2 boshlovchi:
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim
Xazinasan, qalbing mehr daryosi,
Unda porlar ulug’larning ziyosi.
Do`stlik, mardliq, sadoqatdan dars berding,
Aqlu, idrok, farosatdan dars berding
Ikkala boshlovchilar:
Sizlarga bugun qo’limizni qo’qsimizga qo’yib tashakkur aytamiz.
“Ustozlar” ашуласи ижро этилади
1 boshlovchi
Ustoz deganda har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat–ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg’ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o’lchab, ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi. Bu yorug’ olamda onadek mehribon, otadek g’amxo’r, har birimiz uchun aziz va mo’tabar bo’lgan ulug’ zot – muallim va murrabbiylardir..
2 boshlovchi.
O’qituvchiliq azal-azaldan e’tiborli qasb hisoblanadi. Mamlaqatimizda Respublikamiz Prezidentining Farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktabr- O’qituvchilar va murabbiylar quni umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda. Shu fursatdan foydalanib, maktab murabbiy va o’qituvchilarini barchamiz nomidan tabriklashga ijozat bersangiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |