Chet tillarni o’rganish ona tilini boyitadi


Download 13.45 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi13.45 Kb.
#1343715
Bog'liq
CHET TILLARNI O’RGANISH ONA TILINI BOYITADI


CHET TILLARNI O’RGANISH ONA TILINI BOYITADI
Til millatning tarixi , buguni va ertangi qiyofasini aks ettiradi . U bashariyatga dahldor . Tilni asrab-avaylab , avlodlarga sof holda yetkazishga har birimiz ma’sulmiz .
Jamiyat rivojlangani , globallashgani sayin , boshqa tillarni o’rganishga bo’lgan talab ham oshib boradi. Shuning uchun , bugungi kunda tilning nufuzini oshirish borasida qilinayotgan ishlar tahsinga loyiqdir. Hozir yoshlar shu imkoniyatlardan ma’suliyatli foydalanib bir necha tilda erkin muloqot qilishi barchada havas uyg’otadi deb hisoblayman .
Xorijiy tillarni o’rganish zamonaviylikning belgisi bo’lib , ijobiy ma’nodagi “ urf ” ga aylanib borayotgani , albatta, quvonarli hol . Bundan tashqari , davlat test sinovlarida ma’lum til darajalariga ega bo’lish orqali , biz yoshlar , yanada ko’p imtiyozlarga ega bo’layapmiz . Nafaqat biz , balki bolalar maktab , bog’cha yoshidan chet tillarni o’rganishga yo’naltirilishi ijobiy holat . Lekin , nutqimizda ayrim chet tillaridan o’zlashgan so’zlarni ishlatilishimiz achinarli hol . Bunga sabab bo’layotgan omillardan quyidagilarni keltirib o’tamiz :

  • Chet tilini bilish ma’lum darajada rag’batlantirilsa , ona tilida ravon so’zlash e’tiborsiz qolmoqda .

  • Ona tilimizda so’z boyligini oshirishdan ko’ra grammatik mavzular asosiy o’rinni egallab kelyapdi.

Til jonli hodisa ekan , o’rganayotgan chet tilini individual manfaatlargagina qaratilmasligi va shu ma’noda , har bir xorijiy tilni o’rganish ona tilimizning boyishiga xizmat qilmog’i lozim .
Download 13.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling