Chim ustida X., muz ustida oʻynaladigan toʻpli X., shaybali X
Download 404.63 Kb.
|
Xokkey - Vikipediya
Xokkey Xokkey (ing . hockey) - sport oʻyini. Darvozalar oʻrnatilgan maxsus maydoncha (sahn)da klyushka va toʻp (shayba) bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Oʻyinchilar tomonidan raqib darvozasiga koʻproq toʻp (shayba) kiritish maqsad qilib qoʻyiladi. X.ning 3 ta asosiy turi bor: chim ustida X., muz ustida oʻynaladigan toʻpli X., shaybali X. Chim ustida X. maydonining oʻlchami 91,4x55 m, klyushkasining ogirligi 652—794 g , toʻpining ogʻirligi 156—163 g , oʻyin vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan oʻyinchi qatnashadi. Chim ustida X.ga oʻxshash oʻyinlar mil.dan 2 ming yil avval ham Misr, Yunoniston, Oʻrta Osiyo va boshqa joylarda mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda chorvadorlar oʻrtasida avval tosh bilan oʻynaladigan podachi, keyinroq ot minib oʻynaladigan chavgon ommalashgan. Chavgon Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng tarqalgan. 19-asr ning 2-yarmida Buyuk Britaniyada chim ustida X. klublari tuzildi. 1875 yilda London X. uyushmasi tomonidan chim ustida X.ning zamonaviy oʻyin qoidalari ishlab chiqildi. Bu qoida 1907 yilda tasdiklandi. Chim ustida X.ning erkaklar musobaqasi 1908 yildan, ayollar musobaqasi 1920 yildan olimpiada dasturiga kiritilgan. 1924 yilda Xalqaro X. federatsiyasi (FIH) tashkil etilgan, unga 120 davlat aʼzo (2003). Bu federatsiya 1970 yildan erkaklar oʻrtasida, 1973 yildan ayollar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazadi. Chim ustida X. Hindiston, Pokiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiyada rivojlangan. Oʻzbekistonda chim ustida X. 20-asrning 70-yillaridan ommalasha boshladi. 1972 yilda Andijonda dastlabki chim ustida X. jamoasi tuzildi. 1973 yildan erkaklar, 1975 yildan ayollar oʻrtasida chim ustida X. musobaqalari utkazila boshlandi. Respublikada chim ustida X.ga ixtisoslashgan 10 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabi bor, ularda 45 nafar murabbiy qoʻl ostida 1200 nafardan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi (2004). Miriman Kim, Oybek Patiddinov, Rinat Mamatkazin, Liliya Mutalapova kabi mahoratli murabbiylar yetakchi X.chilarni tarbiyaladi. Ayniqsa, ayol X.chilar yuqori natijalarga erishdi. Valentina Zazdravnix, Nelliko Gorbatkova, Laylo Axmerova va Alina Xam olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindorlaridi r (1980, Moskva). Oʻzbekiston chim ustida X. ayollar terma jamoasi Osiyo oʻyinlari va jahon kubogi finalida qatnashgan. Toʻpli X. maydonining oʻlchami 90—100 x 50–65 m, klyushkasining uz. 120 sm, qayrilgan qismi 6,5 sm, ogirligi 450 g , toʻpining diametri 6 sm, ogʻirligi 58—62 g , oʻyin vaqti 70 min. (35 min.dan 2 boʻlim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan oʻyinchi qatnashadi. Toʻpli X.ga oʻxshash oʻyinlar Yevropaning shim. mamlakatlarida oʻrta asrlarda paydo boʻldi. 1891 yilda Buyuk Britaniyada milliy assotsiatsiya tuzilgan va toʻpli X.ning oʻyin qoidalari ishlab chiqilgan. 1955 yilda Xalqaro toʻpli X. federatsiyasi (IBF) tashkil etilib, toʻpli X.ning oʻyin qoidalari tasdiqlangan. Federatsiya 1957 yildan jahon chempionatlari (1961 yildan 2 yilda 1 marta) oʻtkazib keladi. Rossiya, Shvetsiya, Finlyandiya va boshqa davlatlarda toʻpli X. rivojlangan. Shaybali X. maydonining oʻlchami 51—61 x 24–30 m, klyushkasining uz. 140 sm, qayrilgan qismi 37,5 sm, ogʻirligi 500 g , rezinadan tayyorlangan shaybaning diametri 7,62 sm, qalinligi 2,54 sm, ogʻirligi 150—170 g , oʻyin vaqti 60 min. (20 min.dan 3 boʻlim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 6 tadan oʻyinchi qatnashadi. Shaybali X. 19-asrning 60- yillarida Kanadada paydo boʻlgan va Yevropaning shim. davlatlarida ham keng tarqalgan. 1870 yilda Torontoda shaybali X. assotsiatsiyam tuzildi. 1886 yilda shaybali X.ning oʻyin qoidalari eʼlon qilingan. 1892 yildan Kanadada shaybali X. boʻyicha Stenli kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi. 1899 yilda Monrealda shaybali X.ga moslashgan dastlabki yopiq sport saroyi qurildi. 1908 yilda Xalqaro muz ustida X. ligasi (LIHG) tashkil etildi. Unga 40 ga yaqin davlat aʼzo (2004). 1924 yildan shaybali X. kishki olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yilda Jahon X. assotsiatsiyasi (WHA)ra asos solindi va Stenli kubogi musobaqalarida kanadaliklar bilan birga AQSH professional klublari qatnasha boshladi. Shaybali X. Kanada, Rossiya, Shvetsiya, AQSH, Chexiya, Finlyandiya, Slovakiya davlatlarida rivojlangan. Download 404.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling