Chingiz Axmorovning “Shoir” nomli asarining tahlili


Download 28.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi28.15 Kb.
#1639278
Bog'liq
Badiiy asar tahlili



Chingiz Axmorovning
“Shoir” nomli asarining tahlili
O’tmishda buyuk musavirlar kishi ko’rganda tahsin o’qiydigan devoriy rasm 
bezaklarni ko’p ishlaganlar. Ulardan ma’lumlarini muborak nomlarini hurmat bilan 
eslaymiz. Shunday moniysifat zamondosh rassomlardan biri Chingiz Axmarovdir. 
Biz uning mo’y qalamida jilo totgan nafis devoriy rasmlarini qayerda ko’rmaylik 
maftub bo’lamiz va qayta – qayta boqamiz. Chingiz Ahmarov ham zukko 
san’atshunos ham taniqli murabbiy edi. U ayni chog’da O’zbek milliy tasviriy 
san’atini yuksak pog’onaga ko’targan ulkan xizmatlari uchun ko’plab davlat 
mukofatlariga sazovor bo’lgan. Shunday mukofatlaridan biri “ Xamza davlat 
mukofatlari sohibidir. Buyuk mussavir 1912 yili O’rol tog’ yaqinidagi Troitsik 
shahrida dunyoga kelgan. Chingiz Ahmarovning xonodoni sharq xususan 
O’rtaosiyo xalqlari tarixi madaniyati badiiy ijodi,ayniqsa sanati va adabiyotiga ixlosi 
baland bo’lgan ularni qiziqib kuztgan oila bo’lgan.Oilaning bunday bo’lishiga 
bunday bo’lishiga buyuk mussavirning otasining roli katta bo’lgan. Bo’lajak 
rassomning 
otasi 
Abdurahmonxtor 
hoji 
sayohatni 
juda 
sevgan.U 
Turkiya,Misr,Saudiya Arabistoni,Yaqin Sharq mamlakatlariga ko’plab safarlar 
qilgan va u erlarda eshitganlarini oila a’zolariga har safar hayojonlanib hikoya qilib 
berardi. Buyuk mussavirda yaqin sharq va o’rta osiyo xalqlarining hayoti ijodiga 
bo’lgan qiziqish, o’sha kezlarda nish o’rgan.1927 yili Ahmarovlar oilasi qarshi 
shahriga ko’chib keladi.Yosh mussavir o’sha kezlardayoq yaqin sharq va o’rta osiyo 
xalqlarining hayoti ijodiga bo’lgan qiziqish yanada ortadi.U o’sha paytda Prim 
shahridagi tasviriy san’at bilim yurtida tahsil olgan.Buyuk mussavirni O’zbekistonni 
o’ziga xos tabiati va me’morchlik obidalarning latofati bir umrga unutilmas 
tassurotlar qoldirgan.Qisqa qilib aytganda,bo’lajak rassomning ilk asarlari o’zbek 
diyorida tug’iladi.Bu ilk mashqlar unga asta-sekin shuhrat keltira boshladi. 1930-yili 
Chingiz Axmorov Pirm shahridagi bilim yurtning tamomlab Qarshiga qaytadi. Shu 


yilining o’zidayoq uning oilasi Samarqand shahriga ko’chib kelishadi.Yosh 
san’atkorning bolaligida qilgan orzusi amalga oshadi.Xalq amaliy san’ati asarlariga 
hamda buyuk tarixi me’moriy obidalariga boy bo’lgan Samarqand massivirga ko’p 
ilhom bag’ishlaydi.Devoriy rasmlar chizishga bo’lgan niyatlarni amalga oshirishda 
muhim omil bo’ladi.
Badiiy bilim yurti unga faqat tasviriy san’at asoslarini o’rgatadi hayotga 
yo’llaydi.Samarqand esa meni rassom bo’lib yetishimga zamin bo’ldi,-degan edi 
buyuk mussavir.Ha bo;lajak rassomni dunyoga mashhur Samarqand va uning 
jozibador go’zalligi aql bovar qilmaydigan me’morlik san’ati, o’tmish 
madaniyati,zamon davrlarga bardosh bergan qadimiy hamda navquron quyofasi 
maftun etadi va tarbiyalaydi.Buyuk mussavirni mehnat sevar Samarqand ahli,uning 
qo’li gul ustalari rassom bo;lib yetishishida rahimnavolik qiladi
Tasviriy san’atga ixlos qo’ygan Chingiz Axmorovni o’sha yillari rassomlik 
san’atinig monimuntal formalaridan biri bo’lmish devorga rasm chizish sohasi jalb 
etadi.Tasviriy san’atning bu turi o’zicha mustaqil bo’lmay,bir yerga ya’ni devorga 
tasvirlanadi.Ya’ni bunday san’at asarlarini muzey yoki ko’rgazma zallarida faqat 
eskizgina namoyoish qilinishi mumkin.U alohida bino yoki koshonaning devoir 
uchun maxsus ishlangan bo’lib,shu binoning badiiy sayqaliga uzviy bog’liq bo’lgan 
bo’lib uning tasirchanligini yanada oshiradigan tasvior asaridir. Bunday asarlarni 
monimentalligi yana shundaki,ular odatda pishiq o’z rangini davr o’tishi bilan 
yo’qotmaydigan materiallar yordamida ishlanadi.1935-yili Ch Axmorov o’z sevgan 
kasbi bo’yicha oily ma’lumot olish maqsadida Moskvaga borib ta’lim oladi.Uumri 
davomida mamlakatimizdagi eng ajoyib binolarga o’zining o’lmas asarlarini 
yaratadi.Chingiz Axmorovning shunday asarlaridan biri Alisher Navoiy nomidagi 
opera va balet teatrining devoriga chizgan rasmlarida o’zbek milliy san’atidagi 
yorqin va o’ziga xos tasviriy vositalar jahon tasviriy san’atida shu sohada erishilgan 
uslub va formulalar bilan ijodiy mahorat bilan boyitgan.U shuningdek Samarqand 
shahridagi “Yulduz” choyxonasining mehmonlar uchun mo’ljallangan joyiga rasm 
ishlagan.Buyuk mussavirning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy 


tekshirish institutining foyesiga rasmlari rassomning buyuk mahorati egasi 
ekanligini bildiradi.Institutning devoriga ishlangan bu rasmlardan menda katta 
ta’surot qoldirdga “Shoir” deb nomlangan rasm katta ta’surot qoldirdi Bu suratda 
Navoiy o’zshogirdlari bilan turib suhbat qurayotganligi tasvirlangan Odatda,devoriy 
rasmni yaratishdan oldin uni eskizidan boshlaydi.Rassom be eskizlarda bo’lajak 
devoriy rasmning kompozetsiyasi,mavzu va g’oyani ifoda etuvchi asarning 
ranglarini tasvirlaydigan predmetlarning hajmi va o’rni aniqlanadi.Monimental 
devoriy rassomchilikda ishlatiladigan usul va materiallar quruq shuvoq bo’ladi.Bu 
asarni yaratishda ham shularni inobatga olgan.”Shoir” asarida rassombarcha 
imkoniyatlardan unumli va o’rinli foydalangan,bu asarni milliyligi o’ziga xos 
xususiyatlari bilan yaratilgan obrazlardagi milliylikning o’ziga xos yorqin ko’zga 
tashlanishi,yuksak mahorati asarning arxekturaga monand jihatlarini ham 
koorishimiz mumkin Bu asar orqali rassom Navoiy lirikasidan unumli 
foydalanilganiligini ko’ramiz.Asar mahorat bilan ko’p obrazli qilib 
yartilgan.Shuningdek obrzlarni to’g’ri xarakterlarini ochib, ko’rsatib bera olgan 
Devorga ishlangan sahnim zumrat rangga bo’yalganligi bahor libosini to’gri 
talanganligi ko’ramiz.Maysazorning o’rtasidagi daraxt xuddu bog’I Eramning 
bog’larini eslatib yuborish bejiz emasligi tasvirlangan.Qahramonlarning holatlari 
ham nafis ifodalangan.Shu boisdan ham bu devoriy rasmda ishlatilgan tasviriy 
vositalar ranglar,uning ritmlari nozik musiqiy jozibadorligini angalatadi.Bu devoriy 
rasmdagi singdirilgan g’oyani va mavzuni milliy ruh an’analarida namoyon 
etgan.Asarda 
perspektiv 
qoidalar 
qo’llanilganligi 
tasvirlanoyotgan 
lavha,manzara,nihol va qomatlar biroz shartli yoki minaturya ba’zi qadimgi devoriy 
suratlaridek chizilishi kompozetsiyaning ohangdor ritmi rasmdagi oberazlarni 
musoqaviy 
ko’rinishi 
rassomning tasviriy 
ifodasi 
yo’llaridan 
unumli 
foydalanganligini bildiradi.Chingiz Axmorov yaratgan bu devoriy rasmda qanday 
ranglardan foydalanganligini ko’ramiz.U o’zbek xalqining ananaviy badiiyligi o’z 
ifodasini 
topgan.Mazkur 
devoriy 
rasmda 
ranglar 
shuningdek 
ularning 
tuslaridan,ya’ni o’zbek amaliy san’at asarlarida azaldan ishlatilib kelayotgan 
ranglardan unumli foydalangan.Asarda milliy xoslik kashf etib turgan narsalardan 


yana biri shundaki,rasmda tasvirlanga qahramonlarning kiyim-kechagida aniq 
tasvirlangan.Asar kompozetsiyasida qatnashgan obrazlarning bir-biriga bo’lgan 
munosabati,turishlar o’zbek xalqiga xos bo’lgan odob doirasidadir.Rassom shu bilan 
birga asarda ko’rsatilgan kimsalarning tasvirini xalq og’zaki ijodida o’z ifodasini 
topgan go’zallik haqida tushunchlarga asoslanib,ularning kulcha yuzli,ohu 
ko’zli,qalam qoshli,sarvi qomat qilib tasvirlanishi bilan birga antomeya va 
proporsiya qonunlarini bo’zmagan.Ichki his tuyg’ularni imo-ishoralarni shartli 
ravishda ko’rsatmay kechinmalarni jonli hayoti tarzda ochib bergan.
Bu devoriy rasm minatura janrda ishlangan bo’lib,milliy ruhi ajralib turadi. 
Asar markazida Alisher Navoiy turadi.U o’z shogirdlariga yangi g’azalini o’qib 
berayotganligini mahorat bilan tasvirlangan.
Chingiz Axmorov yaratgan bu asar g’oyasi va badiiy ruhi falsafi,mavzusi esa 
insoniyat tarixida Navoiyidek buyuk allomalrimiz borligini o’zining boy meroslari 
bilan bugungu kunddagi hayotimizdagi muhimrol o’ynab kelayotganini tasvirlagan 
bu devoriy rasmda yana ko’plab lavhalar tasvirlangan. Bu tasvir etilgan tasvirlar bir-
biriga bog’lanib ketgan xulosa qilib shuni aytish kerakki Chingiz A bu devoriy tarixi 
lavhalarda reallistik qilib yaratib bergan.

Download 28.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling