Chekishni tashlang va xotirjam bo’ling
Download 366.89 Kb. Pdf ko'rish
|
CHEKISHNI TASHLANG(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHEKISHNI TASHLANG VA XOTIRJAM BO’LING
- Mening orzuimdagi shaxar
- Aynan nima maqsadda xozir
- Chekishni tashlashga urinib ko’rganmisan
- Chekishni tashlashga xoxish bormi
- Oila qurganmisan
- Sport bilan shug’ullanasanmi
- Qanday qo’shiqlar tinglab turasan
- Bilishimiz zarur bo’lgan tarixiy manbalar
- Chekishni o’z vaqtida tashlashga ulgurganlar
- 1. Nima sababdan chekyapsiz
- 2. Aynan nima maqsadda xozir chekyapsiz
- 3. Chekishni tashlashga urinib ko’rganmisiz
- 4. Chekishni tashlashga xoxishingiz bormi
- 5. Oilalimisiz (Turmush qurganmisiz)
- 6. Telefonda ko’p suxbatlashasizmi
- 8. Sport bilan shug’ullanasizmi
- 9. Qanday oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qilasiz
- 10. Qanday qo’shiqlar tinglaysiz
- Chekishni tashlashga meni nima majbur qildi
- Chekishni tashlaganimdan so’ng quyidagilarga ega bo’ldim.
- Taniqli insonlarning quyidagi maslaxatlarini esa xar kuni ko’zingiz tushadigan yerga ilib qo’ying
- Savol va takliflar bo’lsa telegram +998903215981, dropsmoking@mail.ru
- 3. “ne kurim.ru” – internet sayt 15 Mundarija
1 Agar hozir (biron narsani) bilmasalaring, uyat emas! Kurslarga boringlar, 2-3 oymi, o'rganinglar. Agar bugun o'rganmasak, ertaga kech bo'ladi! O’zbekiston respublikasi prezidenti - Shavkat Mirziyoyev CHEKISHNI TASHLANG VA XOTIRJAM BO’LING Chekayotgan inson tanasi “titanik” kemasiga o’xshaydi. U juda mustaxkam, kuchli va ulkandur. Tamaki qoldiqlari esa quroldan otilgan o’qlarga o’xshaydi. “Titanik”ka otilgan 1 ta yoki 20 ta o’q unga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Lekin o’qlar to’xtovsiz otilaversa, “titanik” albatta cho’kib ketadi. O’z vaqtida otishni to’xtatgan yaxshi. Xushyor bo’lsak oldimizda turgan aysberglar ham bizga to’siq bo’lmaydi. Shoisayev Aziz Bugungi kunda biz tinch, katta tezlikda tobora rivojlanib borayotgan buyuk davlatda yashab kelmoqdamiz. Yoshlardan shunday yurtga munosib sog’lom, bilimli va tarbiyali avlod yetishib chiqishi uchun nafaqat ota-onalar, balki muhtaram yurtboshimiz ham qayg’urmoqdalar. Chunki, atrofimizda hali ko’z ilg’amas zararli odatlardan kelib chiqadigan muammolar talaygina. Keling, aynan shulardan eng jiddiy – bugungi kunda ko’pchilikni qiynab kelayotgan va global muammoga aylanib ulgurgan tamaki maxsulotlariga tobelik haqida muloxaza yuritaylik. Mazkur muammoga shaxsan o’zim ham duch keldim. Uni yengishda o’zimda kuch, iroda topa oldim. Qanday qilib tamaki maxsulotlaridan xalos bo’lish yo’llari haqida sizlar bilan o’rtoqlashmoqchiman. Xech kimga sir emas, endilikda bu muammo yoshlar o’rtasida tobora ortib bormoqda. Tamaki maxsulotlarini iste’moli qanchalik sog’liq uchun zararli ekanligini siz allaqachon o’zingizda xis etib bo’lgansiz va shuning uchun ham qo’lingizdagi ushbu kitobni o’qimoqdasiz. Demak siz sog’lig’ingizga befarq emassiz. Chekishni tashlamoqchimisiz? Buni ilojisi yo’q deb o’ylaysizmi? Balki yelkangizdagi barcha tashvishlardan xalos bo’lganingizda, allaqаchon chekishni tashlagan bo’lardim deb o’ylayapsizmi? Chekishni tashlashga o’zingizda xoxish, istak bormi? Agar shunday bo’lsa demak siz 50% chekishni tashlab bo’lgan chekuvchisiz deb bemalol aytsam bo’ladi. Nega bemalol deb ta’kidlayotganimni sababini esa kitobni oxirigacha o’qib bo’lganingizdan so’ng tushunib yetishingiz mumkin. Hayotingiz davomida bir marotaba bo’lsa ham chekishni tashlashga urinib ko’rganmisiz? Bu maqsadingizni amalga oshirishingiz yo’lida sizga umidsizlik, ishonchsizlik, qo’rquv to’sqinlik qilganmi? Bu kabi savollarning barchasiga men chekishni tashlagach javob oldim. Sizga xech shubxalanmay shuni aniq ayta olamanki, chekishni tashlaganingizdan so’ng chinakam toza havoda nafas olish nima ekanligi, oziq-ovqatlarning asl mazasi va xidi qanday ekanligini bilasiz. Harakatlanishda yengillik sezib o’zingizni ancha tetik xis etasiz. Immunitetingiz yaxshilanib mustaxkamlanadi. Chexrangizda haqiqiy tabassum paydo bo’ladi. Bosh miyangizda son-sanoqsiz yangi fikrlar, sizga kelajakda ulkan muvaffaqqiyatlar olib kelishi mumkin bo’lgan biznes g’oyalar uyg’onadi. Eng asosiysi sog’ligingiz yaxshi tomonga o’zgarishi muqarrar. 2 Ushbu qo’llanmada chekishni tashlash, sog’lom hayot kechirish mavzusini asos qilib olgan ekanman, maqsadim bunday salbiy xolatdan barchani ogoh qilishdir. Uning zararli oqibatlarini ochib berish. Shu orqali barchani, ayniqsa yoshlarni o’z kelajagiga e’tiborliroq bo’lishga undashdir. Unutmang, bu xayotda yashayotganimizning o’zi katta baxtdir. Shuning uchun ham hamisha, har daqiqada bu baxt uchun yaratgandan minnatdor bo’lishimiz shart! Mening orzuimdagi shaxar Mening orzuimdagi shaxarni ko’rganmisiz? Tasavvur qilib ko’ring. Ko’chalar bo’ylab sayr qilmoqdasiz. Deyarli bironta ham tamaki chekayatgon kishini uchratmaysiz. Atrof yam-yashil tus olgan. Archalar, daraxtlar shunchalar ko’pki, xatto ko’chada adashib qolishingiz xech gap emas. Ulardan chiqayotgan toza havoni aytmaysizmi, naqadar ajoyib. Ko’ryapsizmi, to’g’ringizdagi maydonda bir qancha kishilar futbol o’ynashmoqda. O’ng tarafingizga qarang, turli yoshdagi kishilar yugurib ketmoqdalar. Chap tarafingizga qarang, katta yoshdagi onaxon, otaxonlar yo’lak bo’ylab sayr qilmoqdalar. Ortingizga qarang, yana bir qancha odamlar velosipetda harakatlanmoqdalar. Orzuga ayb yo’q deymiz, shunday emasmi? To’g’ri, lekin men aytgan gaplarim fantastika emas. Men orzuimdagi shaxarda allaqachon yashab kelmoqdaman. Shunchaki bunday muxitga tushib qolishni istasangiz bir marotaba uyquingizning eng shirin vaqtidan voz keching. Erta tongda yugurish yo’laklari mavjud bo’lgan sport majmuasi bo’ylab sayr qilib ko’ring. Bunga o’zingiz guvoh bo’ling. Sog’lom turmush tarzini tanlagan ko’pchilik insonlar erta tongdan harakatni boshlab bo’lganlar. Nihoyat chekishdan butunlay xalos bo’lmoqchimisiz? Bunda sizga omad tilayman! Unutilmas uchrashuv Barchasi 2016 yil o’lkamizga go’zal fasllardan biri baxor kirib kelganidan boshlandi. Odatdagidan ancha erta uyg’ondim. O’zim istiqomat qiluvchi uylar qad rostlagan mahallada sayr qilgani ko’chaga chiqdim. Uylar yoqalab pioda yurib chinakam toza xavoda nafas olar ekanman, ona tabiatni naqadar go’zal va yoqimli ekanligini butun vujudim bilan xis qildim. Ko’chalarda xech kim ko’zga tashlanmasdi. Xatto mashinalar harakati ham ko’rinmasdi. Mart oyining oxirlari edi. Bir ozdan so’ng cho’ntagimdan tamaki olib chekishni boshladim. Tamaki chekayotganimni ko’rib 55-60 yoshlar atofidagi bir otaxon oldimga keldi. Men u kishi bilan salomlashdimda, chekishda yana davom etdim. Otaxon tamaki chekishimni kuzatib turdida, chekib bo’lganimdan so’ng so’z boshladilar: - Bolam, senga 10 ta savol bersam bo’ladimi? Savollarim orasida agar ba’zilariga javob berging kelmay qolsa, xafa bo’lish yo’q. Shunchaki sening shaxsiy fikringni bilish menga qiziq. - Albatta otaxon, bemalol, 10 ta emas undan ham ko’proq savol bersangiz ham bo’ladi. - Shunday degin, unda aytginchi, nima sababdan tamaki chekayapsan? - Shunchaki chekyapman, ba’zi do’stlarim kabi men ham chekaman. Qolaversa asablarimni tinchlantiraman. Boshimda ko’p tashvishlarim bor. Mana shu tamaki sal bo’lsada meni tinchlantirib turadi. Xar safar asabiylashganimda chekib turaman. - Xa bolam, tushunarli, lekin xozir aynan nimadan asabiylashyapsan? Aynan nima maqsadda xozir chekyapsan? - To’g’ri aytayapsiz, aynan xozir xech narsadan asabiylashganim yo’q. Bu shunchaki o’rganish bo’lib qolgan. Qo’lim bo’sh bo’lib qolganidan chekyapman xolos. - Chekishni tashlashga urinib ko’rganmisan? Bir kunda sir bo’lmasa qancha miqdorda chekasan? 3 - Otaxon, buning xech qanday sirli joy yo’q. Bir kunda kamida bir qutini be’malol chekib qo’yaman. Agar do’stlar davrasida bo’lib qolsam 1.5-2 quti tamakini bir o’zim “yutib yuboraman”. Chekishni tashlashga keladigan bo’lsak, bunday qilishga urinib ko’rmaganman. Xali bu ishga ulguraman, xozir vaqti emas. - Chekishni tashlashga xoxish bormi? - Aytdimku otaxon xozir vaqti emas, lekin xoxishim bor. Vaqti kelganida tashlab yuboraman. Bunday qilish menga qiyin bo’lmaydi. Ba’zi tugallanmagan rejalarimni bitirib, so’ng tamaki chekishni tashlab yuboraman. - Oila qurganmisan? - Xa, turmush qurganimga 2 yil bo’ldi. - Telefonda ko’p suxbatlashasanmi? - Telefon deysizmi? Albatta, telefonsiz bugungi kunda ishlarimni amalga oshirishni tasavvur ham qila olmayman. - Sport bilan shug’ullanasanmi? - Bir xaftada bir marotaba do’stlarim bilan futbol o’ynab turamiz. Qolganiga vaqt yo’q. - Qanday oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qilasan? Sevimli taomlaring bormi? - Qanday ovqat bo’lishidan qat’iy nazar iste’mol qilaveraman. Ovqat tanlash yo’q, otaxon. - Qanday qo’shiqlar tinglab turasan? - Qo’shiq tinglashga unchalik qiziqishim yo’q. Lekin menga yoqadigan san’atkorlarning konsertlarida qo’shiq tinglasam mazza qilib dam olaman. - Mashina xaydaysanmi? - Qarshingizda turgan avtomashina mening otamga qarashli. Ba’zida mana shu mashinani xaydab turaman. Aytganchi, mashina xaydaganimda qo’shiq tinglashni xush ko’raman. Endi aytingchi otaxon, ba’zilari shaxsiy bo’lishiga qaramasdan barcha savollaringizga javob berdim. Endi men ham sizga savollar bersam bo’ladimi? Siz o’zingiz tamaki chekmaysizmi? Yoshligingizda chekmaganmisiz? - Men yoshligimda nafaqat tamaki, balki bir donasi o’sha vaqtlar 5 AQSH dollari bo’lgan Kuba sigaralarini chekib yurganman. Ish yuzasidan chet davlatlarda safarlarda bo’lar edim. Sening yoshing xozir 27 da bo’lsa, men ham aynan shu yoshda bo’lganimda hayotimda katta o’zgarish sodir bo’lgan. Kunlarning birida kichik va ko’rkamgina, taxminan 50 kishi uchun mo’ljallangan mexmonxona oldida turgan edim. Navbatdagi sigaramni cho’ntagimdan olib, chekishni boshladim. Bir-ikki daqiqadan so’ng yonimga smoking kiyib olgan katta yoshli kishi kelib men bilan salomlashdi. Chet tilini yaxshi bilganim uchun u kishi bilan darxol qiziqib suxbatlashishga kirishdim. U kishi mendan qo’limdagi sigara necha pul turishini so’radi. Men unga maqtanchonlik bilan sigaraning baxosi 5 AQSH dollarligini aytdim. Xar kuni bir dona sigara chekishimni ham aytdim. U kishi mening javoblarimdan so’ng bir oz o’ylanib qoldi. So’ngra qarshimdagi mexmonxona baxosi 5000 AQSH dollari ekanligini aytdi. Yana u mexmonxonaning egasi ekanligini aytdida “Sizga sog’liq va salomatlik tilayman!” deya chiroyli mashinaga o’tirib jo’nab ketdi. Men bu uchrashuvni chuqur taxlil qilib chiqdim. Ko’p o’tmay chekishni butunlay tashlab yubordim. Ko’rdingmi bolam, smoking kiygan mexmonxona egasi mening chekishni tashlashimga qaysidir ma’noda sababchi bo’lib qoldi. Men bu insondan juda minnatdorman. - Agar bir kunda 1 ta sigara pulini yoningizga olib qo’ygan bo’lsangiz, siz bugungi kunga kelib, o’sha mexmonxonadan bir emas, bir nechtasini egasiga aylanishingiz mumkin ediku? - Xa, to’g’ri aytasan, xech narsaning kechi bo’lmaganiday, chekishni tashlab, o’z kuchim bilan ko’chaning boshida qad rostlagan to’yxona, yonidagi oziq-ovqat do’koniga ega bo’ldim. Bundan tashqari shaxarda yana 5 ta oziq-ovqat do’konlarim bor. Men tamaki chekishni tashlab, hayotimda juda ko’p muvaffaqqiyatlarga erishdim. Senga ham chekishni tashlashingni maslaxat beraman. - Siz bilan suxbat qilib mazza qildim. Rahmat sizga otaxon. - Savollarim esingda qoldimi? Men endi boraqolay. Senga sog’liq va salomatlik tilayman!- deb men bilan xayrlashib ketdilar. Men darxol otaxon bergan savollarni telefonim xotirasiga saqlab qo’ydim. Birma-bir qayta ko’rib chiqqanimdan so’ng ularga shubhasiz tushunib yetdim. - Bu zararli va jiddiy asoratlarga olib keluvchi illat uchun oilaga foyda keltirishi mumkin bo’lgan qancha mablag’ni sarflab yuborganimni tushundim. 4 Masalan, bir kishi bir kunda 10 dona sigaret cheksa, bir oyda u qancha mablag’ni sarflaydi? Bir yildachi? Butun umri davomidachi? Kuniga 1-2 quti sigaret chekuvchilarchi? Axir bu pullarimizni o’pkamizni, qon tomirlarimizni ifloslantirishga va butun tanamizni zaxarlashga sarflamoqdamiz! Biz chekishni tashlab xech narsa yo’qotmaymiz. Aksincha sog’ligimizga, xamyonimizga katta foyda keltiramiz. Chekmaydiganlar qatoridan joy olgach har qanday inson o’z xoxishi bilan chekishni boshlashi, bunga hech kim majburlamasligi va chekishni tashlashi ham insonning shaxsan o’ziga bog’liq ekanligini tushunib yetdim.
Ko’pchilik chekuvchilar : “Sog’lig’im butunlay yomonlashguncha bu odatimni tashlay olarmikinman? Buning uchun qanday yo’l tutsam to’g’ri bo’ladi? “ – deb tashvishlanishadi. Keling bu borada jaxonga tanilgan bir qancha insonlar hayotiga nazar solaylik. Aynan tamaki chekish tufayli hayotdan barvaqt ketgan insonlar haqida quyidagi ma’lumotlarga to’xtalaylik: 1. Veyn Maklaren (1940-1992). Kaskadyor, chavandoz, avvaliga tamaki maxsulotlarini “kavboy” obrazida reklama qilgan. Keyinchalik tamakining qanchalar zarar ekanligini tushunib yetgan xolda chekishga qarshi jiddiy kurashgan faollardan biri. Ma’lumotlarga ko’ra Maklaren “Marlboro” tamakilarini reklamasida faoliyat yuritgan. Bir kunda 1 qutidan 2 qutigacha tamaki chekkan ekan. Sog’ligi yomonlashganligi tufayli shifokorlarga murojaat qilganida, unda o’pka saratoni rivojlanayotganligi aniqlanadi. Bundan qo’rqib ketgan Maklaren darxol tamaki chekishni tashlab yuboradi. Ko’p yillar davomida tamaki chekishni reklama qilgan Maklaren endilikda chekishga qarshi jamoatchilik harakatining a’zosiga aylanadi. Barchaga chekish qanchalar zarar ekanligini tushuntirishga kirishib ketadi. Saratonni ortga qaytarish ilinjida bir necha bor operatsiya bo’ladi. Shunga qaramasdan Maklaren o’pka saratonidan 51 yoshida vafot etadi. 2. Volt Disney (1901-1966) Jaxondagi eng mashxur bog’- “Disney Land” asoschisi, birinchi ovozli multfilm kashfiyotchisi. 26 marotaba “Oskar“ mukofoti bilan taqdirlangan. Ko’plab mashxur ertaklar va asarlarni bizga multfilm va kino ko’rinishida taqdim etgan. Barcha yoshdagi tomoshabinlarda katta taassurotlar uyg’otgan. Volter bolalarni juda yaxshi ko’rgan. Afsuski yoshligidan chekishni boshlagan. O’pka saratoni tufayli 65 yoshida vafot etgan. O’limidan so’ng u asos solgan “Volt Disney Kompaniyasi” muhim qaror qabul qiladi. Unga ko’ra endilikda suratga olinadigan kino va multfilmlarda tamaki chekish aks ettirilgan saxnalar xech qachon ko’rsatilmaydi. Haqiqatdan ham 1966 yildan boshlab “Volt Disney Kompaniyasi” birorta ham
5 tamaki maxsulotlari aks etgan kino va multfilm sur’atga olmagan. Bunday harakatlar Volt Disneyga xech qanday yordam bermaydi albatta. Lekin, tan olish kerak, kompaniya tomonidan buyuk animator xotirasi uchun amalga oshirilgan eng oliyjanob va keng jamoatchilik uchun juda muxim g’oya bo’lib xizmat qildi. 3. Djordj Xarrison (1943-2001) Djon Lennon, Pol Makkartni, Ringo Star va Djordj Xarrison –sizga bu nomlar tanishdek tuyulmayaptimi? Xa ular mashxur “Beatles” guruhining a’zolaridir va Djordj Xarrison ulardan biri bo’lib, uning barvaqt hayotdan ko’z yumishiga aynan tamaki sababchi bo’lgan. Xarison jaxonda eng kuchli yuzta gitaristlar orasida 21-o’rinni egallagan. Statistik ma’lumotlarga ko’ra Xarrison bir kunda 1-2 quti tamaki iste’mol qilgan ekan. Meditsina eng rivojlangan davlatlarga shifo topish uchun yo’l olgan Xarrison ko’p marotaba operatsiyalarni boshidan kechiradi. Shunga qaramasdan tamaki chekishni tashlashda o’zida kuch topa olmaydi. Ko’p o’tmay bosh miya saratoni tufayli 2001-yil 58 yoshida hayotdan ko’z yumadi. 4. Lev Yashin (1929-1990) Millionlar o’yini deganimizda barchamizning ko’z o’ngimizda futbol tasvirlanadi. Xalqaro Futbol Federatsiyasi faoliyatida 20-asrning eng kuchli darvozaboni sifatida tanilgan Lev Yashinni bilmaydiganlar bo’lmasa kerak. Lev Yashin 207 ta futbol uchrashuvi davomida biror marotaba darvozasidan to’p olib chiqmagan rekordchi bo’lgan. O’ta chaqqonligi evaziga muxlislar orasida “qora pantera” nomi bilan mashxur bo’lgan. Yashin yoshlgidan juda ko’p miqdorda tamaki chekishga odatlangan. Zararli odati sabab, 55 yoshida qon tomirlari faoliyati buzilishi tufayli operatsiya bo’ladi. Natijada chap oyog’idan butunlay ayrilib nogironga aylanadi. Shunga qaramasdan Lev Yashin tamaki chekishni tashlash o’rniga, o’z sog’lig’iga befarq bo’lgan xolda chekishda davom etadi. 1990 yil 60 yoshida o’pka saratonidan vafot etadi. 5. Alan Lenders (1940-2009)
6 Alan Lenders “Winston” tamakilarini jaxonga mashxur qilgan aktyor, erkak fotomodel. Tamaki chekishni erta boshlagan, aynan tamaki maxsulolarini reklama qilish orqali jaxonda mashxur bo’lib ketgan. Xalq orasida xatto “Winston-man” nomi bilan atalgan. Sog’lig’ining birdan yomonlashib ketishi oqibatida shifokorlarga murojaat qilib, o’pka saratoniga chalinganligidan xabar topgan. Ko’p yillik reklama biznesidagi faoliyatidan anchagina moliyaviy mablag’lar jamlab ulgurganligi uchun jaxonning eng rivojlangan, eng qimmat shifoxonalarida davolanadi. Afsuski xech qanday umid qolmaganligini tushungan Alan tamakiga qarshi urush e’lon qiladi. Faol tashviqot ishlarini amalga oshiradi. Alan aslida o’zining o’limini reklama qilganligini tushunib yetadi. 2006 yil tomoqda rivojlanib ketgan saraton natijasida vafot etadi. Endi tasavvur qilib ko’ringchi, qanchadan-qancha insonlar reklamani ko’rganidan so’ng, qo’liga tamaki olib, o’zlariga eng daxshatli xukmni imzolab ulgurdilar. Bularning barchasida Alan Lenders o’zini aybdor deb hisoblar edi. Endi o’ylab ko’raylik. Bu mashxur insonlarni yoki sizni chekishga kimdur majbur qilganmi? Ilk marotaba tamaki chekishingiz oldidan sizga qandaydir mukofot, tengsiz go’zallik, mashina, pul berishni va’da qilishganmi? Chuqurroq o’ylab ko’raylikchi, chekishni boshlab biz qandaydir ma’noda tamaki qullariga aylanib qolayapmiz-ku. Albatta tamaki ishlab chiqaruvchilar xech kimni tamaki chekishga majburlashmaydi. Xattoki tamaki qutilariga chekish sog’liq uchun qanchalar zarar ekanligini ogoxlantiruvchi yozuvlar bilan belgilab qo’yishadi. Endi bu masala yuzasidan yuzaki emas, jiddiyroq muloxaza qilib ko’rish vaqti kelmadimikin? Bunday mashxur insonlarni nima sabadan vafot etganliklarini bila turib, baribir ham chekishda davom etaveramizmi? Qachongacha? Shifokorlar “yana tamaki chekishda davom etsang sog’ligingni butunlay yo’qotasan” degunlarigachami? Tamaki chekishdan jaxonda yiliga 6 million kishi xalok bo’lmoqda. Bu yo’qotishlar xech qanday urushsiz, baxtsiz xodisa yoki yong’inlarsiz, tanklar, samolyotlarsiz, xech qanday kuch ishlatmagan xolda sodir bo'lmoqda. Bu statistikaning sababchilari o’z xoxishlari bilan shu yo’lni tanlamoqdalar. Keling biz o’z vaqtida tog’ri yo’l tanlaylik! Chekishni o’z vaqtida tashlashga ulgurganlar Buni tushunib yetganlar esa allaqachon chekishni tashlab, sog’lom turmush tarzini tanlab bo’lganlar. Ular orasida mashxur insonlar ham yo’q emas. Ular nima sabadan bunday qilgan ekanlar? Keling ular haqidagi ma’lumotlarni ham o’rganib chiqaylik. 1. Met Deymon. Met Deymon tamaki chekishni tashlashiga asosiy sababchi uning akasi
bo’ladi. U Met Deymonga chekish sog’liq uchun juda zarar ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. “Farzandli bo’lmoqchiman va shu sabadan chekishni butunlay tashlab yuboraman” deya unga maslaxatlar beradi. Akasining gaplarida jon borligini faxmlagan Met Deymon chekishni tashlashga qaror qiladi va buning uddasidan chiqadi. 7 2. Bred Pit Chekishni tashlashining birinchi sababi 2007 yili uning ko’zi oldida Anjelina Joli ning onasi saratondan vafot etgani bo’ladi. Ikkinchi sababi 3ta farzandni boqib olib ota bo’lish aslida nima ekanligini o’zida xis etadi. Uchinchi sababi Anjelina Joli bilan ajrashgani bo’ladi. Ma’lumotlarga qaraganda Anjelina Bredga qo’shtirnoq ichida “sen chekishing orqali bizning farzandlarimizga ajoyib o’rnak bo’lasan” degan ekan. Bu gaplar Bredga qattiq ta’sir qilganligi sababli butunlay chekishni tashlab yuborgan ekan. 3. Silvester Stalone “Rokki” filmini suratga olish jarayonida harakatlanishga, nafas olishga qiynalayotganini tushunib yetgan Stalone qo’rqib ketganidan chekishni tashlab yuboradi. 4. Al Pachino 30 yil davomida tamaki chekib, buning xech qanday foydasi yo’q ekanligini tushunib yetadi. Tamakining qanchalar zarar ekanligini ajoyib va takrorlanmas ovozining tembri o’zgarishi natijasida bilib qoladi va chekishni tashlab yuboradi. 5. Julia Roberts Uzoq vaqt davomida aktrisa homilador bo'la olmadi. Ko’p marotaba shifokorlar qabulida bo’lgan Juliaga shifokor analiz natijalarini ko’rib, ona bo’lishni istasa chekishni tashlashi lozimligini aytadi. Aktrisa darxol chekishni tashlash xarakatiga tushadi. O’zi aytishicha boshida qiyin bo’lishiga qaramasdan buning uddasidan chiqadi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanib chekishni tashlab yuboradi. Oila uning uchun doimo birinchi o’rinda turishini ta’kidlovchi Julia Roberts bugungi kunda 2 o’g’il va 1 qizni tarbiya qilmoqda. Aytishicha chekishni tashlab u hayotida eng katta muvaffaqqiyatga erishgan ekan. Demak, chekishni tashlashga axd qilganlar albatta buning uddasidan chiqishlari mumkin . Buning uchun xoxish, iroda bo’lsa yetarli! Keling endi 10 ta savolning har biriga jiddiyroq qarab ko’raylik.
8 1. Nima sababdan chekyapsiz? Bu savolga xar xil yoshdagilar turlicha javob beradi. Masalan, ba’zi tamaki chekuvchilarning bu savollarga bergan javoblari: - (18-20 yosh) Do’stlarim bilan birga yig’ilishib chekkanimizda kulishib mazza qilamiz. Kayfiyatimizni ko’taramiz, o’zimni kattalardek xis qilamiz. - (20-25yosh) Katta bo’lib qoldim. Chekishim tufayli kichkina bolalardan ajralib turaman. Chekish xayajonni bosadi, meni tengdoshlarim hurmat qilishadi. Chekmaydigan tengdoshlarim oldida ulardan dunyoqarashim kattaroqligini ularning o’zlari ham aytishadi. Stress xolatidan yengil chiqib ketaman. - (25-30 yosh) Bir zumda katta bo’lib qoldim. Turmush qurishim kerak, pul ishlab topishim kerak. Uyimda tashvishlar ko’payib ketmoqda. Oxirgi vaqtlarda janjallar ko’p bo’lmoqda. Mening eng yaqin do’stim tamaki. Bularning barchasiga qarshi doim men bilan birga, eng yaqin ko’makchim. - (30-40 yosh) Muammolarim bir kun kelib tugarmikan? Bittasidan qutilsam ikkinchisi ergashib keladi. Ishimdan ayrilib qolishdan qo’rqaman, oxirgi vaqtlarda ko’p marotaba raxbardan gap eshitmoqdaman. (40-50 yosh) Shifokorga qatnash qachon tugar ekan? Tamaki chekishni tashlash vaqti kelganga o’xshaydi. yo’talim bezovta qilaverishidan charchadim. Butun umrim davomida qancha tamaki chekib qo’ydim? - Siz ham bu savollarga javob berib ko’ring. Ana endi ba’zi chekmaydigan insonlar javoblari: - (18-20 yosh) Do’stlarim bilan sport zalga boryapmiz. Chet tillarini o’rganyapmiz. - (20-25yosh) Oldinda meni buyuk ishlar kutmoqda, xozir men faqat o’qishim kerak. Yana bir qancha xunarlar o’rganib olsam kelajakda menga albatta as qotadi. - (25-30 yosh) Oilali bo’ldim, ishxonamda yaxshi mexnatim sababli lavozimimni ko’tarishdi. Ota-onam meni yutuqlarimdan juda xursand. Kelajakda albatta bundanda yuqoriroq cho’qqilarni zabt etaman. - (30-40 yosh) Kattaroq biznes qilish vaqti keldi va men bunga xar tomonlama tayyorman. Katta firma tashkil etaman va 100 lab odamlarni ish bilan ta’minlayman. Men yoshligimdagi barcha orzularim birin- ketin ro’yobga chiqmoqda. Ishdan chiqib farzandlarim, oilam bag’riga kelsam, mazza qilib dam olaman. Ular davrasida men dunyodagi eng baxtiyor insonman. - (40-50 yosh) Sog’lig’im yaxshi, ishimdan mamnunman, oilamga ham, sport bilan shug’ullanishga ham vaqt topaman. Barcha masalalarni asabiylashmasdan hal etaman. “Vaqtni ortga qaytarib bo’lmaydi”. Siz bu gapni ko’p marotaba eshitgan bo’lsangiz kerak. Aslida vaqt o’z yo’nalishida to’xtovsiz harakatlanmoqda. O’tib ketayotgan, ortga qaytarishimizning ilojisi yo’q bo’lgan tushuncha esa bu bizning hayotimizdir. Shunday ekan, sog’lig’ingizga befarq bo’lmang. Sizga berilgan umrdan, imkoniyatlardan to’g’ri foydalaning.! 2. Aynan nima maqsadda xozir chekyapsiz? Tasavvur qilib ko’ring aynan xozir siz chekish mumkin bo’lmagan muxitda bo’lganingizda nima qilar edingiz? Metro, avtobusda, samolyotda, kinoteatrda, imtixonda, chekish man etilgan yana boshqa joylarda. Siz u yerda 1 soat, 2 soat qolib ketsangizchi? Chekaverarmidingiz? Qanday qilib bu ishni amalga oshirar edingiz? Siz bu kabi joylarda o’zingizni nazorat qila olar ekansiz, juda yaxshi! Naxotki aynan xozir nima sababdan chekayotganingizni bilmasangiz? Tamaki tutunidan zaxarlanuvchilar – yaqin insonlarngiz, turmush o’rtog’ingiz, farzandlaringiz - ularda nima ayb? Nega ular siz deb zarar ko’rishlari kerak? Hech bir ota-ona farzandini kelajakda tamaki chekishini istamaydi. O’zingiz sog’lig’ingiz haqida qayg’uring, oila a’zolaringiz, farzandlaringiz sog’lig’iga befarq bo’lmang. 9 Tamaki chekmaydigan tanishlaringiz bormi? Ular qatoridan joy egallay olishingiz mumkinligiga ishonmaysizmi? Yana bir marotaba harakat qilib ko’ring. Balki muvaffaqqiyatga erishishingizga 1 qadam qolgandur, siz esa bosib o’tgan 99 qadam zoya ketayotgandir. Naxotki tamaki sizning ustingizdan nazorat qilsayu, siz o’z sog’lig’ingizni unga topshirib qo’ysangiz. Oldingizga yaxshi maqsadlarni qo’ying. Siz albatta ularga erishasiz! 3. Chekishni tashlashga urinib ko’rganmisiz? Chekishni birdan tashlab yuborganingiz ma’qul, chekishni bunday xolda tashlay olsangiz, demak sizning irodasi kuchli insonlar qatoridan ekansiz. Birdan buni amalga oshirish qo’lingizdan kelmayaptimi? Unday bo’lsa chekishni bir vaqtlar qanday boshlagan bo’lsangiz shu tarzda tashlang, ya’ni chekish vaqtini uzaytirgan xolda harakat qilib ko’ring. Bu xolatda siz tamakini sonini kamaytirib, ortiqcha bosh qotirib o’tirmang. Shunchaki vaqtni uzaytirish orqali maqsadingizga erishing. Birinchi tamakini masalan, ertalab soat 9 da cheksangiz, ertasi kuni 10 gacha, keyingi kuni soat 11 gacha chekmaslikka urunib ko’ring. Eng asosiysi ovqatdan so’ng darxol chekmang. Kamida 30 daqiqa sabr qilishga xarakat qiling, agar undan ham ko’proq sabr qila olsangiz yanada yaxshi. O’z maqsadingizda davom etib vaqtni uzaytiravering. Bunga erishish uchun siz xech qanday tatilga chiqmaysiz, shifoxonaga yotmaysiz, dorilar iste’mol qilmaysiz. Avval turmushingiz qanday bo’lgan bo’lsa, o’zgarishsiz davom etaveradi. Shu tariqa vaqt o’tishi bilan kechgacha chekmaslikka erishasiz. Bu sizning birinchi yutug’ingiz bo’ladi. Siz kun davomida tamaki chekmasdan kechqurun birinchi tamakini chekar ekansiz, uning ta’siridan qanchalar bo’shashib ketishingizni kuzatasiz. Mana shu tarzda nikotinning inson organizmiga ta’sir qilishini, lanj, erinchoq qilib qo’yishini xis etasiz. Siz butun kun davomida tetik va xotirjam yurib, aynan kechqurun tamakining makriga aldanishingizni kuzating. Menda bu xolat 3 kun davom etdi va ovqatdan so’ng bir necha soat chekmasdan yurishga o’rgandim. 4-kuni esa oxirgi sigaretamni o’chirdim. Tamakining makriga qanchalik chuqur ilinib qolganimni butun vujudim bilan xis etdim. Siz ham yaxshilab mulohaza qiling. Umuman chekmasdan yura olishingiz mumkin ekanligiga ishoning. Buning uddasidan chiqa olishingiz aniq. Urinib ko’ring. 4. Chekishni tashlashga xoxishingiz bormi? Bugungi kunda chekishni tashlamoqchi bo’lgan insonlar uchun nikotin o’rnini bosuvchi turli xildagi saqichlar, tabletkalar, elektron sigaretalar va boshqalar o’ylab topilgan. Ular yordamida chekishni vaqtinchalik tashlaganlar albatta yo’q emas. Lekin sizda bunga xoxish bo’lmas ekan, butunlay chekishdan xalos bo’lishni o’ylamasangiz ham bo’ladi. Masalan, erta yoshdan tamaki chekishni boshlagan bolalar kattalardan qo’rqib ma’lum vaqt chekmasliklari mumkin. Ma’lum vaqt deganda 5-10 yil ham misol bo’la oladi. Lekin ular mustaqil bo’lganlaridan so’ng qaytib chekib yubormasliklariga xech kim kafolat bera olmaydi.
Faqat chekuvchining o’zi tamakining qanchalar zarar ekanligini, uning inson uchun xech qanday foydasi yo’q ekanligin tushunib yetsagina, u qaytib chekmaydi. Chekishni tashlashga xoxishingiz bor ekan, unday bo’lsa siz xech qanday aralashuvlarsiz, dorilarsiz bemalol tamaki ustidan g’alaba qozonishingiz mumkin. Buni o’zingiz istasangiz bas!
Siz turmush o’rtog’ingiz bilan birga bir necha yillardan beri birga yashab kelmoqdasiz. Agar bir necha oylar bo’lsachi? Endilikda turmush qurishni rejalashtirayotgan bo’lsangizchi?
10 Farzandlaringiz bormi? Bu axir hayotdagi eng katta baxtku, shundaymi? Ularning bir kun kelib tamaki chekib yubormasligiga kim kafolat bera oladi? Axir qush uyasida ko’rganini qiladi deb bekorga aytishmaganku. Yoki siz farzandlaringiz oldida xech qachon tamaki chekmaganmisiz? Tamaki chekayotgan kishi nafaqat o’zini, balki yaqin atrofidagilarni ham zaxarlaydi. E’tibor bering, ular tamakiga qo’llarining uchini ham tegizmasalarda, tamaki chekuvchilardan 2-3 barobar ko’proq zarar ko’radilar. Ularni kuzatayotgan yosh bolalar esa “yaxshi” o’rnak olib buni normal xolatda qabul qilishadi. Xech bir ota-ona farzandini kelajakda tamaki chekishini istamaydi. Nafaqat o’zingizning sog’lig’ingiz, balki farzandlaringiz sog’lig’ini o’ylang, ularga befarq bo’lmang!
Chekishni tashlaganingizdan so’ng, bir necha kun davomida telefonda kamroq gaplashishga harakat qiling. Ma’lum vaqt sms, ovozli xabarlar, messenjerlardan foydalanib turing. Aynan ular sizga qo'l kelishi shubxasiz. Agar rulda, jamoat transportida, bozorda, shovqinli joylarda bo’lsangiz telefonda gaplashmaganingiz maqul. Bemalol xolatda bo’lganingizda qaytib qo’ng’iroq qiling. Bunday tarzda faoliyat yuritish uchun bir necha kun kifoya. Keyin hammasi o’z o’rniga tushib ketadi. 7. Mashina xaydaysizmi Chekishni tashlash harakatini boshlagan bo’lsangiz vaqtinchalik mashina xaydashdan voz keching, siz rulda bo'lganingizda o'zingiz bilmagan xolda asabiylashib ketishingiz mumkin. Ko’proq pioda yurishga harakat qiling. O’zingizga faqat o’zingiz yordam berishingiz zarur. 8. Sport bilan shug’ullanasizmi? Suzish xavzalariga boring, erta tongda o’zingiz istiqomat qiluvchi ko’chalar atrofida pioda yuring, yuguring, velosiped uching. Go’zal tabiat qo’ynida bu ishlarni qilsangiz yanada yaxshi. Agar sport bilan shug’ullanishga vaqtingiz bo’lmasa o’qishga, ishga ketayotganingizda ko’proq pioda yuring. O’tirib-turish mashqlarini esdan chiqarmang, bu mashq ovqatlaringizni yaxshi xazm bo’lishida as qotadi. Chekishni tashlaganingizdan so’ng 2-3 xaftada nikotinning 99%i tanadan chiqib ketishi isbotlangan. Demak siz to’g’ri yo’ldasiz. 9. Qanday oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qilasiz? Chekishni tashlaganingizdan so’ng ovqat yaxshi xazm qiluvchi maxsulotlardan ko’proq iste’mol qiling, ovqat bilan ko’proq sabzavot va mevalar, sarimsoq piyoz va piyoz iste’mol qilishga harakat qiling. Ovqatlanganingizda xech ham to’yib qolguningizcha yemang, yog’li kamroq yeng. Chekishni tashlab semirib ketishdan qo'rqayapsizmi?Sizdan 2 barobar semizroq bo'lgan tengdoshlaringiz nega unda tamaki chekadilarku ozib ketmaydilar? Semiradigan inson suv ichsa ham semirib ketaveradi. Gap shundaki, har bir inson organizmi xar xil tuzilishga ega, xattoki egizaklar tana tuzilishi ham bir xil emas. Aslida sizning tanangiz vazni qancha bo’lishini nazorat qilish o’zingizning qo’lingizda. Siz shunchaki to'g'ri ovqatlansangiz bo'ldi. 11 10. Qanday qo’shiqlar tinglaysiz? Qo’shiq tinglashni xush ko’ruvchilar ko’pincha yangi qo'shiqlarni tinglashga odatlanganligi sababli eski qo'shiqlar ularni tark etib boradi. Muammolarni yechishda eng zo’r motivatsiya bu qo’shiq ekan. Siz 9- 10yil avval sevib tinglagan qo’shiqlaringiz yodingizdami? O’sha qo’shiqlarni eslang, qidirib toping, va chekishni tashlashni boshlaganingizda ularni tinglang. “August Rush” filmini ko’rganmisiz? Filmni boshidan oxirigacha tamosha qilib aynan uning so’ngidagi ajoyib ibora mening yodimda qolgan edi : “Musiqa doimo bizning atrofimizda mavjud bo’lib, biz qilishimiz kerak bo’lgan ish faqat uni tinglashdur”. Ya’ni film ijodkorlari tamoshabinlarga qo’shiqni tinglay ola bilish kerak degan tushunchani talqin qilganlar. Ba’zi qo’shiqlarni tinglaganingizda so’z bilan tariflab bo’lmaydigan ko’zga ko’rinmas muxitga tushib qolganmisiz? Ana o’sha qo’shiqlarni izlab topib ko’proq tinglashga harakat qiling. Qo'shiqlarni tinglayotganingizda yoshligingizda tushgan rasmlarni tamosha qiling, yaxshi voqealarni eslang. Bu yo’l boshqa muammolarni yechishda ham o’z natijasini beradi. Chunki “To’g’ri tanlangan musiqa – salomatlik tabibidir”. Chekishni tashlashga meni nima majbur qildi? Men yosh bo’lsamda, hayotimda ko’plab muvaffaqiyatlarga erishganman, lekin men uchun eng katta g’alaba – bu chekishni tashlaganim. Siz ham bu g’alabaga erishishingiz mumkin. O’zingizga ishonib, sabrli bo’lsangiz bo’ldi. Qolaversa barchaning telefoniga sog’liqni saqlash vazirligidan quyidagi xabarlar tez-tez kelib turishini yaxshi bilamiz: - “Yurak ishemik kasalligining rivojlanishi kamharakatlilik, semizlik va chekish kabi zararli odatlar bilan bog’liq” - “Chekish – infarkt va insul’t kasalliklari sababchisidir” Axir bunday ogoxlantirishlarni endilikda barcha yerlarda uchratishingiz mumkin – kinofilm namoyishi boshida, ko’chalardagi bannerlarda, xattoki barcha tamaki qutilarida. Chekishni boshlagan odam bekor chekisni boshladim deyishi mumkin, deydi ham, lekin chekishni butunlay tashlab yuborgan odam xech qachon bekor chekishni tashlab yuboribman demaydi. Chekishni tashlashda menga nima yordam berdi? Avvalo otaxon bilan uchrashgan kunimdan boshlab chekishni tashlashimga qanday muammolar sabab bo’layotganligini o’rganib chiqdim. - Yuragim bezovta bo’lib, shifokorga borganimda bir qancha davolanish shartlarini qo’yishdi va qo’limdan kelsa chekishni tashlashim kerakligini aytishdi. Men esa chekishni tashlagandan ko’ra dorilar ichib davolanganim ma’qulroq degan maqsadda chekishda davom etaverdim. - Binolar zinalaridan ko’tarilayotganimda tez charchab qolib, nafas olishga qiynalayotganimni kuzatdim. Shifokor maslaxatlariga amal qilish kerakmikan degan umidda chekishni tashlamoqchi bo’ldim, lekin yaxshisi zinalardan sekinroq chiqaman deb o’zimni tinchlantirdim. 12 - Tamakining yoqimsiz xidi kiyimlarimga, badanimga va ayniqsa qo’llarimga o’tirib qolayotganligini kuzatdim, og’zimdan yoqimsiz xidlar kela boshladi. Yana o’ylanib qoldim, lekin xushbo’y xidli atirlar, mushkambarlardan, mazali chaqichlardan foydalanib yurdim. - Tamaki sotib olish uchun bir oyda qancha mablag’ sarflayotganimni xisoblab chiqib yana o’ylanib qoldim, lekin arzonroq tamakini xarid qila qolaman deya yana o’zimni tinchlantirdim. - Oyoqlarim tez muzlab qolayotganligini sezib qoldim, nimaga bunday bo’layotgan ekan deb o’ylab o’tirmadimda, ishdan kelib oyoqlarimni issiq suv solingan tog’orachaga solib muammoni xal qilayotgandek bo’ldim. - Ertalab yo’tal bezovta qilishidan charchadim, ko’zlarim tamaki tutunidan achishib ketishini ko’raverib o’zimga achinib ketdim. Ovqat iste’mol qilishda ishtaham yo’q bo’lib borayotganligini kuzatdim, erinchoq bo’lib qoldim, yuragim yana bezovta qila boshladi. Tanamdan yengil jaroxatlanib qolsam, shamollab qolsam yoshligimdagidek bir kunda emas, dorilar yordamida zo’rg’a 3-4 kunda tuzalayotganligimni payqab qoldim. Chekishda davom etarkanman, sog’ligimga jiddiy zarar yetkazganligimni va o’zim uchun emas, tamaki ishlab chiqaruvchilar uchun mehnat qilayotganligimni tushundim. Shunda o’zimda kuch, iroda topib chekishni butunlay tashlab yubordim. Chekishni tashlaganimdan so’ng quyidagilarga ega bo’ldim. - Erta tongda uyqudan xech qanday qiyinchiliksiz, “uyg’otadigan soatsiz” bemalol turadigan bo’ldim. - Ish unumdorligim oshdi, cho’ntagimda tamaki olib yuradigan joyim bo’shadi. - Nafas olishda ancha yengillik xis qila boshladim. - Tamakiga atalgan pullarim yonimga qoladigan bo’ldi. O’sha pullarni sog’liq uchun foydali mevalar va sabzavotlarga sarflaydigan bo’ldim. Ishtaham ancha yaxshilandi. - Charchoq nima ekanligini, qachon dam olish kerak eganligini, to’yib uxlash nima ekanligini unutib yubordim . - Erinchoqlik, ishonchsizlik, umidsizlik kabi xissiyotlar meni tark etdi. Hayotim yangitdan boshlanib ketdi. - Tish shifokoriga oxirgi marotaba qachon borganligimni unutib yubordim. - Xech qanday davolanishlarsiz, dorilarsiz sog’lig’im o’z-o’zidan yaxshilanib borayotganligini xis qildim. Erta tongda ko’chalar bo’ylab pioda yuradigan bo’ldim. - Ertalabgi yo’tal, boshim aylanishi, ertalabgi chanqoq, kiyimlardagi va tanamdagi yoqimsiz xidlar meni butunlay tark etdi. - Eng asosiysi o’zimni xotirjam xis qila boshladim. Demak, har bir chekishni tashlagan inson, bu narsalarga erishishi aniq!
Hurmatli kitobxon, chekishni tashlashga axd qildingizmi? Bu maqsadingizga erishish uchun quyidagilarni unutmang: 1. Tushingizda chekib yuborishingiz mumkin, lekin o’ngingizda aslo bunday qila ko’rmang. 2. Xar kuni o’zingizga yoqadigan yangi qo’shiqlarni topib, dam olish vaqtlaringizda ularni eshitishda davom eting. 3. Kitob do’konlariga, kutubxonalarga kirib, o’zingizga yoqqan kitoblarni olib, uyga qo’yib qo’ying. Vaqt o’tishi bilan odatdagidan ertaroq uyg’onish siz uchun oddiy xol bo’lib qoladi. Aynan shunday vaziyatlarda olib qo’ygan kitoblarni o’qishingiz mumkin.
13 4. Ajoyib biznes g’oyalar uyg’onib qolishi mumkin. Ularni telefoningiz xotirasiga yoki qog’ozga yozib qo’ying. Zudlik bilan yozib qo’ymasangiz yodingizdan ko’tarilib qolishi mumkin. Ular sizga kelajakda katta daromad va ko’plab muvaffaqqiyatlar keltirishi mumkin. 5. Suvni ko’proq iste’mol qilishga harakat qiling. Organizmdan nikotin tezroq chiqib, tezroq tozalanadi. Yog’lik ovqatlar kamroq iste’mol qilishga harakat qiing. Eng asosiysi to’yib ovqatlanmang. Qorningiz juda to’yib qolsa ilk kunlarda tamaki chekishga tortib qolishi mumkin. 6. Nonushtadan so’ng oynaga qarab, tamaki chekishni tashlaganingizdan so’ng yuzingizni tiniqlashib borayotganligi guvohi bo’ling. 7. Tamaki chekadiganlar bilan ularning chekish vaqtlarida oldilarida turmaslikka harakat qiling. Agar unday qila olmasangiz, o’zingizni irodangiz kuchini sinab ko’ring. Sizning oldingizda chekishlariga qaramasdan chekmang. 8. O’tgan yillarni faqat eng yaxshi voqealarini eslash uchun unutmang. Ularni xotiralash sizga quvonch keltirishi kerak. 9. Telefonda kamroq suxbatlashishga harakat qiling. 10.Chekishni tashlaganingizdan so'ng 1 хafta - 10 kungacha kunlarni o'zingiz buni istamasangiz ham sanaysiz. 10 kundan keyingi muddatni sanab o'tirmang. Axir buni sizga keragi ham yo'q, siz chekishdan deyarli qutilgan bo’lasiz. 11.Asabingizni saqlang. Uni nazorat qilish o'z qo'lingizda. 12.Sport bilan shug’ullanishni unutmang. Xech bo’lmasa ko’proq pioda yurishga xarakat qiling. O’tirib- turish mashqlarini esdan chiqarmang. 13.Ovqatni yaxshi xazm bo’lishi uchun ko’katlar, sabzavotlarni ko’proq iste’mol qiling. 14.Tabiat qo’ynida ko’proq sayr qiling. Uning qanchalar go’zal ekanligini ko’ra biling. Toza havoda nafas olganingizda tanangiz bundan sizga qanchalar minnatdor bo’lishini kuzating. Taniqli insonlarning quyidagi maslaxatlarini esa xar kuni ko’zingiz tushadigan yerga ilib qo’ying: 1.“Chekishni tashlashni eng zo’r yo’li — yoshlikdan chekishni boshlamaslik” - Vladimir
Borisov 2. “ Chekishni yaxshi tomoni ham bor ekan, agar men bu ishni qilib ko’rmaganimda tamaki chekmaydigan kishilar qanchalar baxtli ekanliklarini xech qachon bilmagan bo’lardim” – chekishni tashlagan marafonchi 3. “O’tib ketganni ortga qaytarib bo’lmaydi, asosiysi - xozir o’zingda borini yo’qotmaslik kerak” - O’sho’
4. “Xech qachon sabr qilishdan to’xtamang – sabr sizga barcha eshiklarni ochib beruvchi kalitdur” – Antuan de Sent-Ekzyuperi 5. Eng ajoyib kun bu “ertaga”. Ertaga men sport bilan shug’ullanaman, bilim olishni boshlayman, mashaqqat bilan mehnat qilaman, chekishni tashlayman, kitob o’qishni boshlayman, kechqurun 6 dan keyin ovqatlanishni to’xtataman… Lekin uyg’onar ekanman negadur xar safar “bugun”ni ko’raman. 6. Chekib bo’lingan tamakini yerga tashlab, o’chirish uchun uni bosganingizda, aslida portlovchi minani bosayotganingizni unutmang, chunki u bir kun kelib portlashi muqarrar - Shoisayev Aziz Aziz kitobxon! Ushbu kitobimdagi hayotiy misollar, tarixiy ma’lumotlar va bir qancha insonlar bilan o’tkazilgan suxbatlarim natijasi orqali sizga qandaydir yordam ko’rsata olganligimga juda ishonaman. Omadga erishishni istaganlar uchun asosiy manbaa – unga ishonishdir. Unutmang, sog’ tanda sog’lom aql! Sizga omad, soglik va salomatlik tilayman! Shoisayev Aziz Savol va takliflar bo’lsa telegram +998903215981, dropsmoking@mail.ru 14 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Sog’lom bo’lishning o’nta siri –Adam Jekson 2. Boy ota, kambag’al ota – Robert Kiyosaki 3. “ne kurim.ru” – internet sayt 15 Mundarija 1. Mening orzuimdagi shaxar 2. Unutilmas uchrashuv 3. Bilishimiz zarur bo’lgan tarixiy manbalar 4. Chekishni o’z vaqtida tashlashga ulgurganlar 5. Nima sababdan chekyapsiz? 6. Aynan nima maqsadda xozir chekyapsiz? 7. Chekishni tashlashga urinib ko’rganmisiz? 8. Chekishni tashlashga xoxishingiz bormi? 9. Oilalimisiz? (Turmush qurganmisiz) 10. Telefonda ko’p suxbatlashasizmi? 11. Mashina xaydaysizmi 12. Sport bilan shug’ullanasizmi? 13. Qanday oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qilasiz? 14. Qanday qo’shiqlar tinglaysiz? 15. Chekishni tashlashga meni nima majbur qildi? 16. Chekishni tashlaganimdan so’ng quyidagilarga ega bo’ldim. 17. Xulosa o’rnida Document Outline
Download 366.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling