Chimqoʻrgʻon suv ombori
Download 47.73 Kb.
|
Chimqo\'rg\'on suv ombori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pachkamar suv ombori
Chimqoʻrgʻon suv ombori Chimqoʻrgʻon suv ombori - Qashqadaryoning oʻrta oqimida qurilgan gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyati hududida, Qarshi shahridan 60 km sharqda. Chimqoʻrgʻon suv omborio. qurilishi 1958-yilda boshlangan. 1960-yildan doimiy foydalanishga topshirildi. Toʻla sigʻimi 500 mln. m³, foydali sigʻimi 450 mln.m³. Suvi yuzasi sathi 49,2 km², suv ombori oʻzan tipida. Uz. 17,5 km, maksimal chuq. 30 m, oʻrtacha chuq. 17,2 m. Qashqadaryo oqimini mavsumiy tartibga solish uchun moʻljallangan. Qashqadaryoviloyatining Qamashi, Qarshi, Gʻuzor va Koson tumanlaridagi 188 ming ga yerni sugʻoradi. Chimqoʻrgʻon suv omborio. tarkibiga tuprokli toʻgʻon, minorali suv chiqargich, quyi byefda joylashgan chap sohil (27 m³/s) va oʻng sohil (22 m³/s) bosh taqsimlagichlari kiradi. Toʻgʻon balandligi 33 m. Minorali suv chiqargich sugʻorish uchun suv berish va ayni vaqtda ortiqcha suvni chiqarib tashlash uchun moʻljallangan (suv oʻtkazish imkoniyati 350 m³/s). Pachkamar suv ombori - Qashqadaryoning kam suvli chap irmogʻi — Gʻuzor daryosida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti. Gʻuzor tumani markazidan 15 km yuqorida joylashgan. Kattaoʻra va Kichikoʻra daryolaridan toʻldiriladi. Qurilish ishlari 1964-yilda boshlanib, 1967-yilda foydalanishga topshirilgan, 1968-yil toʻliq qurib bitkazilgan. Omborning suv yuzasi uz. 3,9 km, kengligi 1,8 km. Suv yuzasi maydoni 12,8 km², eng katta (maksimal) chuq. 51m, oʻrtacha chuq. 30 m. Suv ombori daryoning mavsumiy va qisman koʻp yillik suv rejimini tartibga soladi. Toʻgʻonning ustki uz. 593 m, balandligi 68 m. Suv omborining oʻng qirgʻogʻida uz. 198 m va maksimal balandligi 12 m boʻlgan koʻtarma damba qurilgan. Omborning oʻng sohilida suvsarfi 30 m³/s boʻlgan suv chiqargich qurilgan. Suv chiqargichning quyi qismiga 2 ta konussimon rostlagich oʻrnatilgan. Toʻgʻonning chap tomo-nida suv sarfi 260 m³/s (favqulodda toshqinlarda suv sarfi 480 m³/s) boʻlgan suv tashlagich — Chap sohil kanali ochiq holda qurilgan. Suv omborining qurilishi Gʻuzor tumanining suv taʼminotini yaxshilashda va uning iktisodiyotida muhim rol oʻynay-di, ekin maydonlarini 15 ming gektarga oshirish imkonini berdi. Pachkamar suv omborioda baliqchilik xoʻjaligi tashkil etilgan. PASHMAK — shirinlik turi. Oʻrta Osiyoda qadimdan mashhur. P. uchun sha-kar, sirka essensiyasi, oliy nav bugʻ-doy uni va qoʻy yogʻi ishlatiladi. Tayyorlash usuli: qozonga shakar va suv soli-nadi (suv miqdori shakar miqdoriga nisbatan 30—40% kam). Qozon toʻxtov-siz qaynatiladi. Qaynatish (sirka essensiyasi qoʻshilib) namlik 1,5 —1,7% qolguniga qadar davom ettiriladi, soʻngra qoʻy yogʻi qoʻshiladi. Tayyor qan-dolat massasini unga belab, qoʻl bilan tola-tola boʻlguncha choʻzib ishlov beriladi. Tolalar toʻpga yigʻilib, max-sus oʻlchovda kesiladi. Download 47.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling