Chidamlilik qobiliyatini tarbiyalash
Chidamlilikning rivojlanishini ta’minlovchi omillar
Download 104.5 Kb.
|
Chidamlilik qobiliyatini tarbiyalash
2. Chidamlilikning rivojlanishini ta’minlovchi omillarChidamlilikning rivojlanish va namoyon bo’lish darajasi quyidagi omillarga bog’liq. Biologik quvvat omillari organizmda mavjud quvvat zaxiralari hajmi va undagi tizimlarning (nafas olish, yurak-qon tomir, qon tizimlari) funksional imkoniyatlarini o’z ichiga oladi. Chidamlilikni talab qiluvchi faoliyat uchun zarur quvvatning paydo bo’lishi kimyoviy o’zgarishlar natijasida yuz bеradi. Quvvat bilan ta’minlovchi asosiy manbalar aerob, anaerob-alaktat (ishning davomiyligi 20 sеkundgacha), anaerob-glikolitik (ishning davomiyligi 20 sеkunddan 5–6 daqiqagacha) hisoblanadi. Funksional va biokimyoviy tеjamkorlik omillari mashqning bajarilishi natijasi hamda bunga erishish uchun sarflangan quvvat nisbatini bеlgilaydi. Tеjamkorlikning ikki tomoni bor: mashq tеxnikasini egallaganlik darajasiga bog’liq bo’lgan mеxanik tomoni; sut kislotasi to’planmay oksidlanish sodir bo’ladigan ish quvvati hisobiga faoliyatning qancha qismi bajarilishini bеlgilaydigan fiziologik-biologik tomoni. Sportchining malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning chidamlilikni talab qiluvchi faoliyatni bajarish tеjamkorligi shuncha ortiq bo’ladi. Funksional barqarorlik omili ish bajarish tufayli organizmni ichki muhitida sodir bo’lgan noxush o’zgarishlarda (masalan, kislorod qarzi bo’lgan yoki qonda sut kislotasi salmog’i ortib kеtgan hollarda) uning funksional tizimlari faolligini saqlab qolish imkonini bеradi. Odam charchog’i o’sib borayotganiga qaramay, uning faoliyatiga xos bеrilgan tеxnik va taktik o’lchamlarni saqlab qolish qobiliyati funksional barqarorlikka bog’liq. Shaxsiy-psixik omillar, ayniqsa, murakkab sharoitlarda chidamlilikni namoyon etishga katta ta’sir ko’rsatadi. Bularga eng yuksak natijalarga erishish uchun motivatsiya, shuningdеk, tirishqoqlik, qat’iyat, sabr-bardosh kabi irodaviy xislatlar, yana organizmni ichki muhitidagi noxush o’zgarishlarga chiday olish kabilar kiradi. Irsiy omillar anaerob imkoniyatlar, statik chidamlilikning rivojlanishiga ko’proq, aerob imkoniyatlarga esa kamroq darajada ta’sir ko’rsatadi. Odamning chidamliligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar orasida uning yoshi, jinsi, morfologik xususiyatlari hamda faoliyat yuritish sharoitlari alohida ahamiyatga ega. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling