Chinmirzayev anvarning falsafa


Download 232.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi232.15 Kb.
#210779
1   2   3
Bog'liq
10 mavzu falsafa

3 Mantiq 

Mantiq, logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va 

shakllari haqidagi fan. M. oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga 

ega. M.ga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, 

Hindiston, Xitoyda vujudga keddi. Qadimda M. falsafa tarkibida 

boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. 

masalalari dastlab Parmenidning "Tabiat toʻgʻrisida" asarida, Eleylik 

Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib 

chiqilgan. Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida 

Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va 

Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. ilmining alohida fan sifatida 

shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib M. 

oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning "Kategoriyalar", 

"Talqin haqida", "Birinchi analitika", "Ikkinchi analitika", "Sofistik 

raddiyalar haqida", "Topika" nomli asarlari M. masalalariga 

bagʻishlangan. Aristotel M.ni "maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni 

aniqlovchi", "chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi" fan sifatida taʼriflaydi. 

Aristoteldan soʻng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, 

skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar M.ning maqsadi inson 

aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. 

Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi 

shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan sifatida 

taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher 

Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. 

Farobiy oʻzining "Mantiqqa kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi va 

tasnifi" asarlarida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. 

Forobiy fikricha, M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va 

adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, 

xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. 

Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb 

hisobladi. Ibn Sinoning "Kitob ashshifo", "Kitob annajot", 

"Donishnoma" asarlarida M.ga doir fikrlari bayon etilgan. "M. bilingan 

(bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni 

koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini 

hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir", 

degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni 

egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid 

taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali 



Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida M. masalalari, asosan, 

umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati doirasida 

oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va 

boshqa M. ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 

19-asrlar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy 

tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa M. shaklida mavjud, 

uning oʻrganish obʼyektini tafakkur tashkil etadi. M.ning asosiy vazifasi 

haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.



 

 

 

 

 

Download 232.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling