Chet el adabiyoti tarixi


Download 410.44 Kb.
Pdf просмотр
bet1/6
Sana12.04.2017
Hajmi410.44 Kb.
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI 

  

 AJINIYOZ  NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 



  

  

  



                      O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI 

  

  



  

  

  



  

  

  



  

 "CHET EL  ADABIYOTI TARIXI" 

  

 FANIDAN MA'RUZA MATNI 



  

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

  

  



  

  

 NUKUS - 2011 



  

 


 

 



 

 

1-mavzu: 



           

 

 



KIRISH. YUNON ADABIYOTI 

                         

 

 

 

   REJA: 

 1. Antik madaniyat va adabiyotning tarixiy axamiyati 

  2.   Mif va afsonalarning paydo bulishi 

 3. Kadimgi yunonlarning diniy tasavvurlari 

  

  Antik adabiyot. Eng kadimiy adabiy yodgorliklar. Mifologiya. Yunon adabiyoti. 



Folklor. Didaktik epos. Lirika. Tragediya. Komediya. Nasr. 

  Ellinizm  davri  adabiyoti.  Lirika.  Dostonlar.  Nasr.  Roman.  Bukolikalar. 

Idilliyalar. "Yangi" komediya. 

  Rim  adabiyoti.  Lirika.  Nasr.  Drama.  Komediya.  Avgust  asri  adabiyoti.  Rim 

adabiyotining  "oltin  davri".  Bukolikalar.  Georgikalar.  Kasidalar.  Nomalar. 

Dostonlar. 

  

 I.  Antik  jamiyat  -  insoniyat  rivojlanishining  aloxida  boskichi  sifatida.  Antik 



jamiyatning rivojlanish boskichlari. Antik adabiyot va madaniyatning istiklol davri 

uchun tarixiy axamiyati. 

 Antik  dunyo  bilan,  xususan  Misr,  Bobil,  Yunoniston  kabi  mintakalar  bilan 

Markaziy Osiyoning madaniy alokalari. Ipak yulining kup kismi mamlakatimizdan 

o'tishi  hunarmandchilik,  savdo-sotiqning  erta  va  keng  rivojlanishiga  olib  keldi. 

Antik dunyoning jahon madaniyatiga ta'siri, uni o'rganish manbalari. Adabiyot va 

yodgorliklarning saqlanishi, tarjima va qo'llanmalar. 

 Qadimda  yunon  qabilalarining  vujudga  kelishi.  Yunon  folklori:  mehnat  va 

marosim  qo'shiqlari,  dehqonchilik  qo'shiqlari,  to'y  va  ziyofatlarda  aytiladigan 

qo'shiqlar, ertaklar, maqol va matallar, topishmoqlardan iboratligi yunon xalqining 

anchagina boy va rang-barang og'zaki adabiyoti bo'lganidan dalolatdir. 

 Yunon mifologiyasi ming yillik tarixga ega. 

 Xalq  og'zaki  ijodining  mahsuli  bo'lmish  mif  va  afsonalar  kishilarning  zaif 

tomonlarinigina  emas,  balki  ularning  kuch-qudrati  va  orzu-armonlarini  ham 

fantaziya asosida tasvirlaydi, mujassamlashtiradi, u adabiyot va san'atning ravnaq 

topishiga zamin tayyorlaydi. 

 Mif  va  afsonalar  uchun  yaxshilik  bilan  yomonlik,  nur  bilan  zulmat  o'rtasidagi 

kurash  xarakterlidir.  Kishilar  yaxshilik,  baxt-saodat,  quyosh  nuri  va  issiqlikni 

yomonlik,  baxtsizlik,  zulmat  va  dahshatli  sovuqqa  qarama-qarshi  qo'yib,  baxt 

o'lkasi,  baxtsizlik  o'lkasi  degan  miflarni  yaratganlar.  Tabiatda  ulug'  va  foydali 

kuchlar  -  quyosh  va  suv  abadiy  bo'lgan  o'lka  hamda  ofat  keltiruvchi  kuchlar  - 

zulmat va kulfat abadiy bo'lgan o'lka bor deb hisoblaganlar. Ko'pchilik mifologik 

obrazlar mana shu ikki o'lka va ular o'rtasidagi kurash fonida gavdalanadi. 

 Barcha  xalqlarning  tarixida  bo'lgani  kabi  yunon  adabiyoti  ham,  muqarrar,  miflar 

zaminida  yuzaga  kelgan.  Kollektiv  ijod  natijasida  maydonga  kelgan  miflar  va 

afsonalar  kishilarning  tabiat  haqidagi  tushunchalarini  ifoda  etgan.  "Koinotning 

chaqmoq,  momaqaldiroq,  zilzala,  bo'ron,  to'fon,  yong'in,  oy  va  quyosh  tutilishi 


 

 



 

kabi  hodisalari  qurshovida  yashagan  ibtidoiy  odam,  bu  hodisalar  sababini 

anglamasdan,  tabiatdagi  bu  o'zgarishlarga  ilohiy  ma'no  bergan.  Bugun  borliqni 

ins-jinslar,  dev-parilar  va  boshqa  turli-tuman  mahluqlar  makoni  tarzida  tasavvur 

etgan, ular haqida diniy afsonalar yaratgan. 

 "O'zbek tilining izohli lug'ati"da bu so'zlar quyidagicha izohlangan: 

 MIF  -  Xudolar,  afsonaviy  qahramonlar,  dunyoning  yaratilishi  va  yer  yuzida 

hayotning paydo bo'lishi haqidagi qadimiy xalq rivoyatlari, afsona. 

      

     MIFOLOGIYa - 1.  Miflar haqidagi fan. 



                    2. Biror xalqning miflari, afsonalari majmui  

 ("O'zbek tilining izohli lug'ati", I tom, Moskva, 1981, 468-bet). 

 Biz  bu  ta'rifni  butunlay  rad  etmagan  holda,  unga  bir  oz  o'zgartirish  kiritish 

tarafdorimiz.  Ajdodlarimizning  dunyo  tuzilishi  to'g'risidagi  tushunchalari,  tabiat 

va  kishilik  jamiyatida  sodir  bo'layotgan  barcha  hodisalarni  tushuntirishga 

intilishlari  miflarda  o'z  aksini  topgan.  Shu  bois  ham,  miflardagi  xudolar,  ma'bud 

va  ma'budalar  obrazlariga  ajdodlarimiz  tomonidan  yaratilgan  ilk  badiiy  obrazlar 

sifatida qarashimiz kerak deb hisoblaymiz. Ular bu obrazlar orqali adolat, haqiqat 

va ezgulik kabi fazilatlarni ulug'laganlar. Keyinchalik xudolar obrazi jamiyatdagi 

voqelik  bilan  uyg'unlashtirilgan,  unga  yaqinlashtirilgan.  Bu  esa  xudolar,  ma'bud 

va ma'budalar obrazlarining xayoliy emasligini ma'lum darajada tasdiqlaydi. Ya'ni 

miflar  shunchaki  xayol  mahsuli,  kishilarning  tabiat  hodisalari  oldidagi  o'z 

ojizligini tan olish emas, balki insoniy fazilatlar ulug'langan, kishilarning orzulari 

ifodalangan,  kishilarni  hayotni  sevishga,  har  qanday  ishda  g'olib  chiqishga 

yo'llovchi va insonning kuch-qudratini ulug'lovchi ilk asarlardir. 

 Yunon  miflari  hali  yunonlar  xat-savodni  bilmagan  vaqtlaridayoq  yaratila 

boshlangan, asrlar davomida sekin-asta tartibga kelgan, og'izdan-og'izga, nasldan-

naslga o'tgan va hech qachon alohida bir kitob shaklida yozilmagan. Miflarni biz 

qadimgi  yunon  adiblaridan  Gesiod  va  Xomerlarning,  yunon  dramaturglari  Esxil, 

Sofokl,  Evripid  hamda  ancha  keyinroq  yashagan  yozuvchilarning  asarlarida 

ko'ramiz.  Shuning  uchun  ham  yunon  miflarini  har  xil  manbalardan  to'plab,  bir 

tizimga yig'ishga to'g'ri kelgan. 

 Miflarda  hikoya  qilinishicha,  yerda  dastavval  dahshatli  mahluqlar:  DEVlar, 

oyoqlari  o'rnida  bahaybat  ilonlar  bilanglab  turgan  GIGANTlar,  kattaligi  tog'day 

YuZ-QO'LLIKlar,  peshonasi  o'rtasida  bittagina  chaqchaygan  ko'zi  bor  vahshiy 

KIKLOP  (SIKLOP)lar,  Yer  va  osmonning  dahshatli  bolalari  -  qudratli TITANlar 

yashagan.  Yunonlar  GIGANTlar  va  TITANlar  obrazida  tabiatning  yovuz 

kuchlarini  gavdalantirganlar.  Miflarning  hikoya  qilishicha,  oqibat  natijada 

tabiatning bu yovuz kuchlari dunyoda tartib o'rnatgan va unga hukmronlik qilgan 

Chaqmoq,  Chaqar  va  Bulut  quvlar  osmon  iohi  ZEVS  tomonidan  jilovlangan  va 

bo'ysundirilgan. TITANlar o'rniga ZEVS saltanati bunyodga kelgan. 

 Yunonlar  xudolarni  odam  shaklida  tasavvur  qilganlar,  ularning  bir-birlari  bilan 

munosabati  ham  kishilar  o'rtasidagi  munosabatga  o'xshagan.  Yunon  xudolari 

o'zaro  janjallashgan,  yarashgan,  odamlar  hayotiga  doimo  aralashib  turgan, 



 

 



 

urushlarda  ishtirok  etgan.  Har  bir  xudoning  o'ziga  yarasha  ishi  bo'lgan,  olamda 

ma'lum "xo'jalik"ni "boshqargan". Yunonlar o'z xudolariga odamlar singari tabiat 

(xarakter)  va  xulq-atvor  berganlar,  xudolar  oddiy  odamlardan  faqat  o'lmasligi 

bilangina farq qilgan. 

 Har bir yunon qabilasining o'z yo'lboshchisi, harbiy boshlig'i, sudyasi va xo'jayini 

bo'lgani  kabi,  yunonlar  ZEVSni  xudolarning  boshlig'i  deb  hisoblaganlar. 

Yunonlarning e'tiqodicha, ZEVSning oilasi -aka-ukalari, xotini va bolalari u bilan 

birgalikda  dunyoga  hukmronlik  qilgan.  ZEVSning  xotini  GERA  oila,  nikoh,  uy-

ro'zg'or himoyachisi hisoblangan. ZEVSning akasi POSEYDON dengizlar ustidan 

hukmronlik  qilgan,  ukasi  AID  (GADES)  esa  yer  osti  o'liklar  dunyosini 

boshqargan. ZEVSning singlisi DEMETRA dehqonchilik ma'budasi bo'lib, hosilni 

boshqarib  turgan.  ZEVSning  bosh  xotini  GERAdan  va  boshqa  ma'budalardan 

ko'rgan  bir  qancha  farzandlari  ikkinchi  darajali  ma'budalar  qatoriga  kirgan. 

GERAdan  tug'ilgan  birinchi  o'g'li  GEFEST  -  otash  ma'budi,  temirchilik  homiysi; 

ikkinchi  o'g'li  ARES  -  qonli  urushlar  ma'budi;  zulmat  ma'budasi  LATONdan 

tug'ilgan  o'g'li  APOLLON  -  yorug'lik,  san'at,  she'riyat  va  musiqa  ma'budi,  ulug' 

qohin  hamda  buyuk  chavandoz;  uning  singlisi  ARTEMIDA  -  qamar  ma'budasi, 

o'rmonlar  va  ularda  yashovchi  jonivorlar  malikasi,  charchashni  bilmaydigan 

ZEVSning  miyasidan  bunyodga  kelgan  AFINA  PALLADA  -  donolik  ma'budasi, 

hunar  va  bilim,  shaharlar  homiysi;  Olimp  sultonining  zebo  qizi  AFRODITA  va 

uning o'g'li EROT - sevgi va go'zallik ma'budalari; parizod MAYYadan tug'ilgan 

o'g'li  GERMES  -  ma'budalar  jarchisi,  murdalar  ruhini  oxiratga  kuzatib  boruvchi, 

sayyoh va savdogarlar homiysi, badantarbiya ishlarining rahnamosi. 

 Miflarning hikoya qilishicha, bu xudolar odamlar kO'zidan doimiy bulutlar bilan 

to'silgan  OLIMP  tog'ida  istiqomat  qilganlar,  "xudolar  ovqati"  -  obi-hayot  va 

ambroziya  yeb  kun  kechirganlar.  Barcha  ishlar  ZEVS  huzuridagi  bazmlarda  hal 

qilingan.  Yerdagi odamlar o'z kasblariga ko'ra, xudolardan biriga sajda qilganlar, 

ularga atab ehromlar qurganlar, xayr-ehson keltirib, qurbonlik qilganlar. 

 Miflarda  ko'rsatilishicha,  bu  asosiy  xudolardan  tashqari  butun  yer  yuzi  tabiat 

kuchlarini  gavdalantirgan  ma'bud  va  ma'budalar  bilan  to'la  bo'lgan.  Daryo  va 

soylarda nimfa NAYaDlar, dengizda NEREIDlar, o'rmonda echki oyoqli, boshida 

shoxi bor - DRIADlar va SATIRAlar yashaganlar; tog'larda nimfa EXO yashagan. 

Osmonda  GELIOS  -  quyosh  hukmronlik  qilgan,  u  nafasidan  o't  chaqnovchi  otlar 

qo'shilgan  oltin  aravasida  har  kuni  dunyoni  aylanib  chiqqan;  qip-qizil  EOS  - 

shafaq  dunyoga  uning  chiqishidan  darak  bergan;  tunlari  osmonda  SELENA  -  oy 

hasrat  chekkan.  Shamollar  ham  har  xil  ma'budalar  bilan  ifodalangan:  dahshatli 

shimoliy  shamol  BOREY  bo'lsa,  iliq  va  mayin  shamol  ZEFIR  bo'lgan.  Kishilar 

hayotini  uchta  taqdir  ma'budasi  -  MOYRAlar  idora  etgan,  ular  kishi  hayotining 

ipini  tug'ilganidan  to  o'lguncha  yigirib  turganlar  va  istagan  paytlarida  uzib 

yuborishga qodir bo'lganlar. 

 ZEVS  -  xudolar  xudosi,  Olimp  tog'ida  joylashgan  saroy  taxtida  o'tirib,  o'z  qo'li 

ostidagi  saltanat  -  koinotni  boshqaradi.  Shu  jihatdan  uni  o'zbek  mifologiyasidagi 

ezgulik xudosi AXURA MAZDA (XURMUZ)ga o'xshatish mumkin. Lekin uning 



 

 



 

AXURA  MAZDAdan  farqli  tomoni  shundaki,  ZEVSning  tabiatida  keskinlik  va 

qattiqqo'llik ham uchraydi. Buni quyidagi misollarda aniq ko'rish mumkin: 

 1.  Esxilning  "Zanjirband  Prometey"  tragediyasiga  asos  bo'lib  xizmat  qilgan, 

Yunonistonda  keng  tarqalgan  PROMETEY  haqidagi  afsonada  aytilishicha, 

PROMETEY qadimgi ma'budalar nasliga mansub TITANlardan bo'lgan; ZEVS o'z 

otasi KRONOSni OLIMP taxtidan ag'darib, uning o'rniga o'zi mavjudod hukmroni 

-  bosh  ma'bud  bo'lib  olganida,  TITANlar  unga  qarshi  bosh  ko'tarishadi,  OLIMP 

tog'ida ko'tarilgan dahshatli jangda TITANlardan yolg'iz PROMETEYgina ZEVS 

tomonida  turib,  sheriklariga  qarshi  kurashadi.  ZEVS  o'z  dushmanlarini  tor-mor 

etib ko'ngli tinchigach, odamzodni mahv etib, yangi bir nasl yaratmoqchi bo'ladi. 

hukmronning  nohaq  niyatlaridan  qattiq  nafratlangan  PROMETEY  OLIMP 

mehrobidagi  muqaddas  o'tdan  uchqun  o'g'irlab,  odamzotga  keltirib  beradi  va  shu 

jasorati  bilan  ularni  halokatdan  saqlab  qoladi.  Biroq  PROMETEYning  odam 

bolalariga  qilgan  bu  yaxshiligi  bosh  xudoni  g'azablantirib,  ulug'  TITAN  boshiga 

ko'p kulfatlar soladi. ZEVS uni qoyaga zanjirband etib, parchinlab qo'yishga hukm 

chiqaradi. 

 2. Kekchi rafiqasi GERAning ba'zi qiliqlaridan bezor bo'lgan ZEVS uni yer bilan 

osmon  o'rtasiga  osib  qo'yib,  chaqmoqlari  bilan  uch  kecha-yu,  uch  kunduz 

savalaydi.  Onasining  yoniga  tushgan  GEFESTni  OLIMP  tog'idan  shunday  itarib 

yuboradiki, bechora otash ma'budi bir umrga oqsoq bo'lib qoladi. 

 Ma'budalarni odam qiyofasida tasavvur etish, o'z navbatida mifologiyani haqiqiy 

hayotga  yaqinlashtirdi  va  uning  obrazlariga  chinakam  hayotiylik  bag'ishladi. 

Yunon  mifologiyasining  bemisl  boyligi,  obrazlarining  nafisligi  butun  insoniyat 

tarixi  davomida  kitobxonning  diqqatini  o'ziga  jalb  etib  keldi,  yunon  adabiyoti  va 

san'atiga esa behad-behisob porloq mavzular hadya qildi. 

 Yunonlar  xudolar  to'g'risidagi  miflardan  tashqari  qahramonlar  to'g'risida  ham 

miflar yaratganlar. qadimgi Yunoniston bir butun davlat bo'lgan emas, ular bir-biri 

bilan tez-tez urushib turadigan, ba'zi-ba'zida birlashib, umumiy dushmanga qarshi 

kurashgan  mayda  shahar-davlatlardan  tashkil  topgan.  har  bir  shaharning,  har  bir 

viloyatning  o'z  qahramoni  bo'lgan.  Masalan  Afina  qahramoni  ona-vatanini 

istilochilardan  himoya  qilgan  va  bahaybat  MINOTAVR  buqasini yakkama-yakka 

olishib  yenggan  TEZEY  ismli  yigit  bo'lgan.  MINOTAVR  buqasi  yemish  uchun 

Afina  o'g'il-qizlaridan  olib  turar  ekan.  Frakiya  qahramoni  mashhur  qo'shiqchi 

ORFEY  bo'lgan.  Agrivyanlarning  qahramoni  bir  qarashda  odamni  toshga 

aylantirib qo'yuvchi MEDUZAni o'ldirgan PERSEY bo'lgan. 

 Keyinchalik Yunon qabilalari sekin-asta birlashib, yunonlar o'zlarini yagona xalq 

ellinlar  deb  bilganidan  so'ng  GERAKLni  butun  Yunonistonning  qahramoni  deb 

e'tirof  etishgan.  Turli  Yunon  shaharlari  va  Miflar  yaratilgan.  Gerakl  -  xalq 

qaramoni. 

 Gerakl qahramonliklari turkiy xalqlar yaratgan "Gershasp",  

 "Elikbek"  kabi  miflardan  ko'ra  ko'proq  qahramonlik  eposlari  hisoblangan 

"To'maris"  va  "Shiroq"  afsonalariga  o'xshab  ketadi.  Bizga  ma'lumki,  To'maris 

ham,  Shiroq  ham  xalq  qahramoni  obrazlari  bo'lib,  ular  taxminan  eramizdan 



 

 



 

avvalgi  VI-V  asrlarda  yashab  o'tgan  tarixiy  shaxslardir.  Geraklni  esa  bizdan  bir 

necha o'n asrlik olis masofa ajratib turadi. 

 Xalqimizda:  "har  qanday  afsona  va  rivoyat  zamirida  oz  bo'lsada,  haqiqat 

mavjuddir",  -  degan  ibora  bor.  Ehtimol,  yunon  xalqi  yaratgan  "Gerakl"  afsonasi 

zamiridagi  haqiqat  tarixda  yunon  mamlakatida  Gerakl  ismli  xalq  qahramoni 

yashab o'tganligidir... 

 2-mavzu: 

 KADIMGI ADABIY YoDGORLIKLAR  

                                                       Reja: 

 1. Xomerning "Illiada" va "Odisseya" dostonlari 

 2. Dostonda kaxramonlar timsoli 

 3. Eramizdan avvalgi 5-4 asrtardagi yunon adabiyoti 

  

 Qadimgi  adabiy  yodgorliklar  sifatida  XOMERning  "Iliada"  va  "Odisseya" 



dostonlarini ko'rsatish mumkin. Har ikki dostonning mavzusi Troya afsonalaridan, 

ya'ni yunonlar bilan troyaliklar o'rtasida bo'lib o'tgan urush rivoyatlaridan olingan. 

Xomer dostonlarida aks ettirilgan jamiyat taraqqiyotining bosqichlari. 

 "Iliada" dostoni 15700 misradan iborat bo'lib, 24 bobga bo'lingan. Asarning bosh 

mavzusi  -  Axill  g'azabini  kuylash.  Axill  -  yunonlar  bahodiri.  Uning  bahodirligi 

do'sti  Patrokl  uchun  troyaliklarga  qarshi  jangga  kirib,  troya  bahodiri  Gektorga 

qarshi  kurashida  ko'rinadi.  "Iliada"  -  "Jangnoma"  bo'lsa,  "Odisseya"  - 

"Sayohatnoma"dir. "Odisseya" dostonida Troya urushining bosh qaqramonlaridan 

biri, Itakiya shohi Odisseyning sarguzashtlari hikoya qilinadi. 

 "Iliada"  va  "Odisseya"  dostonlari  xalq  og'zaki  adabiyoti  asosida  yaratilgan 

qaqramonnomaning  klassik  namunasi  sifatida.  Dostonlarning  syujet  qurilishi, 

badiiy darajasi. Dostonlarning yaratilish usuli - realistik usul. 

 "Iliada"  va  "Odisseya"  qahramonlari  -  harbiy  demokratiya  va  urug'chilik 

jamoasining  inqirozga  yuz  tuta  boshlagan  davridagi  yunon  qabilalarining 

orzularini ifodalovchi asarlardir. 

 Dostonlarda  xudolar  va  odam  qahramonlar  obrazi;  ularning  insoniyligi, 

hayotiyligi, xarakterlarining individualligi. 

 Xomer dostonlarining uslubi, badiiy vositalardan foydalanishi. "Iliada"ning qodir 

Mirmuhamedov tomonidan qilingan o'zbekcha tarjimasi. 

 Ma'lumki,  tarixiy  o'tmishdagi  muhim  voqealar  to'g'risida  qahramonlik  dostonlari 

hamma xalqlarda, jumladan, o'zbek xalqida ham bor. Xomer dostonlari bilan O'rta 

Osiyo xalqlarining mardlik, bahodirlik dostonlaridan biri - "Alpomish" o'rtasidagi 

yaqinlik. 

 Bu o'rinda o'xshashliklar ko'p. Xomer masalasi. 

 Xomer  har  qanday  sevimli  shoirdek,  avvalo  har  bir  kitobxonning  shaxsiy 

emotsional  tuyg'ulariga  murojaat  qiladi.  Uning  qarashlarida  abadiy  va  azaliy 

muammolargina  emas,  keyingi  barcha  zamonlarga  tegishli  da'vatlar ham seziladi. 

Bizningcha, har bir hozirgi kitobxon ham bu qadimiy eposlarda davrimizning eng 

dolzarb muammosi - urush va tinchlik haqida o'zini hayajonlantiruvchi mulohaza 


 

 



 

va his-tuyg'ularni topadi. Ovro'po xalqlari adabiyotlarining eng yaxshi namunalari 

ezgulik  va  insonparvarlik  g'oyalari  bilan  sug'orilar  ekan,  bunda  qadim  yunon 

eposlarining  ta'siri  yo'q  deb  bo'lmaydi.  Jumladan,  Xomer  hatto  o'zining  eng 

sevimli  qahramoni  Axillning  ham  intiqom  iztirobida  es-hushini  yo'qotib 

vahshiyona  qon  to'kishini  kechirmaydi.  U  mehmondo'st  qo'shnisiga  xiyonat  qilib 

urush  boshlanishiga  sabab  bo'lgan  troyaliklarga  ham  insoniy  bir  shafqat  tilaydi, 

O'z  shaharlarini,  bolalarini,  hayotlarini  himoya  qilishga  majbur  bo'lgan,  o'z 

shahzodasi  Parisning  kasriga  qolgan  troyaliklarga  xayrixohlik  bildiradi.  Biroq 

oddiy  kishilarga  bo'lgan  bu  xayrixohlik  hech  bir  joyda  yovuzlikni  oqlash, 

xiyonatni 

xaspo'shlash 

tusini 

olmaydi. 



Axloqiy 

pozitsiyaning 

bunday 

mustahkamligi, hayotbaxshligi, ezgulik va halollikka, jahoniy uyg'unlik va mangu 



go'zallikka intilish - bu dostonlarning umrboqiyligini ta'min etgan. 

 Nazarimizda,  dostonlarning  barcha  xalqlar,  barcha  zamonlar  uchun  barhayotligi 

sabablaridan yana biri - she'riyat dahosining qalam va kalom qudratidir. 

 Yunon  adabiyotidagi  didaktik  eposning  eng  birinchi  namunasi  Gesiodning 

"Mehnat  va  kunlar"  poemasidir.  Asar  inson  mehnatining  ulug'ligi,  adolatning 

barqarorligi  va  mehnat  ahlining  tirikchiligi  yo'lida  uchraydigan  turli  masalalar 

haqidagi  nasihatlar  shaklida  yozilgandir.  Asarga  kirgan  "qirg'iy  bilan  Bulbul" 

masalida  shoir  zamonidagi  ijtimoiy  tengsizlik  ifodalangan.  Zo'ravonlik  hukmron 

bo'lgan  zamonda  faqirlar  uchun  yagona  chora  -  mehnat  qilish  va  mehnat  orqali 

tirikchilik o'tkazish degan fikrni ilgari suradi. 

 Eramizgacha  bo'lgan  VII-VI  asrlarda  yunon  jamiyati  va  madaniyati.  Yunon 

hayotida  ro'y  bergan  ijtimoiy  siyosiy  o'zgarishlar  natijasi  o'laroq  adabiy  janr 

sifatida lirikaning paydo bo'lishi. 

 Yunon  tilidagi  "Lirika"  cholg'u  asbobi  "lira"dan  olingan  bo'lib,  musiqa  bilan 

aytiluvchi  she'r  degan  mazmunni  bildiradi.  Har  bir  lirik  shoir  ham,  muallif  ham 

bastakor  bo'lgan.  Keyinchalik  lirikaning  Yamb  va  elegiya  turlari  adabiy  janrga 

aylandi. Shu bilan birga yakka shaxs tomonidan ijro etiladigan - monodik lirika va 

xor  lirikasi  vujudga  keldi.  qadimgi  yunon  she'riyatida  qofiya  bo'lgan  emas,  lekin 

ohangdorlikni  belgilovchi  vazn  bo'lgan.  Manbalarning  bergan  ma'lumotiga  ko'ra 

yunon lirikasi boy va rang-barang bo'lgan. Elegik lirikaning vazni ham, mazmuni 

ham  epik  dostonlarga  yaqin  turadi.  Yamb  -  hazil  -  mutoibani,  tanqidiy  fikrlarni 

ifoda etuvchi she'riy asar. 

 Bizga  ma'lum  bo'lgan  eng  qadimgi  elegiyanavis  shoir  Kallindir,  Elegiyalarida 

vatanni  himoya  qilishga  da'vat  etadi.  Bu  mavzu  shoir  Tirtey  ijodida  davom 

etdirilib,  she'rlarida  Sparta  lashkarlarini  vatanni  muhofaza  qilishga,  dushmanga 

nisbatan  shafqatsiz  bo'lishga  chaqiradi.  Shoiring  ta'biricha,  jangchining  oliy 

fazilati  -  botirlik  va  jasoratdir.  Shu  bilan  birga  qo'rqoqlik,  nomardlikni  qattiq 

qoralaydi.  Tirteyning  elegiyalari  butun  yunon  olamida  keng  tarqalgan.  Shoirning 

she'rlari jangga ketayotgan lashkarlarning jangovar qo'shig'iga, maktab talabalarini 

vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi darslikka aylangan. 

 Arxilox  ijodida  insonning  shaxsiy  tuyg'ulari  o'z  ifodasini  topgan.  Uning 

poeziyasida  boshidan  kechirgan  og'ir  hayoti,  alamli  muhabbati  tasvirlanadi. 



 

 



 

Arxilox ijodida elegiya va yamblar yaratgan. 

 Bu  davrda  monodik,  ya'ni  yakkaxon  lirika  ham  rivojlandi.  Shoir  Alkey  bilan 

Sapfolar  bu  lirika  vakillaridir.  Alkey  ijodida  siyosiy  mavzular  bilan  birga ayollar 

latofatini tasvirlovchi she'rlari ham mavjud. 

 Shoira  Sapfo  poeziyasi  faqatgina  shaxsiy  kechinmalar,  yurak  hislari  bilan 

chegaralangan, deyarli yakka-yagona mavzu - sevgi va go'zallikdir. 

 Monodik lirikaning yana bir vakili shoir Anakreont bo'lib, ijodidagi asosiy mavzu 

-  ishq  va  maydir.  Anakreontning  ishqiy  va  ziyofat  marosimlarida  aytiladigan 

qo'shiqlarining  hayotbaxsh  ohangi.  Anakreont  ishqiy  she'rlaridan  tashqari 

madhiya, elegiya, epigrammalar ham yozgan. 

4-mavzu: 

 SOFOKL IJODI 

 Reja: 


 1. Sofokl ijodiy faoliyati 

 2. "Shox Edip" asarining axamiyati 

 3. "Shox Edip" uzbek saxnasida 

           

 Eramizdan avvalgi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan 

yuqori bosqichga chiqqan davri bo'lib, Perikl davlatni boshqargan. Bu davr yunon 

tarixi voqealarga boy, turli jabhalar, jumladan, ilmu-fan, san'at rivojlantirildi. Ana 


Каталог: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling