Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi
Chet tillardan o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan leksik birliklar miqdori
Download 36.02 Kb.
|
Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi
Chet tillardan o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan leksik birliklar miqdori
I-IV sinflarda o‘rganiladigan leksik birliklar aktiv (produktiv) o‘zlashtirish uchun mo‘ljallanadi. V-VI sinflarda qo‘shimsha passiv (resteptiv) leksika ham o‘rgatila boshlanadi. VII-IX sinflarda o‘qish amaliy maqsad maqomini olishi munosabati bilan passiv leksikani o‘rgatishga e’tibor kuchayadi.
Fransuz tili grammatik minimumi 7-sinf (A2/A2+/2) Présent de l’Indicatif (takrorlash). il y a iborasi (vaqt birliklarini ifoda etishda). Yo‘llanma berish maqsadidagi buyruq gaplar: Allez tout droit puis tournez a gauche! Umumiy so‘roq gaplar: Qu’est-ce qu’il faut faire pour aller jusqu’a la gare? Predloglar: non loin de, devant, en face de, derriére, prés de. beau, belle, vieux, vieille, ancien(ne), moderne kabi sifatlarning otlar bilan moslashgan holda oddiy, qiyosiy va orttirma darajada ishlatilishi. Passé composé ning sabab ergash gapda parce que bog‘lovchisidan keyin ishlatilishi: Je me porte mal parce que j’ai pris froid. il faut, il ne faut pas: Il faut consulter le medecin. avoir mal a iborasi va uning ishlatilishi: Tu as mal a la tête, il faut prendre le médicament. devoir fe’li va undan keyin infinitifning ishlatilishi: Je dois consulter le medecin. Namuna sifatida Conditionnel présent: Je voudrais acheter. Rangni ifodalovchi sifatlar ma’nosini bildiruvchi so‘zlar: en coton, en soie, à poids. Yaqin kelasi zamon (Futur proche): Je vais acheter. me, te le, la, les, nous, vous, lui, leur kabi kishilik olmoshlarining vositali va vositasiz to‘ldiruvchilar o‘rnida ishlatilishi: Nous allons l’acheter. Faqat ko‘plikda ishlatiladigan otlar. que bog‘lovchili qo‘shma gaplar: Je crois que ça vous plaît. Kelasi zamon - Futur simple. Indicatif zamonlari Présent; passé composé va futur simple ni qaytarish; Ularning moslashuvi. C’est un sportif qui a gagné plusieurs médailles. Sport mavzusiga doir ravishlar: vite, loin , fort (e), fible, simpa ... . On shaxsi noma’lum olmoshining ishlatilishi: On parle beaucoup de... On visite... On chante... se composer, se diviser fe’llarining ishlatilishi: La France se compose de...L’Ouzbékistan se divise en... . en, y olmoshlari. Imparfait zamonining yasalishi va ishlatilishi; Futur Simple ning ishlatilishi: Pendant les vacances j’irai dans les montagnes. en Gérondif. Mavzuga oid barcha fe’llarning o‘tilgan zamonda ishlatilishi. Fransuz tili fanidan talaffuz minimumi 7-sinf (A2/A2+/2) O‘rganilgan fonetik qoidalarga asoslangan holda tanish so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish; So‘zlardagi harf birikmalarini to‘g‘ri talaffuz qilish; Matnlarni o‘qish jarayonida urg‘u va ohang qoidalariga rioya qilish; Talaffuz qilish qoidalariga rioya qilish va to‘g‘ri talaffuz qilish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish; Tematik lug‘at tuzish va uni to‘ldirish; Ma’lum kommunikativ vaziyatlarga asoslangan matnlarda turli xil kommunikativ gaplarning ohang normalarida talaffuz qilinishi. Fransuz tili fanidan mavzular taqsimoti
Download 36.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling