Chashmai Ayyub


Download 188.35 Kb.
Sana10.01.2020
Hajmi188.35 Kb.

Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov) Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin – u XIX asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi.

Sharq me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham foydalanish odatdagi holdir. 

Chashmai Ayyub

Chashmai ayyub (fors. چشمه ایوب) - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1208-1209[1], 1379).

Me‘morchiligi



Muqaddas ziyoratgoh binosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (19x26 m) boʻlib, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan 4 xonadan iborat, har bir xona birbiriga oʻxshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Dastlab eng qadimgi xona — murabba tarhli (4,5 x 4,5 m) quduqxona bunyod etilgan. Ushbu xona Arslonxon tomonidan Minorai kalon va Namozgoh masjidi bilan bir davrda qurilgan degan rivoyatlar saqlangan. Uning ikki yonida ziyoratchilar uchun oʻz vaqtida 2 eshigi boʻlgan; old tomoniga toqli xona (4,5x4,5 m) tutashtirib qurilgan, u binoga peshtoq vazifasini oʻtagan, qoʻsh gumbazli, oldi peshtoqli.

Ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1379 yilda unga taqab kulohiy gumbazli katta xona, burchaklarida minoralari boʻlgan daxdiz qurilganligi yozilgan. Binoning qadimgi qismi ichkarida qolgan.

Rivoyat qilinishicha

Rivoyatlarga koʻra chashma (buloqAyub Alayhis-salom Buxoro boʻylab dinni targʻib qilib yurgan payti bilan bogʻliq. Qurgʻoqchilik paytida mahalliy xalq chanqoqlikdan oʻlayotgan paytida undan suv soʻragan. Paygʻambar oʻz asosi bilan yerni bir urib hozirgi kungacha uni suvini ichib boʻladigan shifobaxsh buloq hosil qilgan.

Labihovuz ansambli

Labihovuz ansambli - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (17-asr). Dastlab bozor maydoni boʻlgan. Maydon oʻrtasida katta qovuz qazilib (1620 yil) atroflari sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalarmarmardan tarnovlar ishlangan. Shagʻal va tuproq bilan toʻldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., boʻyi 45,5 m., chuq. 5 m. Uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohisharqida Nodir Devonbegi madrasasishim.da Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi ( saqlanmagan) qad koʻtargan. Hozirgi hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona qurilgan. Yodgorliklar taʼmirlangan.[1]

Koʻkaldosh madrasasi



Koʻkaldosh madrasasi - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xonining vaziri Qulbobo Koʻkaldosh qurdirgan (1568—69). Labi hovuz ansamblining shim.da joylashgan. Ikki qanatli bosh tarzi ansambl maydoniga qaratilgan. Peshtoqini bezatib turgan koshinlar saqlanib qolmagan. Madrasa peshtoqidagi darvoza girix, va islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Xotamqori uslubida terib mahkamlangan pilakchalardan yasalgan darvoza tabaqasi yaxlit taxtadan tayyorlangandek koʻrinadi. Madrasa hovlisiga 5 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Miyonsaroyning ichki gumbazlari va bagʻallari, shipi oʻziga xos turli shakldagi murakkab toʻrsimonyulduzsimon, qolibqori va iroqi uslubida pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Madrasa hovlisi uzun (42x37 m), oʻrtaga imorat 1929 yil qurilgan edi, lekin hozirda buzib tashlangan. Hovli tomondagi 2 qanatli ravoklar qatorini yuzma-yuz qilib solingan peshtoqli baland ayvonlar ajratib turadi. Har bir ravoqdan alohida hujraga kiriladi. Hovli atrofi 2 qanatli 160 hujra bilan oʻralgan. Yon tomonidagi hujralarning pastki qanatiga (tashqi devorlarida) xonani yoritish uchun panjaralar oʻrnatilgan. Yuqori qanatiga esa qator qilib chuqur ravoklar ishlangan. Ravoqlar tepasini va baʼzi darcha panjaralarini bezatishda koshin ancha tejab ishlatilgan. Bosh tarzidagi peshtoq kitobasida yozuvlar saqlangan. Peshtoqining ikki yonidagi masjid va darsxona oldiga 2 qavatli 3 qismga ajratilgan chuqur ravoqlar va burchaklaridagi guldastalarda Buxoro meʼmorligiga xos qad. milliy anʼanalar aks ettirilgan.

Koʻkaldosh madrasasida S. Ayniy tahsil koʻrgan, u yashagan hujra muzeyga aylantirilgan va eksponatlar bilan jihozlangan. 1960— 70 va 1995—97 yillarda taʼmirlangan. Buxoro viloyat "Oltin meros" jamgʻarmasi joylashgan.[1]

Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)

.

Nodir devonbegi madrasasi - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlikBuxoro xoni Imomqulixonnchng vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (162223). Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. Labi-hovuz ansamblinit sharqiy qismida joylashgan. Dastlab karvonsaroy sifatida qurilganxonning qarori bilan mad-rasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvonmasjid va katta darsxona yoʻq, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan oʻralgan. Hujralarga oʻymakori usulida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar oʻrnatilgan. Hovliga pishik gʻisht yotqizilgan. Bosh tarzi may-donga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtogʻi oʻziga xos mahobatli va serha-shamdir. Undagi oʻsimliksimon naqshlar orasida kuyoshga intilayotgan afsonaviy xumo kushi va bugʻuning oʻtlab yurgan tas-viri koshinkori bezaklari yorqin boʻyoqlarda aks ettirilgan. Hoshiyalarigakitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungoʻshasi buramasimon. Peshtogʻining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon aloqida zeb berib pardozlangan. Burchaklaridagi 2 guldas-ta ravokdardagi nakshlar bilan oʻzaro uy-gʻunlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m, hovli 34 xZO m. Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. bir necha marta taʼmirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yoʻqotilib, buzilib ketgan huj-ralari qayta tiklandi. Samarqand va Buxoro ustalarining saʼyharakatlari bilan bosh tarzi kayta jilolandi.[1]

Nodir Devonbegi xonaqohi


Nodir devonbegi xonaqohi - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlikBuxoro xoni Imomqulixonnpnt vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (162021). Labiho-vuz ansamblidatm hovuz bilan birga bunyod etilgan. Peshtogʻi hashamatli, ravogʻining qanosi ancha baland, ulugʻvor, ayrim yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib kolgan. 2 tomonidagi tagi qirrali guldasta-mezanalar old koʻrinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham hujralarga kirila-digan eshiklari boʻlgan. Devorlari bir necha bor taʼmirlangani (1914—16 yillarda Buxoroning oxirgi amiri Sayid Olimxon tomonidan taʼmirlangan) dan asl koʻrinishi oʻzgargan. Nodir Devonbegi xonaqohix. sim-metriktarqli (27,5X25 m), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2 xll,2 m) va uning yon tomonlarida 2 qavatli dar-vishlar yotogʻi boʻlgan. Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravogʻidagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. Nodir Devonbegi xonaqohix.ninghoz. koʻrinishi oʻzgarib muhtasham, salobatli, kurkam inshootga aylantirilgan.[1]



Britaniya muzeyi Oʻzbekistondan oʻgʻirlab ketilgan tarixiy yodgorlikni qaytaradi

© CC BY-SA 2.0 / Aleksandr Zykov / Chashma Ayub 'mausoleum', Bukhara

Uzunligi yarim metrdan ortiq boʻlgan, arab yozuvi tushirilgan parcha 2014 yilda gʻoyib boʻlgan va shu paytga qadar izsiz yoʻqolgan deb hisoblanardi, ammo yaqinda u Londondagi Mayfair galereyasida sotuvga qoʻyilgan

Britaniya muzeyi Buxoro shahrida joylashgan Chashmai Ayub maqbarasining oʻgʻirlab ketilgan old qismi parchasini Oʻzbekistonga qaytarishga yordam berdi, deb yozmoqda The Guardian.

Uzunligi yarim metrdan ortiq boʻlgan, arab yozuvi tushirilgan parcha 2014 yilda gʻoyib boʻlgan.

U shu paytga qadar izsiz yoʻqolgan deb hisoblanardi, ammo yaqinda u Londondagi Mayfair galereyasida sotuvga qoʻyilgan. Yaqinda Oʻzbekistonda boʻlgan Oksford olimi yoʻqolgan plita tasvirini Saymon Rey galereyasi katalogida koʻrib qolgan.


Uni sotib olgan Rey shu zahoti Britaniya muzeyi bilan bogʻlangan. Reyning aytishicha, unga bu parcha Germaniyadagi kollektsiyalardan birida saqlanganini aytishgan.

Muzeyning katta kuratori Sent-Jon Simpson tarixiy yodgorlikning oʻgʻirlanishini dahshatli deb atadi va buni Vestminster abbatligidagi yodgorlik doskasining oʻgʻirlanishi bilan qiyosladi.

"Bu Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, yirik va goʻzal tarixiy yodgorlikka tegishli parcha", — dedi muzey vakili.

Ushbu haftada yodgorlik Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasiga rasmiy ravishda taqdim etiladi.

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov nodir yodgorlik qaytarilayotganligi munosabati bilan oʻzining chuqur minnatdorligini bildirdi, deb yozadi The Guardian.

Buxoro viloyat madaniy yodgorliklarni asrash inspektsiyasi boshligʻi Akbar Muhammedov Sputnik muxbiri bilan suhbatda viloyat hokimligi tomonidan ushbu qadamjoni obodonlashtirish boʻyicha alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligini bildirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, ayni paytda mazkur tarixiy yodgorlikka olib boruvchi yoʻllar tartibga keltirilmoqda, qadamjo hududidagi quduq tiklandi.

Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasi tarixiy manbalarga koʻra Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan. Bu haqda ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1379 yilda unga taqab kulohiy gumbazli katta xona, burchaklarida minoralari boʻlgan dahliz qurilganligi yozilgan.



Muqaddas ziyoratgoh binosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli boʻlib, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan 4 xonadan iborat, har bir xona bir-biriga oʻxshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Binoning qadimiy qismi ichkarida qolgan. Rivoyatlarda Ayyub alayhissalom bu suvsiz joydan oʻtaturib hassasi bilan yerga urgan va chashma hosil boʻlgan, deyiladi.



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling