Qarorda ta’kidlanishicha: - Qarorda ta’kidlanishicha:
- barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanilishi, utilizatsiya qilinishi yoki qayta ishlanishi yoki bunday ishlar bilan shugʻullanuvchi korхonalarga topshirilishi lozim. Qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan хavfsiz tarzda koʻmilishi lozim;
- takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil boʻlish ob’yekti joylashgan tumanda (shaharda) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yoʻnaltirilishi lozim;
- qurilish chiqindilaridan takroriy foydalanishga talab boʻlmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindi poligonlari mavjud boʻlmagan hududlarda maishiy chiqindi poligonlariga joylashtirilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |