Chigitli paxta gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida p axta


Download 21.75 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi21.75 Kb.
#1021212
  1   2   3
Bog'liq
Paxta


Paxta, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mahsulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) ajratib olinadi. Shuning uchun butun dunyoda Paxta tolaning sifatiga qarab baholanadi.
Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻllaniladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi.
Texnologik uskunalarda Paxtani qayta ishlash va tolani tozalash jarayonida o'lik (pishib yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta Paxta momigʻi (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi.
Paxtada 30— 35% tola va 50—55% chigit (chigitida 24—29% moy), 2—3% o'lik tola, 3— 5% kalta momiq boʻladi.
Gʻoʻzaning seleksion navi va tolaning yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab Paxta, oʻrta tolali va uzun tolali turlarga boʻlinadi. Paxta qoʻlda va mashina bilan teriladi.
Tolasining pishib yetilganlik koeffitsiyentda va tashqi koʻrinishi, rangi boʻyicha 5 sanoat naviga va iflos aralashmalarning miqdori hamda namligiga qarab 3 sinfga boʻlinadi.
Navi tashqi koʻrinish namunasi — paxtaning standart namunalariga solishtirib (klasser usulida), bu usul qanoatlanarli boʻlmasa, labaratoriya usulida pishib yetilganlik koeffitsiyenti boʻyicha aniqlanadi.
Toʻqimachilik, yogʻ-moy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.

Paxta yumshoq tola boʻlib, gʻoʻza (Gossypium) oʻsimligi urugʻlari atrofida oʻsadi. Paxta deyarli butunlay sellulozadan iborat.
Paxta asosan tropik va suptropik iqlimda yetishtiriladi. Yovvoyi paxta navlari xilma-xilligi ayniqsa Meksika, Avstraliya va Afrikada yuqori.

Paxta tolasidan ip eshiladi, gazlama tayyorlanadi. Paxta matolar qadimdan maʼlum:


Meksika va Pokistonda eramizdan avvalgi 5000-yillarga oid paxta gazlamalar topilgan.
Bugungi kunda dunyo boʻylab yiliga 25 million tonnagacha paxta yetishtiriladi, paxta uchun sugʻoriladigan yerlarning 2,5%i ajratilgan. 
Xitoy paxta yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.

G‘o‘zaning yangi va istiqbolli navlari urug‘chiligi va seleksiyasi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, ro‘yxatdan o‘tkazilgan navlar urug‘larini yetishtirish bo‘yicha elita-urug‘chilik xo‘jaliklari rahbarlarining intizomi va mas’uliyati pastligicha qolmoqda.


G‘o‘za urug‘larini sanoat jihatidan tayyorlash, kalibrlash, dorilash va sortlarga ajratish, urug‘lik chigitga qo‘yiladigan boshqa talablarni bajarish bilan shug‘ullanuvchi paxta tozalash zavodlarini ixtisoslashtirish ishlari tubdan yaxshilashni talab qiladi.


“Urug‘chilik to‘g‘risida” va “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya qilinmayapti.


Dastlabki urug‘chilik, yangi va istiqbolli navlarni sinab ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ularning eksperimental bazalari faoliyatini tashkil etish, shuningdek ularning faoliyatini rag‘batlantirish hamda yakuniy natija uchun javobgarligini oshirish borasida ko‘plab hal etilmagan masalalar mavjud.


Buning natijasida joylarda g‘o‘zani rayonlashtirish, chigit ekish va paxta xomashyosi yetishtirishda har qaysi alohida g‘o‘za naviga qo‘yiladigan agrotexnologiyaning zarur talablari va shartlari ta’minlanmayapti.


Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish va g‘o‘za urug‘chiligini tashkil etishni yaxshilash, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Quyidagilarning:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi, istiqbolli va yuqori hosilli, kasalliklar va zararkunandalarga bardoshli, paxta tolasi parametrlari xalqaro talablarga javob beradigan yuqori sifatli bo‘lgan navlarning sifatli urug‘larini tayyorlash masalalarida texnika siyosatini o‘tkazish bo‘yicha;
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, paxta tozalash zavodlarining urug‘larni sanoat jihatidan tayyorlash, kalibrlash, dorilash va sortlarga ajratish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.

2. Belgilab qo‘yilsinki, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, birinchi navbatda Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, elita-urug‘chilik xo‘jaliklari rahbariyatining faoliyati ularning yakuniy ish natijalari bo‘yicha, mazkur ishlarning paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarda qanday yo‘lga qo‘yilganligi va amalga oshirilayotganligi bo‘yicha baholanishi kerak.


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar, g‘o‘za urug‘chiligi va seleksiyasi masalasiga aloqador bo‘lgan mansabdor shaxslarning yakuniy natijalar uchun aniq javobgarligini nazarda tutuvchi Nizomni tayyorlasin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


3. Quyidagilar:


G‘o‘zaning yangi va istiqbolli navlarini yanada yaxshilash va dastlabki urug‘chilik bilan shug‘ullanuvchi eksperimental xo‘jaliklar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

G‘o‘zaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan navlari urug‘ini yetishtirish bo‘yicha elita-urug‘chilik xo‘jaliklari ro‘yxati 


2-ilovaga muvofiq;
G‘o‘zaning yangi va istiqbolli navlarini yaratish bo‘yicha elita-urug‘chilik xo‘jaliklari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Vazirlar Mahkamasi (Sh.M.Mirziyoyev), “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:


O‘n besh kun muddatda zavodlarning faqat texnika bilan jihozlanganligi va tayyorgarligini emas, balki ularning mintaqaviy joylashganligini va transport xarajatlarini ham hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha urug‘lik chigit yetishtirishga ixtisoslashadigan paxta tozalash zavodlarini belgilasinlar va ularning ro‘yxatini tasdiqlasinlar;

Bir oy muddatda 2005-2006-yillarda ixtisoslashtirilgan zavodlarni zamonaviylashtirishning istiqbol dasturini tayyorlasinlar, bunda ularni urug‘lik chigitni tayyorlash, kalibrlash, dorilash va sortlarga ajratish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni nazarda tutsinlar.


5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “O‘zstandart” agentligi bir oy muddatda G‘o‘za urug‘ini sertifikatsiyalashning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqsinlar va uni belgilangan tartibda qayta tasdiqlasinlar.

6.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


Ozpaxtasanoateksport xolding kompaniyasi raisi A.Kamolov, “Ozbekengilsanoat aksiyadorlik jamiyati raisi I.Haydarov va boshqalar Ozbekiston jahon paxta bozoridagi yetakchi mamlakatlardan biri bolib paxta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda oltinchi, eksport boyicha beshinchi orinda turishi, eksport imidjini mustahkamlash uchun keng kolamli ishlar qilingani, jahon bozorida raqobat kuchayayotgan hozirgi sharoitda ozbek paxta tolasining raqobatbardoshligini yanada oshirish zarurligini alohida takidladi.


1924-yilda akademik N.I. Vavilov boshchiligida Amaliy botanika, genetika va seleksiya bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, 1927-yilda Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo stansiyasiga aylantirildi.
1979-yilda N.I. Vavilov nomidagi Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo filialiga aylantirildi.
Respublikamizning ilk mustaqillik davrida (1992) institutga O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti nomi berildi.
2020-yildan institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mohiyati institut nomiga mos kelmasligi tufayli uning nomi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga o‘zgartirildi.
Shuningdek, institutdagi mavjud Genbank milliy ahamiyatga ega deb tan olinib, unga “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki” maqomi berildi.
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jalik ekinlarining yirik dunyoviy kolleksiyalari saqlanayotgan yagona ilmiy tashkilot hisoblanadi.
Institutda 2 ta ilmiy-tajriba stansiyasi, Milliy genbank, 8 ta bo‘lim va 1 laboratoriya mavjud.
Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish, introduksiya etish va kolleksiyalarga jalb etilgan o‘simlik materiallarini karantin ko‘rigidan o‘tkazish orqali o‘simliklarning Milliy genofondini yangi namunalar bilan boyitish;

  • o‘simliklar genetik resurslari jahon kolleksiyalarining eski reproduksiya urug‘lari unuvchanligini qayta tiklash va vegetativ ko‘payuvchi va ko‘p yillik o‘simliklarni tirik holda ushlab turish va ularni Milliy Genbankda kafolatli saqlash;

  • Qishloq xo‘jalik ekinlari zamon talablariga javob beradigan navlar yaratish uchun muhim xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan madaniy o‘simliklar va ularning yovvoyi ajdodlarini institut kolleksiyalariga jalb etish, o‘rta va uzoq muddatda saqlash, hujjatlashtirish va undan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

  • Qishloq xo‘jalik ekinlari jahon kolleksiyalarini o‘rganish asosida ularning evolyutsiyasi, filogeniyasi, sistematikasi, immuniteti nazariy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan fundamental va amaliy izlanishlarni amalga oshirish;

  • Mintaqamiz uchun noanʼanaviy ekinlar va dorivor o‘simliklar kolleksiyalarini tashkil etish, o‘rganish va ularni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish.

Har bir ekinning madaniy va yovvoyi holda o‘suvchi turlari, kenja turlari, shakllari, tizmalari, duragaylari va navlari genofondni tashkil etadi. Institutning o‘simliklar genetik resurslari kolleksiyalari mamlakatimiz mulki va millatimizning milliy boyligi hisoblanadi.
O‘simliklar genofondi va qishloq xo‘jalik ekinlarining jahon kolleksiyalari birlamchi materiallar manbai bo‘lib, yangi nav yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Har yili respublika hududlari bo‘yicha 2-3 ta ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilib, institutning qishloq xo‘jalik ekinlari genofondi turli xil ekinlarining yovvoyi turlari, istiqbolli yangi nav, tizim va populyatsiyalariga mansub 50-60 namunalar bilan boyitib borilmoqda.

Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling