Chingiz Aytmatov Чынгыз Айтматов


Download 77.6 Kb.
Sana14.02.2020
Hajmi77.6 Kb.

Chingiz Aytmatov

Чынгыз Айтматов

Tavallud sanasi: 12-dekabr 1928-yil

Vafot sanasi: 10-iyun 2008-yil (79 yoshda)

Kasb: Yozuvchi

Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov (qirgʻiz. Chingiz Aytmatov; 12-dekabr, 1928 - 10-
iyun, 2008) - Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi akademik (1974). Qirg‘iziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956 - 58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirg‘iz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Bo‘tako‘z“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yo‘li“ (1963), „Alvi-do, ey Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. CHINGIZ ATMATOVning „Tog‘ va cho‘l qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. CHINGIZ ATMATOVning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. „Oq kema“ kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. „Dengiz yoqalab chopayotgan ola-par“ (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mashʼum manzaralari o‘z ifodasini top-gan."Asrga tatigulik kun" (1980), „Qi-yomat“ (1986), „Kassandra tamg‘asi“ (1990) romanlarida zamonamizning umu-minsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma nar-saga loqayd, itoat-u, buyruqni baja-rishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, noziq hissiyotlari so‘ngan manqurt obrazi tasviri CHINGIZ ATMATOV ijodining muhim qirralaridan biri bo‘ldi.CHINGIZ ATMATOVning „Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori“ (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari maʼnaviyatga bag‘ishlangan. CHINGIZ ATMATOV prozasida ruhiyat tahlili anʼanaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.CHINGIZ ATMATOV „Inostrannaya literatura“ (Mo-skva) jurnaliga muharrir (1980 - 90), 1990 yildan sobiq SSSRning, so‘ng Rossiya Federatsiyasining, 1991 yildan Qirg‘iziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyadagi elchisi. CHINGIZ ATMATOV

tashkil etgan „Issiqko‘l forumi“ xalqaro tinchlik harakati, muhim ijtimoiy


masalalarni hal etishda samarali taʼsir o‘tkazmoqdChingiz Atmatov Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti (1995). CHINGIZ ATMATOVning asarlari jahonning tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). „Sarvqomat dilbarim“ („Do-von“), „Bo‘tako‘z“ („Jazirama“), „Birinchi muallim“, „Jamila“, „Alvido, ey Gulsari“ va boshqa ekranlashtirilgan, o‘zbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. „Momo yer“ asariga I. Akbarov musiqa yozgan. CHINGIZ ATMATOVning qariyb hamma asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. CHINGIZ ATMATOV o‘zbek ada-biyoti, umuman, o‘zbek madaniyati tarixini yuksak baholab, „Qadim-qadim o‘zbek madaniyatining O‘rta Osiyoga ko‘rsatgan taʼsirini ko‘hna Vizantiyaning Qadim Rusga ko‘rsatgan taʼsiri bilan qiyoslash mumkin“, deb hisoblaydi. CHINGIZ ATMATOV O‘zbekiston Respublikasining „Do‘stlik“ (1995), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytma- tov nomidagi „Oltin medal“ mukofoti taʼsis etilgan (1999).As: Tanlangan asarlar [ikki jild-248li], T.. 1978; Aytmatov Ch.: Stati, vi-stupleniya, dialogi, intervyu, M., 1988; Asrga tatigulik kun; Qiyomat, romanlar, T., 1998.Ad.: Mirza-Axmedova P. M., Natsio-nalnaya epicheskaya traditsiya v tvorchestve Chingiza Aytmatova, T., 1980; Gachev G., Chingiz Aytmatov i mirovaya literatura, Frunze, 1982; Axmatal iyev CHINGIZ ATMATOV Chingiz Aytmatov i vzaimosvyazi literatur, Bish-kek, 1991.[1]. 2018-yilda adib tavalludining 90 yilligini nishonlash haqida Oʻzbekiston Prezidentining qarori eʼlon qilindi[2]. Unga koʻra: „Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston“ nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish; Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish; yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish; Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga adib nomini berish; Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini oʻrnatish tayinlandi.

Asarlari


  • „Yuzma-yuz“

  • „Sarvqomat dilbarim“

  • „Somon yoʻli“ (1963)

  • „Momo yer“

  • „Alvido, Gulsari“ (1966)

  • „Oq kema“

  • „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“(1977)

  • „Hoshim“

  • „Gazetachi Dzyuydo“

  • „Oq yomgʻir“

  • „Sepoyachi“

  • „Qiyomat“ (1986)

  • „Birinchi muallim“ (1962)

  • „Asrga tatigulik kun“

  • „Kasandra tamgʻasi“ (1990)

  • „Erta qaytgan turnalar“ va boshqalar.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling