Cheksiz katta miqdorlar. Endi cheksiz katta miqdor tushunchasi va uning xossalari bilan tanishamiz.
Ta'rif. Agar f(х) funksiya uchun shart bajarilsa, unda bu funksiya ха (a−ixtiyoriy chekli yoki cheksiz son) bo‘lganda cheksiz katta miqdor dеb ataladi .
Masalan, f(х)=tgx funksiya хπ/2, f(х)=(x−1)–3 funksiya х1 va f(х)=x2 funksiya х±∞ bo‘lganda cheksiz katta miqdor bo‘ladi.
4-TEOREMA: Agar f(х) va g(x) funksiyalar x→a bo‘lganda cheksiz katta miqdorlar bo‘lsa, unda x→a shartda quyidagi tasdiqlar o‘rinlidir:
1) |f(х)|+|g(x)| va f(х)∙g(x) cheksiz katta miqdor bo‘ladi;
2) Agar bo‘lsa, unda f(х)∙h(x) va f(х)/h(x) cheksiz katta miqdor bo‘ladi;
3) Ixtiyoriy C o‘zgarmas soni va chegaralangan φ(x) funksiya uchun Cf(x) va φ(x)f(x) funksiyalar cheksiz katta miqdor bo‘ladi.
Teoremaning isboti bevosita 8-ta’rifdan kelib chiqadi va uning ustida to‘xtalib o‘tirmaymiz.
Izoh: Yuqoridagi teorema shartlarida |f(х)|–|g(x)| va f(х)/g(x) funksiyalar cheksiz katta miqdor bo‘lishi shart emas. Bu funksiyalar x→a bo‘lganda mos ravishda ∞−∞ va ∞/∞ ko‘rinishdagi aniqmasliklar deyiladi va ular kelgusida(VIII bob, §6) to‘liqroq ko‘rib chiqiladi.
Cheksiz katta va cheksiz kichik miqdorlar orasidagi bog‘lanish quyidagi teorema orqali ifodalanadi.
5-TEOREMA: Agar f(х) funksiya x→a bo‘lganda cheksiz katta miqdor bo‘lsa, unda shu holda 1/f(x) funksiya cheksiz kichik miqdor bo‘ladi. Aksincha, agar α(х) funksiya x→a bo‘lganda cheksiz kichik miqdor bo‘lsa, unda shu holda 1/α(x) funksiya cheksiz katta miqdor bo‘ladi.
Bu teoremani ham isbotsiz qabul etamiz. Masalan, f(х)=(x−1)–3 funksiya х1 bo‘lganda cheksiz katta miqdor, α(х)=1/f(x)=(x−1)3 funksiya esa х1 bo‘lganda cheksiz kichik miqdor bo‘ladi. Shu sababli kelgusida biz asosan cheksiz kichik miqdorlar bilan ish ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |