Chiqarishni mahalliylashtirish importni kamaytirish omili sifatida


Keywords: industrial cooperation, localization, import substitution, filling the  domestic market, employment.  KIRISH


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana22.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1219822
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o-zbekiston-respublikasida-sanoat-siyosati-ishlab-chiqarishni-mahalliylashtirish-importni-kamaytirish-omili-sifatida

Keywords: industrial cooperation, localization, import substitution, filling the 
domestic market, employment. 
KIRISH 
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, 
tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan respublikaning yirik korxonalari 
hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sanoat 
kooperatsiyasini kengaytirish, mahalliy xom ashyo resurslari negizida import o‘rnini 
bosadigan va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab 
chiqarish-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan 
to‘ldirishni ta’minlaydigan korxonalar barpo etish maqsadida: 
 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
277 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo 
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda 
boshqa manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishlab 
chiqilgan 2017 — 2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va 
materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi (keyingi o‘rinlarda — 
mahalliylashtirish Dasturi) tasdiqlandi. 
So‘nggi yillarda respublikada faol investisiya siyosatining olib borilayotgani, 
tashqi savdo hamda valyuta operatsiyalarining liberiallashtirilishi natijasida sog‘lom 
raqobatga asoslangan haqiqiy bozor iqtisodiyoti rivojlanmoqda. Iqtisodiyotning 
muhim tarmog‘i hisoblangan sanoatini xalqaro standartlar darajasida rivojlantirish
jahon bozorida mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turini kengaytirish 
dolzarb muammolardan biridir. 
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va 
materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish iqtisodiyotning 
barqaror va izchil rivojlanishi, uning tashqi omillarga tobeligini kamaytirish, ishlab 
chiqarish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini 
jadallashtirish bu yo‘nalishdagi muhim jihatlardan biridir. 
Import o‘rnini bosadigan eksportbop va ichki bozor uchun mahsulotlar ishlab 
chiqarish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga yo‘naltirilgan sanoat siyosatini 
yuritishishga mamlakatimizda alohida ustivorlik berilmoqda. Mavjud xomashyo 
va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mahalliylashtirish darajasini 
chuqurlashtirish va ko‘lamini keskin kengaytirish ushbu sanoat siyosatining negizi 
ekaligi davlat rahbari tomonidan ham e’tirof etilmoqda 
So‘nggi yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirilishi natijasida qurilish 
jihozlari, sendvich panellar, sun’iy sintetik gazonlar, shisha bankalar, butilkalar, 
shaxta vagonetkalari, vakuum nasoslar, ko‘tarma kranlar, har xil turdagi o‘tga va 
kislotaga chidamli materiallar,kraxmal, non mahsulotlari uchun achitqilar singari yuz 
turdan ortiq tovarlarning mamlakatimizga import qilinishiga chek qo‘yilgan. 
Mamlakatda ishlab chiqarilishi imkoniyati mavjud bo‘lgan bir necha turdagi 
mahsulotlarning chetdan kirib kelishi ikki baravarga qisqargan. Avtomobillar uchun 
zarur bo‘lgan filtr va radiatorlar, po‘lat quvurlar, keramik plitalar, tibbiyot ampulalari, 
poligrafik bo‘yoqlar, bolalar o‘yinchoqlari, sport anjomlari, oilalar uchun zarur 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling