Asar qanday voqea bilan boshlanadi?
Asar chop etilishi bilan o‘quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar: o‘zlikni anglash, o‘zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi ko‘rsatilgandi. - Asar chop etilishi bilan o‘quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar: o‘zlikni anglash, o‘zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi ko‘rsatilgandi.
- Asarda bu masalalar konkret odamlar taqdiri misolida badiiy ifoda etilgan edi. Holbuki, bunday xususiyat sho‘ro adabiyoti uchun tamomila begona hisoblanardi.
Mana shu o`rinda Edigey va Sobitjon timsollarini qiyosiy tahlil qilib ketsak
“Asrga tatigulik kun”
Sobitjon
Edigey
1-o`quvchi: Edigeyni matndan kelib chiqib tavsiflab o`taman. Edigey Sobitjon bilan bo`lgan suhbatdan so`ng ,,Qariganimda ham ahmoq ekanman,-deb o`zini koyiydi.Men shu laqma bilan sal avval quchoqlashib,ho`ngrab yig`lab yuborganimdan nomus qilaman, deb afsuslanadi. Bunga sabab Sobitjon bunday odamgarchilikka arzimasdi.
2-o`quvchi: To`g`ri shu o`rinda Edigey bo`ronga xos bo`lgan sifatlarni aytib o`tsak: u oqko`ngil, ma`naviyatli,tarixini hurmat qiladigan yuksak udumlar asosida yashashga kuch topa olgan chin insondir
3-o`quvchi: Sobitjonning gaplaridan esa unda uni inson sifatida ko`rsatib turuvchi insoniylik fazilatlari yo`q ekani,u faqat ishda topshiriqlarni bajaruvchi, hissiyotsiz kimsaga aylanganini guvohi bo`ldik.
4-o`quvchi: Sobitjon obrazini ochib berishda yozuvchining mahoratini Edilboy Daroz va Sobitjon suhbatidan ham bilib olishimiz mumkin.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida impuls metodidan foydalaniladi.
Men uchun…………….. murakkab bo`ldi
Men shuni aniqlashtirmoq-chi edimki,………
Ushbu asardagi …………….voqea meni qiziqtirdi
Ushbu asarni o`qish jarayonida men……o`rgandim
Uyga vazifa: “Asrga tatigulik kun” romanini o`qib tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |