Chet elda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi Reja


Download 22.5 Kb.
bet3/3
Sana18.03.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1283303
1   2   3
Bog'liq
1. Elektron ta’lim tizimining ta’lim jarayoniga tadbiqi Ommaviy

Umumiy xulosa
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, ijtimoiy pedagogika mustaqil fan tarmog‘i sifatida o‘zining nazariy va amaliy mohiyatiga ega. U bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e’tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg‘or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin. Ushbu fanning o‘qitilish samaradorligi esa: - DTS, fan dasturi talablariga javob beradigan darslik va qo‘llanmalarning bir necha variantlarda yaratilishi; - mashg‘ulotlar jarayonida ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini qo‘llashga doir ishlanma, tavsiyalarning ishlab chiqilishi; - o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning qonuniyat va tamoyilidagi uzviyligiga amal qilinishi; - o‘qitishda ta’limning zamonaviy va innovatsion usullari (tanqidiy fikrlash, aqliy xujum, kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli topshiriqli, “debat”, “klaster” kabi) ning qo‘llanishi; - mashg‘ulotlar jarayonida multimediyali va masofali o‘qitishning amalga oshirilishi; - o‘qitishda fanlararo uyg‘unlikning amalga oshirilishi; - talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish shakllarining boyitilishi; - ilg‘or pedagogik tajribalarning ommalashtirilishi; - omma orasidagi ijtimoiy holat, kayfiyatni o‘rganishga doir sotsiologik tadqiqotlarga talabalarni keng jalb etilishi; - ijtimoiy pedagogika bo’yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni pedagogik amaliyotga tadbiq etish; kabilar bog‘liqdir
Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling