Chingiz Aytmatov "Asrga ta’tigulik kun"


Download 149.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.04.2023
Hajmi149.72 Kb.
#1315396
  1   2   3   4
Bog'liq
Kushaliyeva Xolida noan\'anaviy dars ishlanma



Noan’anaviy dars ishlanma 
Muallif: Kushaliyeva Xolida 
Sana: 6.03.2023 
Mavzu: Chingiz Aytmatov “Asrga ta’tigulik kun” 
Darsning maqsadi:
1.ta’limiy maqsad: o’quvchilarga adibning ijod yo’li, yaratgan asarlari haqida 
batafsil ma’lumot berish; asar yuzasidan badiiy asar tahlili va adabiy- nutqiy 
kompetensiyani shakllantirish; 
2.tarbiyaviy maqsad: oquvchilarda ota- oanaga hurmat, o’zlikni anglash, 
o’zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish kabi milliy va 
umummadaniy kompetensiyani shakllantirish; 
3.rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda adib ijodiga xos manbalarni media 
manbalardan izlab topa olish va saqlash layoqatini, shuningdek o’g’zaki 
nutqni rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish; 
Darsning turi: ochiq dars 
Darsning usuli: noan’anaviy 
Darsning material va jihozlari: 
1. 10-sinf “Adabiyot” darsligi 
2. Doska, bor, daftar 
3. Mavzuga oid chizmalar 
 O'quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: 
1. Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi: 


BI 
mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug'at, 
ma'lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan 
o'quv maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli 
munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o'z faoliyatida qo'llash;
B1+ 
media vositalardan adabiy ta'limga oid zarur axborotlarni izlab topa olish, saralash, 
qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta'minlash va foydalanishda media- 
madaniyatga rioya qilish. 
2. O'zini-o'zi rivojlantirish kompetentsiyasi: 
BI 
Shaxs sifatida ma'naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma'naviy 
ehtiyojga aylantirish; badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni e'zozlash va ularga amal qilish; og'zaki va yozma matnlar mazmuniga 
to'g'ri baho bera bilish. 
BI+ 
o'z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, og'zaki va yozma 
matnlar mazmuniga to'g'ri baho bera bilish 

Download 149.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling