyutsiya va tabiiy tanlanish haqida uning fikrlari
Download 0.56 Mb.
|
Evolutsiya Muxlisa un
- Bu sahifa navigatsiya:
- Evolyutsiya nima
Charlz Darvinning “Bigl” kemasidagi sayohati va evolyutsiya va tabiiy tanlanish haqida uning fikrlari.Ingliz tabiatshunosi Charlz Darvin tabiiy tanlanish orqali biologik evolyutsiya nazariyasini ilgari surgan. Darvin evolyutsiyani “modifikatsiyalangan avlod” deb taʼriflaydi, yaʼni turlar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, yangi turlar paydo boʻladi va ular umumiy ajdodga ega boʻladi. Darvin evolyutsion nazariyasining mexanizmi tabiiy tanlanishdir. Tabiiy resurslarning cheklangani tufayli yashab qolishga va koʻpayishga nisbatan irsiy belgilari yuqori boʻlgan turlar oʻzlaridan koʻproq nasl qoldirishga moyil boʻlishadi. Natijada bu belgilarning avloddan avlodga oʻtishi kuchayadi.Evolyutsiya nima?
Evolyutsiya toʻgʻrisidagi dastlabki gʻoyalarDarvin gʻoyasiga turtki boʻlgan omillar Darvin va uning Beagle kemasidagi sayohati Darvinning “Turlarning paydo boʻlishi” deb nomlangan mashhur kitobi uning evolyutsiya va tabiiy tanlanish haqidagi gʻoyalarini ommaga tanitdi. Darvinning gʻoyalari uning dunyo boʻylab qilgan sayohatlaridagi oʻz kuzatuvlari asosida shakllangan. Darvin 1831–1836-yillar oraligʻida HMS Beagle kemasida ekspeditsiya qatnashchilaridan biri boʻlgan. Kema Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning janubiy qirgʻoqlarida toʻxtab oʻtadi. Kema ekspeditsiya uchun har toʻxtaganda Darvinda mahalliy hayvonlar va oʻsimliklarni oʻrganishga imkoniyat boʻladi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling