Chet tilini o’rganishning yosh davirga xos xususiyatlari deganda biz yoshlarni har tomonlama yetuk mutahasislar qilib tayyorlashimiz uchun chet tillarini mukammal o’rgatishimiz kerak


Download 18.39 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi18.39 Kb.
#141826
Bog'liq
maqola


Chet tilini o’rganishning yosh davirga xos xususiyatlari deganda biz yoshlarni har tomonlama yetuk mutahasislar qilib tayyorlashimiz uchun chet tillarini mukammal o’rgatishimiz kerak. Hozirgi kunda chet tiliga bo’lgan talab va ehtiyojlarimiz kundan kun kuchayib bormoqda. Har qanday kasb egasi bo’lmasin chet tilini bilishi talab qilinmoqda. Zero ota bobolarimiz aytganlaridek “Til bilgan el biladi”. Biz har qanday til bo’lmasin birinchi navbatda uni tarixini o’rganamiz. Shu bilan bir qatorda bu til qaysi davlatning ona tilisi va bu davlatning urf-odatlari va turli bayramlariga ham qiziqamiz albatta. Bu qiziqishimiz til o’rganishga bo’lgan ishtiyoqimizni kuchaytiradi. Hozirgi kunda har bir inson hech bo’lmaganda 2ta chet tilini biladi. Bu esa bizning yurtimiz rivojlanishi juda katta hissa qo’shmoqda. Yosh avlodlarimizni bizdanda yaxshi mutahasis bo’lib yetishi uchun Prezidentimiz juda ham katta ishlar olib bormoqdalar. Birinchi navbatda barcha o’rta ta’lim maktablarida boshlang’ich sinflardan boshlab haftasiga 3 martadan ingliz tili darslari qo’yilib yosh avlodni tilga bo’lgan qiziqishini oshirishni ta’milash maqsadi o’qituvchilar uchun vazifa etib tayinlanmoqda. Boshlang’ich sinflarda dars o’tish tartibi ham nodatiy metodlardan tashkil topgan. Yani turli o’yinlar, qiziqarli mashqlar va boshqa turdagi metodlardir. Buning uchun o’qituvchilardan yuqori darajadagi pedagogik mahorat talab qilnadi. Biz boshlang’ich sinflarga darslarimizni grammatikadan boshlay olmaymiz. Chunki grammatika boshlang’ich sinflar uchun qiyinlik qilib til o’rganishga bo’lgan qiziqishini so’ndiradi va turli qiyinchiliklarga duch keladi. Biz boshlang’ich sinflarda birinchi bo’lib oddiy qiziqarli rasmlardan foydalanib turli yangi so’zlarni o’rgatishmiz kerak. Keyinchalik sekinlik bilan grammatikani turli qoidalari bilan tushuntirib o’rgatib borishimiz kerak. Albatta til o’rganish va o’rgatish oson ish emas. Biz birinchi bo’lib o’quvchilarni o’ziga bo’lgan ishonchlarini mustahkamlashimiz kerak. Ular til o’rganishda bazida duch keladigan qiyinchiliklarida qo’llab quvvatlashimiz va o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga yetishlariga yordam berishimiz kerak. Hozirda yurtimizda turli o’quv kurslari ochilgan. Bu bolalarni bilimini oshirishda yordam beradi. Istalgan xorijiy tilni o‘rganishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan eng muhim jihat bu qobiliyat
va istakdir. Qobiliyat masalasida qo‘rqmasangiz bo‘ladi, chunki u har
bir odamda bor. 2006 yili amerikalik olim Richard Sparks o‘z
tadqiqotlari bilan til o‘rganish uchun allaqanday olamshumul tug‘ma
iste’dodlar kerak degan fikr asossiz ekanini isbotladi. Endi istakka
kelsak. "Istak – bu minglab imkoniyatdir, xohlamaslik esa – minglab
bahonadir” degan hikmatli gap juda topib aytilgan. Bir narsani aniqlab
oling: siz tilni o‘rganishni istaysizmi yoki yo‘q? Agar xohishingiz
jiddiy bo‘lsa, quyidagi maslahat-yo‘riqlar sizga albatta yordam beradi. O’quvchingizning yoshiga moslab qoida bo‘yicha ishlash karak. Hozirgi kunda mutaxassislar yangi so‘zlarni o‘zlashtirishning juda unumli usulini topdi. Kuniga 30 ta so‘z yodlaysiz, ularning 5 tasi fe’l bo‘lishi kerak. Har kuni lug‘atdagi
so‘zlardan alifbo bo‘yicha saralab olasiz. Masalan, bugun "A” harfidagi
dastlabki o‘ttizta so‘z tanlansa, ertaga "B” harfidagi o‘ttizta so‘z
tanlanadi. Alifbo bo‘yicha to‘liq aylanib chiqilgach, yana "A” harfining
keyingi o‘ttizta so‘zi yodlanadi. Bu odat asta-sekin tizim bo‘lib
shakllanadi va yodlashingiz borgan sari osonlashadi. Ushbu usul foyda
berishi uchun har kuni so‘z yodlang, dam olish kuni umuman bo‘lmasligi
kerak! Til o’rganishda eng oson yo’laridan biri bu turli she’r va qo‘shiqlarni o‘rganing. Eng yoqimli va samarali usullardan
biri xorijiy she’r, qo‘shiqlarni ularning tarjimalari bilan birga
o‘rganishdir. Bu usuldan foydalanib ingliz tilini uch oy ichida o‘rganib
olganlar juda ko‘p topiladi. Tilshunoslar bu yo‘l she’r va qo‘shiqlarni
o‘rganuvchining o‘zi o‘girganda ayniqsa unumli bo‘lishini aytadi. Xorijiy tilni o‘zlashtirishning odatiy usul shunday: oldin
gap-so‘zlar va iboralar esda saqlab qolinadi, ke­yin grammatika
o‘rganiladi. Masalan, boshqa tilli tengdoshlari orasiga tushib qolgan
bolalar chet tilini juda oson o‘rganadi. Bunda muhit juda katta ahamiyatga ega. Gaplarini grammatik jihatdan ham to‘g‘ri tuzadi. Chunki ular til o‘rganish jarayonida hamisha vaziyatning ichida bo‘ladi. Shu sabab ham tilni his qilishlari oson kechadi. Har qaysi chet tilini faqat nazariy tomondan, amaliyotdan ajralgan holda o‘rganish mumkin emas. Amaliy mashqlarga ham e’tibor qarating. Kino tomosha qiling, turli adabiyot va gazetalarni mutolaa qiling, ingliz tilida so‘zlovchi do‘stlaringiz bilan internet orqali suhbatlashing. 




 
Download 18.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling